Karlikning hamma turiga: Asal yoki qunduz qiri qo`shilgan gazago`t shirasi,
ukrop yog’i, echkining siydigi va o`ti, ayniqsa uning gal'san yelimi bilan qo`shilgani
foyda qiladi.
Tiqilma sababli bo`lgan karlikni davolashda: nasha urug’i donining shirasi va
ho’l Abu Jahl tarvuzining shirasi yaxshi foyda qiladi.
Sovuq moddadan va sovuqlikdan bo`lgan quloq og’irligi, uning og’riqlari,
yellari, shang’illashi va jaranglashining hammasini davolash uchun bo`lgan va
boshni tozalagandan keyin ishlatiladigan dorilarni biri quyidagi dorilar: burakni sirka
va asal bilan, qo`y o`tini esa zaytun yog’i va sharob bilan, yoki achchiq bodom yog’i
yoki gandona suvi bilan qo`shib, yoki xotin sutini quloqqa tomiziladi.
Karlikda: Chayono`t va gul qovoqining shirasi juda foydali.
quloq og’riqida: binafsha yog’ini kofur bilan aralashtirib ishlatish badan
bo`shatilishi sababli og’riqni yaxshi to`xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |