4.2. §.Ko`z kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash
Ko`z anatomiyasi
Ko`rish quvvati va ko`ruvchi ruh moddasi - ikkita kovak asab orqali ko`zga
o`tadi. O`sha asablar va ularga yopishgan pardalar ko`z kosasiga yetib kelgach, har
birining uchi kengayib to`lishadi va keng yoyilib butun ko`zdagi suyuqliklarni o`rab
oladi, suyuqliklarning eng o`rtasidagi muzsimon suyuqlik gavhardir. U muz kabi
tiniq bo`lib, yumaloqdir. Biroq, uning yassiligi yumaloqligini old tomondan
kamaytiradi, bu xil yassi bo`lishi unda aks etuvchi narsaning ko`p bo`lishi va
ko`riladigai kichik narsalarga yetarli to`planadigan joy paydo bo`lishi uchundir.
Shuningdek, gavharning orqa sathi bir oz yumaloqlashadi. Bu unga uchrashadigan
jismga tutashuvi yaxshi bo`lishi va yumaloqligi esa yoyiq va keng ko`rinadigan
jismlarning gavharni qoplab olishi yaxshi bo`lishi uchundir. Gavhar ko`zning
o`rtasida joylashgan, chunki o`rta joy saqlanishi uchun eng munosib o`rindir.
Gavharning orqasida miyadan keluvchi ayanchli bir suyuqlik shishasimon jism
bo`lib, gavharni ovqatlantirib turadi. Birinchi suyuqlik gavhar bilan xolis, toza qon
o`rtasida ikkinchi suyuqlik o`rtacha bir holatni tutadi. Shishasimon jism erigan
shishaga o`xshaydi, uning tusi tiniq va bir oz qizillikka moyildir. Tiniqligi shuning
uchunki, u tiniq suyuqlik gavharni oziqlantiradi, ozgina qizilligi Shuning uchunki, u
suyuqlik qon javharidan paydo bo`lib, ovqatlanuvchi gavharning tusiga tugal
o`xshamaydi. Shishasimon suyuqlik gavharning orqasiga kuyildi, chunki uni miya
to`rsimon parda orqali yuborib turadi, Shunday bo`lgach, u miya tomosha bo`lishi
kerak. Shu suyuqlik gavharning orqa tomon yarmini eng katta doirasigacha qoplab
turadi. Gavharning old tomonida tuxum oqiga o`xshash boshqa bir suyuqlik bor, bu
oqsilsimon suyuqlik deb ataladi. U xuddi gavharning javharidan chiqqan chiqindi
181
kabidir - tiniq narsannng chiqindisi ham tiniq bo`ladi. Bu oqsilsimon suyuqlikni
gavharning oldiga quyilishi dastlabki va tugallovchi ikkita sababga ko`radir.
Dastlabki sabab shuki, chiqindining chiqadigan tomoni ovqatlanish tomonining
qarshisida bo`ladi; tugallovchi sabab shuki, yorug’lik gavharga asta-sekin o`tib, shu
oqsilsimon suyuqlik gavharning oldida qalqon kabi bo`lib turadi.
So`ngra,
ko`rish asablarining uchlari shishasimon jism va gavharni gavharbilan oqsilsimon
suyuqliklarning o`rtalaridagi chegaragacha va shishasimon jismning "tojga" kelib
etadigan chegarasigacha xuddi tuzoq ovni o`ragandek o`rab turadi, shuning uchun
ko`rish asablarining uchlari "to`rsimon" parda deb ataladi. Shu to`rsimon
pardaning uchidan o`rgimchak to`qimasiga o`xshash narsa o`sib, bunda yupqa
parda paydo bo`ladi.
Bu parda bilan birga biz quyida aytadigan qoqonoqsimon qismdan
chiquvchi iplar ham o`tadi. Bu yupqa parda gavhar bilan oqsilsimon suyuqlikning
o`rtasini ajratuvchi to`siq bo`lib, bu nozik narsa bilan qalin narsaning oralig’ini
ayirib turadi va yupqa pardaga to`rsimon va koronkasimon pardalardan keluvchi
ovqat old tomondan kelishini ta`minlaydi. Nima uchun bu parda o`rgimchak
to`qimasiga o`xshash yupqa bo`ladi Chunki, agar u qalin bo`lib, gavharning oldida
tursa, gavhar o`zidagi o`zgarish sababli nurning gavhar orqali oqsilsimon
pardaga o`tishiga to`sqinlik qilishi ehtimoldan uzoq emas. Yupqa pardaning uchi
esa to`lishib, tomirlardan iborat bo`lib, qoqonoqqa o`xshash to`qiladi, chunki bu
haqiqatda ovqat o`tadigan yo`ldir. Buning hamma bo`laklari oziqlantirish ishida
ishtirok qilishi zarur emas, balki orqa bo`lagigina bu ishga tayyor bo`lishi kerak. Bu
"qoqonoqsimon" to`qima deb ataladi. Bu to`qima shu chegaradan oldinga o`tganda
qalinlashib, qalin pardaga aylanadi va oq bilan qora o`rtasidagi osmon rangiga ega
bo`ladi. Bunday bo`lishi ko`rish quvvatini to`plash va nurni mo`tadillashtirish
uchundir. Masalan, ko`z charchaganda qorong’ilikdan, yoki qorong’ilik va
yorug’likdan tarkib topgan bir kayfiyatdan orom olmoq uchun ko`zni yumamiz.
182
Yana shu qalin parda suyuqliklar bilan muguzsimon, juda qattiq parda orasida
to`siq va mo`tadil vosita bo`ladi, hamda qoqonoqsimon pardadan o`ziga kelib
turadigan oziq bilan muguzsimon pardani ovqatlantiradi. Bu qalin parda ko`zni old
tomondan tugal o`ramaydi, tugal o`rasa, shakllarning ko`zga yetishishiga monelik
qiladi, balki uzum donasining dumi yulinganda teshik qolgani kabi oldidan ochiq
teshik qoldiradi va bu teshikka ko`riladigan tasvirlar kelib to’shadi. Teshik tusilsa,
ko`rish to`xtaladi. Shu uzum donasi kabi tabaqaning gavharga tegadigan joyi ich
tomondan popukli bo`lib, natijada u g’ovak va yumshoq narsaga o`xshaydi. Uning
gavharga tegib aziyat berishi kam bo`ladi. Bu qatlamning eng qattiq qismi -
muguz pardaga qarab turgan va teshikka ega bo`lgan old tomonidir, teshikning
tevaragi qattiqroq bo`lishi uchun shunday tuzilgan. Eslatilgan manfaatga ko`ra, bu
teshik suyuqlik va ruh bilan to`ldirilgandir. O`lim yaqinlashganda, teshik
ro`parasidagi qatlamning bujmayishi bunga dalil bo`ladi. Ikkinchi parda esa yaxshi
tutib turilsin uchun juda qalin tuzilgan, buning orqasi "qattiq va qalin tabaqa" deb
ataladi. U ko`z qorachig’ini old tomondan butunlay o`rab oladi va ko`rishga monelik
qilmaslik uchun shaffofdir, u yo`nib, kirib, yupqa qilingan muguz tusida bo`ladi.
Shuning uchun "muguzsimon" deb ataladi. Bu qatlam bo`laklarining eng dag’al
qismi old tomoni bo`lib, haqiqatda u to`rt yupqa qatlamdan biriktirilganga
o`xshaydi. U to`rt qatlam bir - biri ustiga o`rnashgan po`stloqlarga o`xshash bo`lib,
ulardan birortasi shilinsa, zarar umumiy bo`lmaydi. Shu jumladan ko`rish teshigi
ro`parasida ham to`rtta qatlam bor. Chunki, bu joy berkitish va saqlanishga boshqa
o`rinlarga ko`ra ko`proq muhtojdir. Uchinchi parda esa ko`z g’ulagini harakat
qildiruvchi mushaklarga aralashgan bo`lib, ko`zni va ko`z milklarini yumshatib
turishi uchun hamma joyi oq yog’li et bilan qoplangandir va ularni ko`rib qolishdan
saqlaydi. Buning hammasini et qatlami deb ataladi. Kiprik esa, ko`zga uchib
keladigan va boshqa ko`zga tushadigan narsalarni qaytarish uchun va qoraligi bilan
nurni mo`tadillashtirish uchun yaratilgandir. Kiprikning o`sib chiqadigan joyi
183
tog’ayga o`xshaydigan pardadir. Bu xil joyda kipriklarning tik turishi yaxshi bo`lib,
o`sib chiqqan joyning kuchsizligi sababli kiprik yotib qolmaydi, hamda ko`zni
ochuvchi mushakning suyanchig’i xuddi suyakdek qattiq bo`lib, qovoqni yaxshi
harakat qildiradi. Ko`z qovoqlarining bo`laklari: teri, pardadagi ikki arkaning biri,
o`sha pardaning yog’i, mushagi; keyin ikkinchi arkadir; ko`zning yuqori qovog’i ana
shulardan iborat. Pastki qovoq esa, mushakdan holidir. Yorish xavfli bo`lgan joy
ko`zning burun tomon burchagi oldidan mushakning o`sib chiqqan joyidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |