Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Ichni surish va uning qonuniyatlari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Ichni surish va uning qonuniyatlari 
Surgi  dori  iste`molidan  ilgari  sovuq  mizojli  kasalliklarda  dorini  qabul  qilishga 
gavdani tayyorlash, teri teshiklarini kengaytirish va tabiatni yumshatish zarur. 
Ichni  surishdan  ilgari  tabiatning  yumshoq  qilinishi  yaxshi  qonun  bo`lib,  unda 
hech qanday xavf yo`q, faqat zarabga moyil kishilar bundan mustasno.    Chunki  tili 
chuchuk  kishilar  ,  ich  burilishi  borlar    zarab  kasalligiga  moyil  kishilar  bo`lib,  ular 


116 
 
kuchli  surgi  dorini  ko`tara  olmaydilar.  Ularning  ich  buzuqliklari    ko`proq 
boshlaridan tushadigan nazladan bo`ladi. 
Ichaklarda  quruq  cho`kmalar  bo`la  turib  surgi  ichish  xavfli  ishlardandir.  Ularni 
ich  surishdan  avval  huqna  qilish  bilan  bo`lsa  ham  yoki  suyultiruvchi  – 
sirg’antiruvchi  narsa  yordamida    bo`lsa  ham  chiqarish  zarur  bo`ladi.  Agar  biror 
boshqa qarshilik qiladigan narsa bo`lmasa, surgidan bir necha kun ilgari hammomga 
tushish ichni suyultirib, kishini ich surishga tayyorlovchi yaxshi narsalardandir. 
Surgi  ichgandan  keyin  hammomga  tushilmaydi. Chunki  hammom  yomon  xiltni 
sirtga  tortadi.  Surgi  ichuvchi  kishining    atrofidagi  havo  terlatmaydigan,  betoqat 
qilmaydigan  darajada  bir  oz  issiqqa  yaqin  bo`lishi  zarur.  Uqalash,  yog’  bilan 
ishqalash ham surgi ichishga tayyorlovchilardandir. 
Ilgari dori ichmagan kishiga kuchli surgi ichirishga shoshilmaslik kerak. Me`dasi 
buzilgan,  yopishqoq  xiltlari  bor,  qovurg’alarining  ko`miklari  tagida  tortishish  bor 
kishining  va  ichki  a`zolarida  alangalanish  va  tiqilma  bor  kishining  to  o`sha 
kasalliklari tuzalguncha surgi ichish kerak emas. 
Turib  qolgan  suvni  ichuvchilar  va  talog’i  kasal  kishilar  kuchli  surgiga  muhtoj 
bo`ladilar. Kuchli surgi ichgan kishi dori amal qilishidan oldin uxlashi, kuchsiz surgi 
ichgan kishi esa uxlamasligi yaxshiroq.  Dori ichganda tinch turish kerak, toki tabiat 
uni  o`rab  unga  ta`sir  qilsin.  Agar  surgi  ichishda  hididan  nafrat  qilsa,  burun 
teshiklarini bekitish kerak. 
Qaynatilib  tayyorlangan    suyuq  surgining  iliq  holda  ichilishi  va  surgi  habning 
iliq  suvda  ichilishi  kerak.  So`ng  dori  ichgan  kishining  me`dasi  va  oyog’i  issiq 
tutilishi  kerak.  Dori  ichib  ko`ngil  tinchigach  turib  oz-oz  harakat  qiladi,  vaqti-vaqti 
bilan issiq suv ichib turiladi. 
Yozning issig’ida surgi qiluvchilarning ko`pi isitma kasalligiga uchraydi. 
Dori ichuvchining me`dasi safroli bo`lib, unga safro tez quyilib tushishi sababli 
yoki ovqatdan saqlashni va ochlik zamoni uzaygani sababli, me`dasi yemay turishga 


117 
 
chidamasa, u kishiga dorini ichirib, ich surishdan ilgari bir oz sharobda ivitilgan non 
yediriladi. 
Qaynatmalar  bilan  ichilishi  zarur  bo`lgan  xablarni  o`zlariga    hamjins 
qaynatmalar  bilan  ichish  kerak.  Masalan:  safroni  suruvchi  xabni  shaxtara  
qaynatmasi bilan, savdoni suruvchi xabni devpechak va chilpoya kabi   qaynatmalar 
bilan ichish zarur. 
Surgi dori ichirilganiga ancha vaqt o`tsa ham, ichni surmaganda, mumkin qadar 
dori  yengillatiladi va bemor qo`zg’atilmaydi. 
Falaj  va  sakta  holatidagi  kishilarda  dorilarning  kerakli  joyga  borib  turishdagi 
yo`llari tor bo`lib, ich surish ularda qiyin bo`ladi. 
Bir kunda ikki xil surgi iste`mol qilish xatarli va noto`g’ridir. 
Surgi dori iste`mol qilgan kishi ikkinchi kuni hammomga tushmog’i kerak. Shu 
vaqtda xiltlardan qoldiq qolgan bo`lsa tozalanadi. 
Surgi  dorini  bahorda  yoki  kuzda  ichish  kerak.  Sirius  yulduzining  chiqish  vaqti, 
tog’da qor tushgan va qattiq sovuq vaqti surgi ichish vaqti emas. 
Ich  surish  tomirlarning  zaifligi,  tomirlar  teshigining  kengligi,  surgi  dorining 
tomirlar  teshigini  achishib  kuydirishi,  ich  surishdan  yoki    o`rnini  bosuvchi    biror 
narsadan  badandagi mizojning buzilishi sababli  ortiq darajaga yetib  boradi. Ichni  
surish  juda oshib ketsa,    ho’l  va oyoqlarni  yuqoridan pastgacha,  qo`ltiqdan va son 
boshidan quyigacha bog’lab tushish kerak. U kishiga bir oz taryoq va filuniyo ham 
ichirish  lozim.  Mumkin  bo`lsa,  hammomda  yoki  kiyimlarga  o`rab,  suv  bug’i  bilan  
terlatiladi. 
Bemorga rayhon suvi, sandaldan, kofurdan, mevalardan siqib olingan suvlardan 
tayyorlangan    laxpaxalar  beriladi.  Kasalning  sirtqi  a`zolarini  uqalash,  alanga 
yordamida qo`yiladigan qortiqlar bilan qizdirish kerak. 
Surgi  dori  surmasa,  kasalning  ichi  burab  og’risa,  tabiatini  buzib,  uni  bezovta  
qilsa,  boshini  og’ritsa,  kerishish  va  esnash  paydo  qilsa,  huqnaga  va  ma`lum 


118 
 
ko`tariladigan  dorilarga  murojat  qilish  kerak  bo`ladi;  bunda  uch  ko’ram  mastakini 
iliq suv bilan  ichirish lozim. Ko`pincha dori ustidan burishtiruvchi narsalarni ichish, 
behi va olma  kabilarni yeyish dorining kuchini oshiradi. Chunki ular me`da og’zini 
va uning tubini qisadi, ko`ngil aynishini bosadi, dorini yuqoridan pastga yurgizadi va 
tabiatini  kuchaytiradi.  Agar  huqna  foyda  bermay  yomon  holatlar,  ya`ni  badan 
tortishishi,  ko`zning  kosasidan  o`ynab  chiqishi  kabilar  paydo  bo`lsa,  dorining 
harakati yuqoriga bo`lsa, albatta  tomirdan qon olish kerak. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish