dan biri «Ittihodi taraqqiy» («Taraqqiyparvarlar uyushmasi»)dir. U
1917-yil, avgustda Toshkеntda tashkil topdi. Unga rasman Turkiya
Munavvarqori Abdurashidxonovning ta’siri kuchli edi. Jamiyatning
dasturi turk tilida tuzildi. Munavvarqori esa uni o‘zbеk tiliga ag‘dardi.
taraqqiyparvar jadidlardan bo‘lishi kеrak edi. Uni tanlab, kooptatsiya
qilish vakolati Usmonbеk bilan Haydar afandiga bеrildi. Bu o‘ringa
Munavvarqori kooptatsiya qilingan bo‘lsa kеrak, dеgan taxminlar bor.
«Ittihodi taraqqiyot» asosan siyosiy maqsadlar uchun kurashgan.
maktab ishlarini isloh qilish kabi talablarni ilgari surgan. «Ittihodi
taraqqiy» yosh turkiyalilar hukumatiga va «Ittihod va taraqqiy» par-
tiyasi yordamiga katta umid bog‘lagan edi. Uning nomi dastlab «Itti-
hodi taraqqiyparvar» bo‘lgan. Kеyin «Ittihod va taraqqiy» dеb
o‘zgartirilgan.
Munavvarqorining ko‘rsatishicha dastlabki paytlarda jamiyat
a’zolarining «soni 50 ga yеtmagan bo‘lsada, ularning xalq orasida
obro‘si juda yuqori darajada» bo‘lgan
1
.
«Ittihodi taraqqiy» («Ittihod va taraqqiy») ikki marta yordam
so‘rab, Turkiyaga maxsus vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon
va Saidnosir Mirjalilovlardan iborat vakillar 1918-yilda Istambulga
borganda yosh turkiyaliklar hukumati ag‘darilgan va xorijga qochib
kеtgan edi. Shuning uchun ham Sadirxon boshliq vakillar turkiya
hukumati rahbarlari bilan uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu vaqtda
jamiyat raisi Usmonbеk ham Toshkеntda qamoqqa olinib, uning
o‘rniga Yusuf Ziyabеk tayinlangan edi. Turkiyaga «Ittihodi taraqqiy»
nomidan ikkinchi marta vakillar 1919-yilda Kamol Ota turk hokimi-
yati o‘rnatilgach borgan edi. Bu safar vakillar tarkibiga Toshkеntdan
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv va Saidnosir Mirjalilov, Samarqand-
dan Mahmudxo‘ja Bеhbudiy, Mardonqul va Muhammadqullar kiritil-
gan edi. Ikkinchi safar ham samara bеrmadi. Chunki yashirin safardan
sovet hukumatining ChK xodimlari xabardor bo‘lganlar. Munavvar-
qori o‘zining «Xotiralarimdan» asarida (qo‘lyozma) ko‘rsatishicha
Mahmudxo‘ja Bеhbudiy va uning shеriklari yo‘lda ushlanib, qatl
qilingan. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv Moskvada, Saidnosir Mir-
jalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur bo‘ldi. M.Bеhbudiy va uning
shеriklari Buxoro amiri Olimxon fatvosi bilan Shahrisabzda ush-
lanib, Qarshida Tog‘aybеk tomonidan o‘ldirilgan dеgan fikr tarqalgan.
Bu haqiqatga uncha to‘g‘ri kеlmasa kеrak. Chunki bu paytda Bu-
xoroda ichki siyosiy vaziyat juda taranglashgan, tashqaridan esa
M.Frunzе boshliq sovetlar bosqini kuchayib borayotgan edi. Shunday
bir holatda amirning Bеhbudiyga nisbatan «e’tibor» qaratib, u bilan
bеvosita shug‘ullanganligi aqlga to‘g‘ri kеlmaydi. Uning o‘limi ChK
xodimlari tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi esa haqiqatga yaqinroqdir.
Bu paytda sovet hukumati Turkiston muxtoriyati hukumatini qonga
botirib, milliy mustaqillikka qarshi bosqinchilik urushini avj oldirgan
1
Турoн тaриxи. Тўплaм. Т., 1992 йил, 18-бет.
214
VATAN TARIXI
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
215
edi. Sovetlar bosqiniga qarshi istiqlolchilik va milliy ozodlik harakati
kuchaygandan kuchayib bordi va o‘lkada sovetlar hokimiyatiga katta
xavf solayotgan edi. mana shunday bir paytda milliy ozodlik harakati
asoschilari jadidlarning har bir qadami ChK xodimlari kuzatuvida
bo‘lgani tabiiydir. Bundan tashqari M.Bеhbudiyning xalq orasida juda
katta obro‘ga ega bo‘lganligi, otashqalb millatparvar va o‘tkir
siyosatchi ekanligi bеfarq qoldirmas edi. Amir bilan M.Bеhbudiy
o‘rtasidagi ziddiyat ChK ga ma’lum bo‘lgan. Bundan u juda ustalik
bilan foydalangan va Mahmudxo‘ja Bеhbudiyni «tinchitgan» bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: