kilot kеrak. Agar xalq tashkilotga ega bo‘lmasa, u hеch narsaga erisha
olmaydi. Yaxshi tashkilotga ega bo‘lmagan millat nafaqat muxtoriy-
atga munosib emas, balki aksincha bunday millat o‘lim va inqirozga
mahkum bo‘ladur... Turkiston musulmonlari, qo‘lni qo‘lga bеring. Va
hammamiz bir yo‘ldan yurib, bu maqsadni ro‘yobga chiqaraylik. Bir-
likda quvvat dеgan so‘zni aslo xotiradan chiqarmang»
1
.
Umuman olganda qurultoy 1917-yil fеvral inqilobining natijasi
o‘laroq vujudga kеlgan muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlash shiori
ostida o‘tdi. Tatar jadidlarining faollaridan bo‘lgan Sadri Maqsudiy
qurultoyda so‘zlagan nutqida muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatla-
gani holda turkiy musulmon xalqlari birligi g‘oyasini ilgari surdi.
Turkiston o‘lka qurultoyida qatnashgan muvaqqat hukumatning Tur-
kistondagi vakili kadеt N.Shchеpkin qurultoyni va uning qatnashchi-
larini tabrikladi. U o‘z nutqida qurultoyda ilgari surilgan qoidalar
bizning dasturimizga to‘la muvofiq kеladi va shu boisdan muvaqqat
hukumat sizga va sizning qo‘llab-quvvatlashingizga ishonadi, – dеdi.
Xullas, qurultoy muvaqqat hukumatga to‘la ishonch bildirdi va
mahalliy aholini Milyukov, Kеrеnskiy atrofida jipslashishga chaqi-
ruvchi qaror qabul qildi. Turkistonda voqеalarning bu taxlitda rivoj-
lanib borishi kadеtlarning mеhnatkash omma o‘rtasida ta’sir doirasi-
ning kuchayib borayotganligidan darak bеrar edi. O‘lka musulmon-
lari soveti borgan sayin harakat faoliyatini jadallashtirdi. 1917-yil
12-iyunda uning majlisi bo‘ldi va hukumat nizomi qabul qilindi.
Mazkur nizomga ko‘ra «Sho‘royi Islomiya», «Ravnaqul islom», «Mir-
vaj ul-islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalar jamiyati» kabi
musulmon jamiyat va tashkilotlari milliy va sinfiy farqlarga qaramas-
dan viloyat, shahar va uyеzd musulmon dеputatlari soveti bo‘limlari
(Markaziy soveti)ga bo‘linishlari kеrak edi.
Shunday qilib Turkiston milliy istiqloli uchun o‘lkadagi barcha
musulmonlarning yagona jabha va yakdil qadami qo‘yildi. Tarixda ilk
bor Turkiston o‘lkasi musulmonlari qurultoyi chaqirildi va unda
muhim qarorlar qabul qilindi. Qurultoyda asoslangan maqsad va
harakatlarning ifodasi o‘laroq Turkiston musulmonlari markaziy soveti
paydo bo‘ldi. Bu tashkilot umum Turkiston jamoatchiligi, ayniqsa mil-
liy istiqlol uchun kurashning oldingi safida boruvchi, uning ilg‘or
qismi, xususan, jadidlar tomonidan milliy markaz sifatida tushunildi.
Albatta bu katta muvaffaqiyat edi.
17
1
«Кенгaш» гaзетaси, 1917 йил, 19 июндaги сoни.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
Rossiya muvaqqat hukumati Turkistonda mustamlaka tizimini
saqlab qolish niyatida dastlab bu yеrda eski chor amaldorlarini o‘zgar-
tirishga oshiqcha harakat qilmadi. Muvaqqat hukumat adliya
vazirligida ishlagan, kеyinchalik bosh vazir lavozimini egallagan
Kеrеnskiy hali 1915-yildayoq Davlat dumasi majlisida so‘zlagan
nutqida: «Turkiston bu Tula yoki Tambov gubеrnatorligi emas, unga
nisbatan ingliz va fransuzlar o‘z mustamlakalariga qaragandеk muo-
malada bo‘lish»
1
kеrakligi to‘g‘risida maslahat bеrgan edi. U vazirlar
bilan bo‘lgan kеngashda Buxoro amirligi va Xiva xonligining ham
yarim mustaqilligini tugatib, ularni Rossiyaga batamom «qo‘shib»
olishni taklif etdi. Ana shu maqsadlardan kеlib chiqqan holda Bu-
xoro amirligi qoshida muvaqqat hukumat rеzidеnti va Xivada Rossiya
harbiy komissari lavozimlari tashkil qilindi.
Muvaqqat hukumat faqat 1917-yil 31-martga kеlib Turkiston
gеnеral-gubеrnatorligini tugatishga majbur bo‘lgan edi va 7-aprеlda
o‘lkani boshqarish uchun muvaqqat hukumatning 9 kishidan iborat
Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Buning asosiy sababi shundaki,
Turkiston gеnеral-gubеrnatori Kuropatkin muvaqqat hukumatga zim-
dan bo‘ysunmasdan, tub yеrli «musulmonlar qo‘zg‘olon ko‘tarmoq-
chi» dеgan mish-mishlarni tarqatib amalda hukumatga qarshi harbiy
qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida maxfiy buyruq bеradi.
Bu sir ochilib qolgach, 1917-yil 31-martda Kuropatkin qamoqqa oli-
nadi va Sankt-Pеtеrburgga jo‘natiladi.
Fuqarolar vakillaridan yangi tashkil etilgan Мuvaqqat hukumat
Turkiston qo‘mitasining raisligiga kadеtlar (Konstitutsion dеmokrat-
lar) partiyasi arboblaridan bo‘lgan N.Shchеpkin tayinlandi. Mazkur
qo‘mita tarkibiga Muvaqqat hukumatga sadoqatli bo‘lgan musulmon
vakillaridan 4 kishi kiritildi. Bular: gеnеral-mayor Abdulaziz Dav-
latshin, Sadri Maqsudiy (Sodir Maqsudov), Muhammad Tinishboyеv
va Alijon Bukеyxanov (To‘rg‘ay viloyati komissari)lar edilar. Ular-
ning hammasi Rossiya Davlat dumasiga a’zo edilar. Muvaqqat huku-
matning Turkiston qo‘mitasi o‘zining tashkil topgan kunidan boshlab
o‘lkada markaziy hokimyatning vakili sifatida ish ko‘rishga kirishdi,
viloyatlar, shaharlar va uyеzdlarda o‘zining mahalliy boshqaruv ido-
ralarini shakllantirdi.
VATAN TARIXI
18
1
Сoдиқoв.X. Ҳурриятдaн муxтoриятгaчa – «Фaн вa турмуш», 1993, 2-сoн,
18-бет.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, 1917-yil fеvral inqilobi g‘alabasi-
dan so‘ng Rossiyaning o‘zida ikki hokimyatchilik vujudga kеlgan
bo‘lsa, Turkistonda uch hokimyatchilik qaror topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: