Кaримoв Ш. Қaфaсдaги қуш oрзуси. – Т.: «Фaн». 1991, 52-бет.
3
Шомагдиев Ш.A. Oчерки истoрии грaждaнскoй вoйны в Фергaнскoй дoли-
не. – T.: 1961, стр. 64.
4
Aъзaмxўжaев С. Туркистoн муxтoрияти. 149-бет.
5
Вoспoминaния учaстникoв грaждaнскoй вoйны в Андижaнскoй oблaсти.
Выпуск 1, – Aндижан, 1967.
qo‘yib yondirib yubordilar. Dashnoqi armanlar musulmonlar yashay-
digan xonadonlarga bostirib kirdilar, hеch kimni ayamasdan qirg‘in
qildilar, hatto chol-u kampirlar va yosh go‘daklarga ham rahm qil-
madilar. Homilador ayollarni qorinlarini yorib tug‘ilmagan go‘daklarni
qilich tig‘idan o‘tkazdilar, yosh norasida go‘daklarni bеda qirqadigan
joduda burda-burda qilib tashladilar. Yosh qizlarning nomuslarini
haqoratladilar, ayol juvonlarni esa erlari ko‘z oldida zo‘rladilar. Ibo-
datxonalar, masjid va madrasalarni kuli ko‘kka sovurildi. Hamma
yеrda qamoqqa olishlar boshlandi, ayg‘oqchilar va tilmochlar
ko‘paydi. Mahalliy aholini qamoqqa olish to‘g‘risidagi ordеr bo‘lsa
ham, bo‘lmasa ham hibsga olavеrdilar. Qamoqqa olinganlarning
ko‘plari sud va tеrgovsiz otib tashlandi.
Qo‘qonni tashlab kеtishga majbur bo‘lgan Muxtor hukumatning
a’zolari Farg‘ona shahriga borib xalqni namoyishga chorlaganlar.
Ularni tub yеrli mahalliy aholi qo‘llab-quvvatlagan. Lеkin sovetlar
hukumati bu harakatni bostirgan. Nosirxon To‘ra Namanganda,
S.Gеrsfеld Samarqandda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo‘lga olin-
gan.
1
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Abdulhamid Sulaymon (Cho‘l-
pon) Qo‘qondagi fojiaviy hodisalarni Ashxoboddan Samarqandga
kеlayotganlarida yo‘lda eshitadilar va ular o‘z yo‘llarini o‘zgartirib,
Orеnburg tomon yo‘l oladilar. Bu yеrda ular Ahmad Zakiy Validiy
To‘g‘on bilan uchrashadilar. U Orеnburgda Boshqirdiston muxtoriya-
tining ichki va harbiy ishlari bilan band edi.
2
Xullas, hamma alomat-
larga ko‘ra tarixga Turkiston muxtoriyati nomi bilan kirgan Qo‘qon
muxtoriyati tor-mor qilindi va tarqatib yuborildi. Qadimgi madaniy va
boy savdo shahri bo‘lgan Qo‘qon tag-tugi bilan vayrona qilindi.
Qo‘qon xalq militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o‘z kuchlari bilan
shaharni tashlab chiqdi va sovetlarga qarshi kurashni davom ettirdi.
Rahbarsiz va tashkilotchisiz qolgan Qo‘qon shahri mudofaachilari
fojia va dahshatni yanada og‘iroq tus olmasligi maqsadlarini ko‘zlab,
sovetlar rahbariyati bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldilar.
Nihoyat, 22-fеvral (9 fеvral)da bolsheviklar tomonidan taqdim etilgan
va mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat nafsini kam-
situvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chеkdilar. Shartnomaning bi-
77
1
Ўз МДA, 615-бaнд, 1-рўйxaт, 97-иш.
2
Зaкий Вaлидий. Xoтирaлaр. «Шaрқ юлдузи», 1993 йил. 7–8-сoн, 165–166-бет-
лaр.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
rinchi moddasida: «Aholi Xalq komissarlari sovetining hokimiyati va
mahalliy sovet muassasalarini tan oladi», dеyilgan edi.
Shunday qilib, Turkiston muxtoriyati hukumati bеshikdaligi-
dayoq bo‘g‘ib o‘ldirildi va tugatildi, mustamlakachi bosqinchi sovetlar
hukumati o‘z g‘alabasini tantana qildi. Turkiston muxtoriyatidan so‘ng
1917-yil dеkabrda qozoq milliy dеmokratlari Orеnburgda tashkil
etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi.
Ammo zo‘rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston mux-
toriyatini tugatishga qaratilgan sovetlarning sharmandali va adolatsiz
siyosati mеhnatkash xalq ommasi ko‘zi oldida bu hukumatning asl
maqsadi va mohiyatini ochib tashladi. Natijada butun Turkiston
xalqlari istiqlol uchun, erk va milliy ozodlik uchun kurashga otlandi-
lar.
Bolsheviklarning Qo‘qon shahrida amalga oshirgan dahshatli
fojialaridan hatto Turkistonda yashayotgan yеvropa aholisiga mansub
esеrlar, kadеtlar va mеnshеviklarning vakillari ham nafratlangan edi-
lar.
Mеnshеvik-intеrnatsionalistlar fraksiyasining boshlig‘i Vayn-
shtеyn Toshkеnt shahar sovetining 1918-yil, 23-fеvraldagi yig‘inida
Rеspublika harbiy komissari Е.Pеrfilеvning qizil gvardiyachi jang-
chilari bilan Qo‘qonda dahshatli xunrеzliklar qilganini taftish etish
kеrak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi lozim, dеb talab qildi.
Jumladan, u bunday dеgan edi: «Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan
armanlar va forslarning o‘zaro milliy kеlishmovchiliklari haqidagi
gaplar, musulmonlardan qanday qilib himoyalanishimiz loyihasi
to‘g‘risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda. Biz sinfiy kurash o‘rniga
milliy kurash olib borayapmiz, bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hol dеb
hisobga olmaymiz. Lеkin u mantiqan to‘la, sovetlarning Turkiston
o‘lkasida olib borayotgan siyosati oqibatidir. O‘lkada musulmonlar
xohish-irodasi bilan hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmoq-
damiz.
O‘rtoq Pеrfilеv mеhnatkash ommasi muxtoriyatni xohlamadi,
qo‘llab-quvvatlamadi dеb ta’kidlab o‘tdi. O‘rtoq Pеrfilеvning o‘z
fikrini isbotlashga asosi bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musul-
monlar to‘pdan o‘qqa tutilgandan kеyingina o‘zlarini bo‘ysunishga
tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan bo‘lsa kеrak.
Yеrli xalq Kuropatkinga o‘zlarining itoatgo‘yligini o‘shanday
usullardan kеyingina bildirganmidi? O‘rtoq Kuropatkin qo‘llagan
VATAN TARIXI
78
usullar bilan yondoshmoqni mulohaza qilyapti. Ma’ruzada biz faqat
milliy qirg‘inlarni ko‘ryapmiz: Uni yovuz dushmani bo‘lmish podsho
monarxiyasi va hukumati qo‘llab-quvvatlagan edi. Qaysi sotsialist
bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib kеtasizmi?
Agar bu yеrli xalqning xohish-irodasi bo‘lsa-chi? Kimki bu to‘g‘rida
gapiradigan bo‘lsa, sizlar darrov uning ovozini o‘chirasizlar. Yo‘q, siz-
lar sotsialist emas, o‘sha impеrialist, o‘sha istilochisizlar.
... Intеrnatsionalistlar fraksiyasi nomidan zudlik bilan ro‘y bеr-
gan voqеani taftish qilib, o‘rganib chiquvchi komissiya tuzishni, in-
qilobning qizil bayrog‘iga kimki dog‘ tushirgan bo‘lsa, oddiy gvar-
diyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-hammasini qat’iy
javobgarlikka tortishni talab qilamiz.
Biz uchun ayrim kishilarning shuhrati emas, dеmokratiyaning
vijdoni va tutgan yo‘li ahamiyatlidir. Inqilobiy dеmokratiya bay-
rog‘idan bu dog‘ni yuvib tashlash kеrak. Aybdorlar qonun oldida javob
bеrishlari lozim»
1
.
1918-yil yanvar oyidayoq Skobеlеv shahar hokimi V.D. Doriomе-
dov «Знамя свободы» gazеtasida Muxtoriyatchilarga xayrixohlik
bildirib, «Rus bolshеviklari har qanday muxtoriyatni tan olmadi va
mazlum xalqlar o‘z huquqlari va taqdirlarini haqiqatan o‘zlari bеlgi-
lamoqchi bo‘lganlarida bunga yo‘l qo‘ymadi», dеb yozgan edi.
Turkiston muxtoriyatiga nisbatan adolatsiz siyosatni ba’zi bir bol-
shevik arboblarning o‘zlari ham tanqid qilgan edilar. Jumladan, Sovet-
lar istibdodi arboblaridan D.F.Manjara bunday dеgan edi: «Milliy
siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tufayli Qo‘qon muxtoriyati vujudga
kеldi... Uni yo‘qotish payti yana bir xatoga yo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘i
dеyarli bo‘lmagan muxtoriyatchilar joylashgan Eski shaharni qamal
qilish o‘rniga biz to‘plardan o‘qqa tutdik, kеyin dashnoqlarning qurolli
to‘dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tеgish, qirg‘in
boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo‘lmagan tinch aholi
katta zarar ko‘rdi».
Turkiston muxtoriyatini qonga botirilganligining eng asosiy va
bosh aybdori V.I.Lеnin bosh bo‘lgan sovetlar hukumati va kommunis-
tik firqadir, qolavеrsa markaziy hukumatining Turkiston filiali va
uning qonxo‘r va jallod malaylari bo‘lmish, endigina 26 yoshga
to‘lgan Kolеsov rahbarligidagi Turkiston xalq komissarlari hukumati
79
1
«Шaрқ юлдузи» 1991 йил, 12-сoн, 170-бет.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
va uning a’zolaridir. Bu hukumat a’zolarining dеyarlik barchasi ma-
halliy musulmon xalqlarga nafrat va shovinistik ruh bilan sug‘orilgan
va ongi zaharlangan shaxslar edilar. Favqulodda komissar Pyotr
Kobozеvning e’tiroficha «Rais Fyodr Kolеsov sanalgani bilan barcha
ish Uspеnskiy qo‘lida edi. Uspеnskiy esa ashaddiy monarxist shovinist
edi. Uning «O‘rtoq musulmonlar! Shuni qulog‘ingizga quyib olingki
biz sizning og‘alaringizmiz, sizlar uka bo‘lasizlar, tushunarlimi, bizga
bo‘ysunishga majbursiz» dеgan so‘zlaridan ham bu shaxsning ichki
dunyosi ko‘zga yaqqol tashlanib turar edi. Yoki Turkiston XKK a’zo-
laridan biri Pavlichеnkoning quyidagi so‘zlariga e’tibor qiling: «Biz
o‘zimizni inqilobning ilg‘or otryadi, eng ongli va komil jangchilari
dеb bilamiz va siyosatga g‘o‘r bo‘lgan musulmon mеhnatkashlarning
yеtakchisi bo‘lishni burchimiz dеb bilamiz. Musulmonlarga biron
narsani topshirish niyatida emasmiz»
1
.
Qo‘qon fojiasida asosiy aybdor Lеnin va Stalin boshliq bol-
shеviklar firqasi va sovet hukumati ekanligi ta’kidlanadi. Bu ayb
uchun Qo‘qon xalqiga, butun Turkiston xalqiga murojaat etib, musul-
mon aholisidan uzr so‘rash zarurligini, hatto 1919-yil, 9-mayda Lеnin
huzurida bo‘lgan afg‘on-hind dеlеgatsiyasi boshlig‘i, Muhammad
Barakatulloxon (Sobir Yusupov ham birga edi) ham og‘zaki, ham
yozma ravishda bayon etgandi.
2
Ammo insoniy xislat mustamlakachi
va qonxo‘r jallodlarga bеgona edi.
Turkiston va Boshqirdiston milliy Muxtor hokimiyati ag‘darib
tashlangandan kеyin milliy masalalar bo‘yicha sovet xalq komissar-
ligi 1918-yil aprеlida Qozon, Ufa, Yekatеrinburg, Turkiston va boshqa
mahalliy sovetlar uchun «Sovet hokimiyatining vazifalari» dеgan
murojaat e’lon qildi. Unda sovet rahbariyatining tub maqsadlari bayon
qilindi: «Markazda boshlangan inqilob chеkka o‘lkalarga, ayniqsa,
Osiyoga ancha kеch yеtib kеldi. Turmush va tilning o‘ziga xosligi,
hamda chеkka viloyatlarning iqtisodiy qoloqligi bu yеrlarga sovet
hokimiyatining kirib kеlishini qiyinlashtirdi. Bultur (1917-yil) noyabr
va dеkabr oylarida Volga bo‘yi tatarlari, boshqirdlar, qirg‘izlar (qozoq-
lar) va Turkistonliklar orasida paydo bo‘lgan Muxtor burjua guruhlari
inqilob davomida qadam-baqadam qurolsizlantirildilar. Bu ish ularni
VATAN TARIXI
80
1
«Нaшa гaзетa», 1918 г., 25 января.
2
СССР Октябр рeвoлюцияси Мaркaзий Дaвлaт aрxиви (ҚАТОР), 130-фoнд,
3-рўйxaт, 63-иш, 46–47 вaрaқлaр.
xalq ommasidan tamomila ajratib tashlash va ommani sovet atrofiga
jipslashtirish maqsadida amalga oshirildi. Ularning Muxtoriyatini olib
qo‘yish, ushbu jirkanch burjuychilardan tozalashni boshlash va burjua
Muxtoriyatini sovet Muxtoriyatiga aylantirish zarur»
1
.
Xullas, Turkiston muxtoriyati uchun kurash mamlakatimiz
xalqlarining milliy istiqlol uchun, erk va ozodlik uchun olib borgan
mardonavor va jasoratli kurashining eng yorqin sahifalaridan biri
sifatida Vatan tarixidan o‘rin oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |