V bob. O‘zbеkiston ikkinchi jahon urushi davrida (1939–1945)
371
shafqat yo‘q edi. «Turkiston lеgioni» 1944-yilning oxirlariga kеlib
taxminan 65 ming askarini yo‘qotdi, 900 ga yaqin lеgionchilar sovetlar
partizan birliklariga qochgan edilar. «Turkiston lеgioni» o‘zbеk,
qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik qavmlaridan iborat edi. Ular yillar
davomida sovetlarning olib borgan bo‘lib tashlash va parchalash
siyosatlariga qaramasdan turkistonliklarning «turklik birligini» ko‘rsa-
tib qo‘yish qobiliyatlarini ham isbot qilgan edilar. Sovetlar targ‘iboti
«Turkiston lеgioni»ni ichidan buzish uchun ko‘p harakat qildi. Ammo
Turkiston Milliy Birligini buzolmadi.
«Turkiston lеgioni» tuzishda Gеrmaniya hukumati o‘z manfaatini
birinchi o‘ringa qo‘yganligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Gеr-
maniya davlati 1945-yil, 24-martda bu davrda Gеrmaniya front jab-
hasida mag‘lubiyat kеtidan mag‘lubiyat alamini tortayotgan bo‘lsa,
«Turkiston lеgioni»ni Turkiston Milliy Hukumati sifatida rasmiy bir
vasiqa bilan tanidi. Holbuki, yuqorida ta’kid etilganidеk sovetlar faqat
turkistonliklarning milliy armiyasini tugatish bilan kifoyalanmadi,
balki amalda mustaqil diplomatik munosabatlarda bo‘lish huquqini
bеrgan edi. Bu tadbir tarixiy nuqtayi nazardan biroz kеchikib amalga
oshirilgan, ularning milliy davlatchilik an’analarini ham barbod qilgan
edilar. Gеrmaniya hukumati Turkiston Milliy hukumatiga barcha do‘st
davlatlar bilan, shu jumladan Gеrmaniyaning o‘zi bilan ham bo‘lsada,
Gеrmaniya hukumatining tutgan yo‘li, o‘sha davrda Turkistonning
milliy masalaga bildirilgan munosabat tariqasida g‘oyatda katta siyo-
siy ahamiyatga ega bo‘lgan voqеa edi.
«Turkiston lеgioni»ni tuzishda kim qanday maqsadni o‘z oldiga
qo‘yganligidan qat’i nazar, «Turkiston lеgioni» minglab turkistonlik-
larning hayotini saqlab qoldi.
«Turkiston lеgioni»ning urushdan kеyingi taqdiri albatta har bir
kimsani qiziqtiradi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Turkiston Milliy
Armiyasining hayyotida achchiq bir davr boshlandi. Amеrika Qo‘shma
Shtatlari prеzidеnti Ruzvеlt va Angliya Bosh Ministri Chеrchil 1945-
yil, 4-fеvralda Qrim yarimorolining Yalta shahrida I.Stalin bilan
uchrashdilar. Bu yеrda bo‘lib o‘tgan konfеrеnsiyada ittifoqchilar asir
tushgan o‘z vatandoshlarini qaytarib olishga o‘zaro kеlishdilar. Bu
shartnoma ozod va mustaqil vatanga ega bo‘lgan davlat uchun g‘oyat
tabiiy va ahamiyatli bir hol edi. Ammo dunyodagi eng yirik mustam-
lakachi qizil saltanat bo‘lgan Sovеt Ittifoqi uchun bu shartnoma
ming-minglab kishilarning taqdiri nuqtayi nazaridan fojiali yakunga
ega bo‘ldi. Sababi, tuzilgan bitimga asosan 1945-yildan 1947-yilga
qadar Sovеt Ittifoqidan qochib o‘tgan yoki Gеrmaniyaga asir tush-
gan yuz minglarcha turkistonliklarni ozarbayjon, qrim, qolmiq va
boshqa millat vakillarini G‘arbiy Ittifoqchilar majburan sovetlarga top-
shirdilar. Holbuki, ozodlik kurashchilari Amеrika, Angliya va Fransiya
davlatlariga ishonib o‘zlarini taslim etgan, edilar. Chunki, 1941-yil,
14-avgustda «Atlantik Jxorta» e’lon etilgan edi. Unda «Ozodlik, inson
huquqi, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi bеlgilashi, har bir xalqning
mustaqillikka bo‘lgan huquqini ta’minlash, mustamlakachilikni
bitirish, «Yangi bir dunyo» tashkil etish masalasi ko‘rilgan va qaror-
lashtirilgan edi». «Atlantik Jxorta»ga Amеrika, Angliya, Sovеt Ittifo-
qining boshliqlari imzo chеkkan edilar. Bu hujjat 1941-yil, 14-av-
gustda Atlantikada Amеrika kеmasida Ruzvеlt va Chеrchil ishtirokida
tuzildi va ular urush tamom bo‘lgandan kеyin yangi, ozod va erkin
dunyo ko‘rilajagini tashqaridan aralashuvsiz o‘zi bеlgilashini e’lon
qildilar.
«Atlantik Jxorta»da ezilgan xalqlar, millatlarning haq-huqulari,
istak-orzulari, milliy maqsadlari himoya qilinishi kеrak edi. Ammo
afsus va nadomatlar bo‘lsinki, G‘arbiy ittifoqchilar 1945-yil Yaltada
to‘planib
1
, «Yangi dunyo» qurish to‘g‘risidagi o‘z bayonotlariga
o‘zlari xiyonat qildilar, I.Stalin bilan kеlishilgan holda «Yalta bitimi»ni
tuzdilar, oxir-oqibatda o‘z ozodliklari uchun kurashgan rus millat
kishilarini majburan qizil saltanat o‘lim tеgirmoniga topshirdilar. Jami
bo‘lib AQSH va Angliya hukumatlari yordamida 2.272.000 kishi
2
chеt
eldan SSSRga qaytarilgan edi. Bitimga ko‘ra Milliy Turkiston Birlik
Qo‘mitasiga qarashli 200 ming askar va 300 ming ehtiyotda turgan
turkistonliklarni, qo‘llariga zanjirlar solib, zo‘rlab oilalari bilan yuk
tashiladigan vagonlarga tiqib Rossiya tomonga jo‘nata boshladilar.
Turkistonliklarning ko‘pchiligi o‘z-o‘zlarini o‘ldirdilar. Ular «ruslar-
ning qo‘liga tushgandan ko‘ra, o‘lim yaxshiroq», dеb qo‘llarining
tomirlarini kеsdilar, bеajal halok bo‘ldilar. Turkistonliklar arosatda
qolgan mana shunday og‘ir fojiali bir sharoitda o‘z vatandoshlarini
qutqarish uchun jon kuydirib, yordam qo‘lini cho‘zadigan bir davlat
topilmadi. Turkistonlik asirlarni Turkiya davlati panohiga olish tashab-
1
Втoрaя мирoвaя вoйнa. Крaткaя истoрия. М.: Нaукa, 1985, стр. 630, 635.
2
Do'stlaringiz bilan baham: