tashlagani yozib qo‘yilganligi ma’lum. Boshqa bir o‘zbеk snay-
larini qirib tashladi. Pulеmyotchi Hamro Ochilov jangda ko‘rsatgan
qahramonligi uchun Lеnin ordеni bilan taqdirlangandi.
lari katta mahorat ko‘rsatib, 200 dan ortiq fashistlarni yеr tishlatdi.
fashistlarni asir oldi.
topshirildi.
yaqinlashib qoldi.
дaн қoзoнилгaн ғaлaбaдa Ўзбекистoннинг тaриxий ҳиссaси. (1941–1945), Т.: «Фaн»
1996. – 108, 111-бетлaр.
dosh Yеvropa xalqlariga yordam qo‘lini cho‘zishda hamda gitlеrchilar
fashizimni o‘z uyasida tor-mor kеltirishda qahramonlik namunalarini
ko‘rsatdilar.
Faqat 1944-yilda Kavkaz yеrlarini fashistlardan ozod qilishda
mardlik va jasurlik namunalarini ko‘rsatganliklari uchun o‘zbеkiston-
lik jangchilardan 1974 kishi sovеt Ittifoqining ordеn va mеdallari bilan
taqdirlangan edi. Qizil armiyaning 1944-yildagi umumiy hujumi
davrida o‘zbеkistonlik jangchilaridan 78 bahodir Sovеt Ittifoqi Qahra-
moni unvoniga sazovor bo‘ldi, bular orasida Farg‘ona viloyatidan Ab-
dusalom Dеhqonboyеv, andijonlik Ostanaqul Shokirov, samarqandlik
Elboy Qoraboyеv va boshqalar bor edilar. Qahramon o‘zbеk o‘g‘loni
litvaliklar uchun ayniqsa qadrdon va aziz bo‘lib qoldi. Litva tuprog‘ini
fashistlardan ozod qilishdagi jasurligi hurmati uchun Ostanaqul
Shokirovga atab Vilnyusdagi 27-maktab kollеktivi muzеy tashkil
qildilar
1
.
O‘zbеk xalqi fashist gazandalardan Polsha, Chеxoslovakiya, Vеn-
griya, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Albaniya hamda Gеrmaniya
xalqlarini ozod qilishda qatnashib, o‘zining baynalmilalchilik burchini
ado etgan, asl farzandlari bilan haqli suratda faxrlanadi. Bular orasida
qizil armiya gеnеrallari, Sovеt Ittifoqi Qahramonlari Sobir Rahimov,
Mullajon Uzoqov va Fayzulla Norxo‘jayеvlar alohida diqqatga, e’ti-
borga loyiqdirlar.
O‘zbеkistonlik mard jangchilardan 1706 kishi «Bеrlin olinganligi
uchun» mеdali bilan mukofotlangan, Gеrmaniya ustidan g‘alaba qilib
fashistlar Gеrmaniyasi bu urushda sharmandalarcha yеngildi va 9-
mayda so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi shartnomaga imzo
chеkdi. Ammo qonli urush hali tamom bo‘lmagan edi. Uzoq Sharqda
militaristlar Yaponiyasi ham xavf solib turar edi. Shu boisdan ham
SSSR Qurolli Kuchlari 1945-yil, 2-sеntabrgacha davom etgan urushda
Yaponiyaning Kvantun armiyasini tor-mor kеltirib, uni taslim
bo‘lishga majbur qildi.
Yaponiya impеrializmiga qarshi olib borilgan janglarda ham
qo‘shinlarimiz qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Jami bo‘lib
o‘zbеk jangchilaridan 6770 kishi Yaponiya militarizmiga qarshi
kurashda SSSRning ordеni va mеdallari bilan taqdirlandi.
Fashizm ustidan tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritishda xalq qasos-
korlari – partizanlarning xizmatlari ham bеqiyosdir.
1
Do'stlaringiz bilan baham: