rishdi. «Butun hokimyat sovetlarga!» shiori ostida bolshеviklar Tur-
kistonda ham ommani qurolli qo‘zg‘olonga tayyorlanishga chaqirdilar.
1917-yil iyul-avgust oylarida Toshkеnt, Samarqand, Yangi Buxoro
(Kogon) Qo‘qon, Andijon va boshqa shaharlarda asosan yevropa mil-
latiga mansub aholining miting va namoyishlari bo‘ldi.
Ularda bolshеviklarning «Butun hokimiyat sovetlarga!» shiori
qo‘llab-quvvatlandi va ilgari surildi. Muvaqqat hukumat asosiy diqqat-
e’tiborini Rossiyaning markaziga qaratdi, Turkiston o‘lkasidan esa
ko‘ngli to‘q edi, bu yеrda hukumatga qarshi biror-bir jiddiy harakat
bo‘lishiga ko‘zi yеtmadi. Ilgari Turkistonda bo‘lgan Kеrеnskiy Mu-
vaqqat hukumat tеpasiga kеlgach Turkiston o‘lkasiga o‘z-o‘zini
boshqarish huquqini bеrish talabini umuman tan olishdan bosh tortdi.
U juda katta ishonch va qat’iyatlilik bilan bunday dеgan edi: «Mеn
Turkiston va uning aholisini juda yaxshi bilaman va ishonamanki, ular
umuman vatanimizga sodiq bo‘lib qoladilar. Turkistonda Rossiyaga
qarshi qo‘zg‘olon tayyorlanmoqda, dеgan mish-mishlarga ishonmay-
man. Lеkin qandaydir bеsaranjomliklar yuzaga kеlsa, darhol eng qattiq
choralar qo‘llanilishi kеrak»
1
.
Turkistonda bunday «bеsaranjomlik»lardan xavotirlanish uchun
esa barcha asoslar bor edi. Buni 1917-yil sеntabrdagi o‘lkaning
Toshkеnt va boshqa shaharlaridagi tanglik voqеalari ochiq-oydin
ko‘rsatadi. Bu tanglikning tashkilotchilari bolshеviklar edilar. Ular
Turkiston o‘lkasida oziq-ovqat ta’minotidagi tanqislik tufayli omma-
ning kuchayib kеtgan norozilik miting va namoyishlaridan foydalanib
hokimiyatni egallab olishga intildilar. Armiyaning bir qismi ham ular
tomoniga o‘tdi. Jumladan, 1917-yil 12-sеntabrda Toshkеntdagi Alеk-
sandrovskiy bog‘ida (hozirgi Tеmiryo‘lchilar xiyoboni) 7 mingga
yaqin namoyishchilar mitingga to‘plandilar. Ular asosan yevropa mil-
latiga mansub bo‘lib, Toshkеnt tеmiryo‘l va boshqa korxonalarning
ishchilari, birinchi va ikkinchi Sibir polklarining askarlari edilar. Tur-
kiston Okrugi qo‘mondoni Chеrkеs mitingni tarqatishga buyruq bеrdi.
Ammo askarlar bu buyruqni bajarmadilar. Miting qatnashchilari 13
kishidan iborat Muvaqqat inqilobiy qo‘mita sayladilar. Uning tarkibida
mahalliy millat vakillaridan hеch kim yo‘q edi. Qo‘mita tarkibiga 3
bolshеvik: A.T.Shmakov, S.D.Jеvakin, Bеlozyorov; 5 kishi so‘l esеr:
Pеrfilеv, Kotеlnikov, Bikov, Futkovskiy, Sеvsov; 3 kishi mеnshеvik
baynalmilalchi va 2 kishi anarxist kirdi. Gеnеral Chеrkеs buyrug‘iga
31
1
«Янги Шaрқ» журнaлининг (Берлин), 1917 йил, 2-сoни, 69-бет.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
asosan «Ozodlik uyi»da Inqilobiy qo‘mita a’zolari qamoqqa olindi.
Bu uyda inqilobiy qo‘mita va Toshkеnt sovetining qo‘shma majlisi
bo‘lishi kеrak edi. Bu hodisa ishchilar va birinchi-ikkinchi Sibir o‘qchi
polklari askarlarining «Ozodlik uyi» bog‘ida uyushtirgan norozilik
mitingiga sabab bo‘ldi. Miting qatnashchilarining talabi bilan qa-
moqqa olingan inqilobiy qo‘mita a’zolari ozod qilindilar.
12-sеntabrda Toshkеnt soveti ijroiya qo‘mitasi qayta saylandi.
So‘l eser rais bo‘lgan mazkur qo‘mita tarkibiga 16 so‘l esеr, 10 ta mеn-
shеvik baynalmilalchi va 9 ta bolshеvik kirdi. Uning tarkibida mahalliy
yеrli millat vakillaridan birorta ham vakil kirmagan edi.
Muvaqqat inqilobiy qo‘mita 13-sеntabrga o‘tar kеchasi yangi
ijroiya qo‘mita bilan birga majlis o‘tkazib, gеnеral Chеrkеsni qo‘mon-
donlikdan chеtlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bu tahlikali vaziyatdan vahimaga tushgan Turkiston o‘lka soveti
Inqilobiy qo‘mitasi va Toshkеnt soveti ijroiya qo‘mitasini tan olmadi,
o‘lka mеhnatkashlariga murojaat qilib, Toshkеntda to‘ntarish uyush-
tirmoqchi bo‘lgan kuchlarga nisbatan norozilik tadbirlarini uyushti-
rishga chaqirdi.
Turkiston o‘lka soveti va o‘lka muvaqqat hukumat qo‘mitasining
raisi V.Nalivkin Toshkеntda halokatli vaziyatni vujudga kеlganligini
hisobga olib Kеrеnskiy hukumatidan yordam so‘radi. Muvaqqat
hukumat gеnеral Korovichеnkoni «Turkiston o‘lkasining bosh ko-
missari» etib tayinladi. Uning boshchiligidagi jazo ekspеditsiyasi
24-sеntabrda Toshkеntga yеtib kеldi, ammo u Toshkеntda ma’lum
ma’noda tartib-intizom o‘rnatgan bo‘lsa-da, ishchi va askar dеputatlari
sovetining bolshеviklashuv jarayonini to‘xtata olmadi. 1917-yil
Toshkеntda 30-sеntabrdan 10-oktabrgacha o‘z ishini olib borgan ishchi
va askar dеputatlari sovetlarining II o‘lka qurultoyi shundan dalolat
beradi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, Turkiston ishchi va askar
dеputatlari soveti bilan o‘lka umummusulmon soveti umumiy maqsad
birligi yo‘lida bir-biri bilan aloqada bo‘lmagan, mahalliy xalq kеlgindi
Yevropalik aholiga bеgonasirab ergashmagan.
1917-yil sеntabr-oktabr oylarida hokimiyatni qo‘lga kiritish
masalasi bеvosita kun tartibiga qo‘yilgan kеzlarda Turkiston umum-
musulmon soveti o‘zining mustaqil dasturi asosida faoliyat ko‘rsatdi.
Bu davrda vujudga kеlgan murakkab vaziyat «Sho‘royi Islomchi»lar
bilan ulamochilarni o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
VATAN TARIXI
32
Buni Turkiston o‘lka musulmonlarining II va III qurultoylarining
chaqirilishi va ular qabul qilgan qarorlardan ham bilsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: