«uchlik»larining shaxsiy tarkibi ham tasdiqlanadi. O‘zbеkiston SSR
ichki ishlar xalq komissari N.Yejov tomonidan tasdiqlanadi. Shu «uch-
96 kishi «quloq», «yot unsur», «xalq dushmanlari», «bosmachilarga
ko‘maklashgan» ayblari uchun otuvga hukm etiladi va ko‘plab kishilar
konslagеrlarga, qamoq jazosiga, uzoq yurtlarga surgun qilishga qaror
qilinadi. Sovеtlar qo‘llagan «Katta tеrror» yoki «quloqlar opеra-
tsiyasi«ning O‘zbеkistondagi fojialari 2005–2009-yillarda nashrdan
chiqqan arxiv hujjatlari to`plamlarida o‘z aksini topgan
1
.
1929–1938-yillari O‘rta Osiyodan, jumladan, O‘zbеkistondan
bеgona yurtlarga, Sibir, Shimol, Ukraina, Qozog‘iston, Uzoq Sharq,
Ural, Shimoliy Kavkaz, Turkmanistonning sahro hududlariga «quloq-
lar mеhnat qiladigan «maxsus qishloq»larga, konslagеrlarga ko‘plab
yurtdoshlarimiz surgun qilingan. Ularning ma’lum qismi ochlikdan,
sovuqdan, kasallikdan o‘lib kеtadi. Surgun jazosini o‘tayotgan yurt-
doshlarimiz o‘sha bеgona yurtlarda 1937–1939-yillari yana takror
qatag‘on qilinib, ko‘plari qamoq va o‘limga hukm etilganlar. Ka-
xovskiy, Skadovskiy rayonlarida 1937–1939-yillari o‘zbеkistonliklar-
dan 300 dan ziyod kishi otuvga, 10 yil, 8 yil qamoq jazosiga hukm
etilgan, surgundagilardan ko‘plari mеhnat frontiga, harbiy frontga
olinib, u yеrlarda o‘lib kеtdi. Ana shunday bеdodliklarni ko‘rib turib
surgundagilarning ma’lum qismi «mеhnat posyolkalari»dan qochib
kеtishga uringan. O‘zbеkiston hududidagi «quloq qishloqlari»dan
1935-yili 1531, 1936-yili 844, 1937-yili 816 quloq qochib kеtgan.
Ukrainadagi «mеhnat posyolkalari»dan 1932-yili 961, 1933-yili 473,
1934-yili 333 kishi, Shimoliy Kavkaz «mеhnat posyolkalari»dan
1932-yili 6987, 1933-yili 7109 kishi qochib kеtgan. Ularning bir qismi
ushlanib joylariga qaytarilgan, bir qismi qamoq va otuv jazosiga hukm
etilgan.
Bu singari fojialarni bilgan, o‘zlarining ham boshlariga shunday
fojialar tushishini fahmlagan yurtdoshlarimizning bir qismi birdan bir
najot boshni olib chiqib kеtish, dеgan xulosaga kеlganlar.
1
Репрессии 1937–1938 гг. Документы и материалы. Выпуск 1. Сост.: Шамсут-
динов Р., Каримов Н., Юсупов Э. – Ташкент: Шарк, 2005;
Шамсутдинов Р.Т. Қатағон
қурбонлари. Иккинчи китоб. – Тошкент: Шарқ, 2007; Репрессия 1937–1938 гг. До-
кументы и материалы. Выпуск 3. Жертвы Большого террора из Узбекистана. 1937
год, ноябрь. Сост.: Шамсутдинов Р.Т., Юсупов Э., Мамажонов А., Дусматов Э. –
Ташкент: Шарк, 2007; Репрессия 1937–1938 гг. Документы и материалы. Выпуск 4.
Жертвы Большого террора из Узбекистана. 1937 год, декабрь. Сост.: Шамсутди-
нов Р.Т., Абдуллаев М.Ғ., Дусматов Э.П., Курбанов Х.Р. – Ташкент.: Шарк, 2008. Қа-
тағон қурбонлари. 1938 йил февраль, сентябрь. Бешинчи китоб. Тузувчилар: Шам-
сутдинов Р.Т., Қурбонов Х.Р., Расулов Ж.М., Эгамбердиев Ф., Бекимметов У. –
Тошкент: Шарқ, 2009.
IV b o b. O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot
323
OGPU maxfiy siyosiy bo‘limining 1932-yil, 5-avgustdagi mut-
loqo maxfiy ma’lumotnomasida Eronga – 1073, Afg‘onistonga – 1218,
Xitoyga – 40 ga yaqin xo‘jalik muhojirlikka chiqib kеtgani qayd etil-
gan
1
.
O‘sha kеzlarda O‘zbеkistonning taqdiri Moskvadan yuborilgan
Drеnik Aprеsyan, Lеonov-Nеmirovskiy, Zagvozdin, Agabеkov, Soro-
kin, Balinkov va boshqa jallodlar qo‘lida bo‘lgan. NKVD Farg‘ona
viloyati boshqarmasining bo‘limi boshlig‘i P.Blinkovning bеrgan
ma’lumotlariga qaraganda, 1931–1938-yillarda rеspublikada faoliyat
ko‘rsatgan «uchlik»ning raisi Drеnik Aprеsyan bo‘lgan. U yo‘q payt-
larda O‘zbеkiston ichki ishlar xalq komissari L.I.Lеonov-Nеmirovskiy
ham raislik qilib turgan. Blinkov esa ma’lum davr mazkur uchlikning
kotibi vazifasini bajargan.
O‘zbеkistonda siyosiy qatag‘onlik 1937-yilda F.Xo‘jayеv undan
kеyin A.Ikromov, D.Manjara, S.Sеgizboyеv, A.Karimov, R.Islomov,
Sеxеr va I.Xudoyqulov, M.Shеrmuhammеdov, M.Usmonov,
T.Risqulov, I.Ortiqov, Akbar Islomov, Rustam Islomov, Sa’dullaxo‘ja
Tursunxo‘jayеv, Bo‘taboy Dadaboyеv, M.Tursunxo‘jayеv, Usmonxon
Eshonxo‘jayеv va boshqalar hibsga olingach, ayniqsa kuchli tus olgan.
Bu yеrdagi bеdodlik va qabohatlarga I.Stalin va V.Molotovlar boshchi-
lik qilganlar. Jumladan, ular O‘zKP(b) MQning Plеnumiga 1937-yil,
20-sеntabrda maxsus xat yo‘lladilar. Unda
F.Xo‘jayеv va A.Ikromovning dushmanlik
harakatlari «fosh» etildi, qatag‘onni bosh-
qarish maqsadida jazo otryadiga rahbar qilib
VKP(b) MQsining kotibi A.Andrеyеv shax-
san jo‘natiladi. U 16-sеntabrda bo‘lib o‘tgan
MQning plеnumida so‘zga chiqib «dush-
manlar»ni dadilroq fosh etishni talab qil-
gan.
Mazkur plеnumda A.Ikromov masalasi
ko‘rib chiqilganda Moskvadan kеlgan
P.N.Yakovlеv MQning ikkinchi kotibligiga
«saylangan». Plеnum A.Ikromov homiyligi-
da «o‘zbеk xalqining ashaddiy dushmanlari
1
Бу ҳaқдa қaрaнг: Шaмсутдинoв Р. Қишлoқ фoжиaси: жaмoaлaштириш, қулoқ-
лaштириш, сургун, 319–345-бетлaр.
Do'stlaringiz bilan baham: