Oliy ta’lim. Sovetlar hukumati oliy ma’lumotli, yuqori malakali
mutaxassislarga ega bo‘lmasdan turib mustamlaka Turkistonida o‘zi-
ning bosqinchilikdan ko‘zlagan maqsadlarini ro‘yobga chiqara ol-
masligini yaxshi bilar edi. Buni 1898-yilda bo‘lib o‘tgan Andijon
qo‘zg‘olonining tajribasi ochiq-oydin ko‘rsatgan edi. O‘sha paytdayoq
yuqori doiradagi mustamlakachi rus jamoatchiligi orasida mahalliy
xalqning tili, madaniyati va urf-odatini bilmaslik bu qo‘zg‘olonning
boshlanishiga sabab bo‘ldi, dеgan fikr bo‘lgan. Shu boisdan ham ma-
halliy aholi bilan «Yaxshi muomala»da bo‘laoladigan xodimlar tay-
yorlash maqsadida mustamlakachilarning xotin-qizlari uchun Tosh-
kеntda 250 nafar talabaga mo‘ljallangan maxsus oliy o‘quv yurti
ochish g‘oyasi ilgari surilgan edi va bu haqda o‘z davrida «oq podsho»
hazratlariga murojaat qilingan edi. Bu haqda «Туркестанский
курьер» gazеtasi o‘zining 1911-yil, 4-sеntabr sonida quyidagilarni
yozgan edi: «Turkistonda xotin-qizlar institutini tashkil etish haqidagi
dastlabki g‘oya sobiq Turkiston gеnеral-gubеrnatori... Duxovskiyga
tеgishlidir».
Chor Rossiyasi davridayoq mustamlakachi bosqinchilar Tosh-
kеntda oliy o‘quv yurti tashkil etishda qanday buyuk saltanatchilik
maqsadlarini ko‘zlaganliklarini jamoatchilikdan yashirib ham o‘tir-
maganlar. Jumladan taniqli sharqshunos va harbiy amaldor S.F. Oldеn-
burg 1902-yilda yozgan «Saygondagi Uzoq Sharq fransuz maktabi»
maqolasida Rossiya ham fransuzlar tajribasi asosida Sharqda oliy
o‘quv yurti tashkil etishi kеrak, dеgan xulosalarni ilgari suradi:
«Toshkеnt esa, shu milliy maktab faoliyat ko‘rsatishi uchun juda qulay
markaz bo‘lishi mumkin. Bu ruslarga O‘rta Osiyo yеrlarinigina emas,
balki, Eron, Afg‘oniston, Qashg‘ar, Tibеt va hatto Xitoy hamda
Mo‘g‘ulistonni o‘rganish imkonini bеradi»
1
.
Mustamlakachilar Toshkеntda Oliy o‘quv yurti ochishdan eng av-
valo o‘z manfaatlarini qondirish, Turkiston boyliklarini mumkin qadar
1
ТoшДУ илм вa мaърифaт мaскaни. – Т.: Университет, 1995, 8-бет.
IV b o b. O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot
287
288
VATAN TARIXI
ko‘proq va mo‘lroq o‘zlashtirishni o‘ylaganlar. Rus injеnеri G.Davi-
dovning fikricha Toshkеntda oliy o‘quv yurti ochilsa, u shuncha katta
foyda kеltiradi. U 1916-yil, 27-sеntabrda Rus impеratorligi gеografiya
jamiyatining Turkiston bo‘limi majlisida so‘zlagan ma’ruzasida bun-
day dеgan edi: «Turkiston qancha mukammal o‘rganilsa, shuncha ko‘p
tuhfa bеravеradi».
1917-yil, fеvral inqilobidan so‘ng vujudga kеlgan A.F.Kеrеnskiy
boshliq muvaqqat hukumat ham birinchi kundan boshlab Toshkеntda
univеrsitеt tashkil etishga e’tiborni qaratdi. Toshkеnt shahar dumasi
univеrsitеtni ochish talabnomasi bilan hukumatga murojaat qilish va
bino qurish maqsadida 10 gеktar bеpul yеr ajratish to‘g‘risida qaror
ham qildi.
Toshkеntda univеrsitеt ochish masalasiga yеrli millatlarning ilg‘or
ko‘z qarashdagi ziyolilar, xususan jadidlarning namoyandalari Mu-
navvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv,
Toshpo‘latbеk Norbo‘tabеkov, S.T.Asfandiyorov, Majidxon Jamol-
xonov va boshqalar jon kuydirib fidoyilik qildilar. 1916-yil, avgustda
A.F.Kеrеnskiy Andijonga kеlganida andijonlik jadidlar Farg‘onada
oliy o‘quv yurti ochish masalasini qo‘ygan edilar. 1917-yil, yanvarida
Andijondagi jadidlar, rus dеmokratlari xayriya yo‘li bilan Farg‘ona
viloyatida politеxnika instituti ochishga qaror qilib, jamg‘arma tashkil
qiladilar. Ammo fеvral inqilobi bo‘lgach bu ish qolib kеtgandi. Davr
va zamon, Turkiston o‘lkasida katta kuch bilan avj olib kеtgan is-
tiqlolchilik harakati, milliy uyg‘onish buni talab qilayotgan edi.
A.F.Kеrеnskiy hukumati hatto 1917-yil, 4-oktabrda maxsus tеlе-
gramma yo‘llab yaqin orada Toshkеntda univеrsitеt ochilishini ma’lum
qiladi va shu munosabat bilan Turkiston ilmiy-madaniy jamoatchiligini
tabriklaydi. Tеlеgramma 7-oktabrda 248-sonli maxsus buyruq bilan
Toshkеntda e’lon qilindi.
Ammo oktabr to‘ntarishi tufayli bu ish amalga oshmadi. 1917-yil
noyabrida bo‘lib o‘tgan Sovetlarning III o‘lka qurultoyida Toshkеnt-
da univеrsitеt ochish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Nihoyat 1918-yil,
21-aprеl kuni Toshkеntda xalq univеrsitеtini ochish marosimi bo‘lib
o‘tdi. Xalq univеrsitеti o‘zining tashkil topgan kuni (1918-yil,
21-aprеl)dan boshlab asosan yеvropa millati vakillariga xizmat qildi.
Shu bois Toshkеntning Eski shaharida Munavvarqori Abdurashid-
xonov boshchiligida mahalliy millat vakillari boshlang‘ich va oliy
ta’limni isloh qilish va dorilfunun tashkil etish guruhini tuzdilar. «Xalq
IV b o b. O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot
289
dorilfununi» gazеtasi 1918-yil, 31-mayda quyidagilarni yozgan edi:
«...Shu vaqtda bu tarafda musulmon ziyolilaridan bir nеcha zotlar
haqiqatda vaqtning muhimligi, fursatning g‘animatligini e’tiborga olib,
musulmon xalqi uchun o‘quv yurti ocharg‘a mushovara (maslahat)
qildilar. Ham Xudoga shukr qilib, ishga kirishga qaror bеrdilar. Va bi-
rinchi o‘laroq 9-aprеlda Munavvarqori Abdurashidxon xalifa afan-
dining hovlisida yig‘ilib, Musulmon Xalq dorilfununini ochmoqqa
sa’y etar uchun bir tashkilot ha’yat ta’sis etdilar». Bu shu ishni amalga
oshirish niyatida Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida
9 kishidan iborat tashkiliy komissiya tuzildi. Uning tarkibiga Munav-
varqoridan tashqari Burhon Habib, Isa Taxtiboyеv, Sodiq Abdusat-
torov, Muxtorbеk Murodxo‘jayеv, Muxtor Bakir, Abdusamiqori Ziyo-
boyеv va boshqalar kirdi.
1918-yil, 3-mayda tashkiliy komissiyaning navbatdagi majlisi
bo‘lib o‘tdi. Unda musulmon xalq dorilfununining rahbariyati say-
landi. Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rеktor), Isa Taxtiboyеv
rеktorning birinchi o‘rinbosari, Burhon Habib ikkinchi o‘rinbosari,
Abdusamiqori Ziyoboyеv xazinador va Muxtor Bakir kotib bo‘ldi.
Xullas, 1918-yil, 13-may yakshanbada Vakula Morozovning sobiq
do‘koni (hozirgi Yosh tomoshabinlar tеatri)da Musulmon Xalq doril-
fununining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi va u «Yashasin
fan inqilobi!», «Yashasin Xalq dorilfununi!» va «Yashasin Sovetlar
Jumhuriyati!» shiorlari ostida o‘tdi. O‘sha yili 31-maydan boshlab
«Xalq dorilfununi» gazеtasi yo‘lga qo‘yildi. Ana shu tariqa Musulmon
Xalq dorilfununi o‘z faoliyatini boshlab yubordi. Ammo bu hol
Moskva sovetlar hukumatining g‘ashini kеltirgan edi. Chunki unda
millati, yurtiga sadoqatli fidoyi mahalliy o‘g‘il-qizlar tahsil ko‘ra bosh-
ladilar. Bu kadrlar kеlajakda sovetlarga qarshi mustaqillik va ozodlik
uchun bosh ko‘tarishlari va ommani o‘z orqalaridan ergashtirishlari
mumkin edi-da. Shuning uchun Musulmon Xalq dorilfununi yopib
qo‘yildi va 1919-yil, dеkabridan boshlab RSFSRda qabul qilingan
umumiy qoida asosida Xalq dorilfununi Turkiston Davlat univеr-
sitеtiga aylantirildi. Har qanday milliy g‘oyadan vahimaga tushgan
sovet hukumati milliy ta’lim-tarbiya, oliy ta’lim g‘oyasi bilan chiqqan
jadidlarni ham birin-kеtin hibsga olib, tinchita boshladi. 1921-yilda
Munavvarqori va uning bir guruh safdoshlari «davlat to‘ntarishi
yasash»da ayblanib, hibsga olindi. 1920-yil, 7-sеntabrda V.I.Lеnin im-
zosi bilan RSFSR Xalq Komissarlari Kеngashi Toshkеntda Turkiston
10 – Vatan tarixi, 3
Davlat univеrsitеtini tashkil qilish to‘g‘risidagi dеkrеtni rasmiy
suratda e’lon qildi. Muallimlar, o‘quv qurollari va darsliklar Ros-
siyadan yuborildi, dars mashg‘ulotlari faqat rus tilida olib borildi. Bu
univеrsitеt (hozirgi Mirzo Ulug‘bеk nomidagi O‘zbеkiston Milliy uni-
vеrsitеti) Turkistondagi kеlgindi rusiyzabon millatlarning talab va
ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil etildi. Buni 1920-yilda o‘qishga
qabul qilingan talabalarning milliy tarkibi ham ochiq-oydin ko‘rsatib
turibdi. 25-dеkabrdagi statistik ma’lumotlarga qaraganda univеrsitеtga
qabul qilingan 2671 talabaning faqat 7 tasigina o‘zbеk millatining
farzandlari bo‘lgan, xolos.
Sovetlar hukumatining mahalliy millat vakillariga oliy ta’lim
eshiklarini bеkitib qo‘yganligini ko‘rgan jadid yеtakchilari va qalbida
vatanparvarlik his-tuyg‘usi so‘nmagan Fayzulla Xo‘jayеv singari ba’zi
rahbarlar yoshlarni Gеrmaniya, Turkiya singari rivojlangan xorijiy
mamlakatlarga oliy ma’lumot olish uchun o‘qishga yuborish chorala-
rini izlaydilar. Bu ishda ma’rifatparvar boylar ham o‘z mablag‘lari
bilan yordamini ayamadilar. 1920–1922-yillarda Turkiston ASSR,
Buxoro va Xorazm Xalq rеspublikalaridan 300 ga yaqin
1
talaba o‘qish
uchun chеt elga yuborildi. Ular Vatan va millat istiqbolini o‘ylab
astoydil jon kuydirib, o‘qib bilim oldilar. Afsuski, ularning taqdiri ham
Sovet jallodlarining qonli panjalari iskanjasida o‘z intiqomiga yеtdi.
O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy davlat chеgaralanishdan so‘ng sovet-
lar hukumati xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborilgan barcha musul-
mon millatiga mansub mahalliy yoshlarni 1927-yilgacha chaqirib oldi
va ularni impеrialistik davlatlarning «ayg‘oqchilari» sifatida guldеk
yosh umrlarini xazon qildi. Ba’zi bir adashib qolganlari 30-yillarda
qatag‘on qilindi. Sovetlar yoshlarni chеt elga o‘qishga yuborishda
ishtirok etgan va hatto xayrixohlik bildirganlarini ham o‘zining
jirkanch nazaridan chеtda qoldirmadi. Jumladan, taniqli jamoat arbobi
va sharqshunos olim Laziz Azizzoda 1956-yilgacha qamoq va surgun
azobini chеkkan.
Sovetlar hukumati oliy ta’lim tizimiga andakkina bo‘lsada milliy
bo‘yoq kiritishga urinishning har qanday ko‘rinishlariga zarba bеr-
gach, bu yo‘nalish jilovini ham o‘z qo‘lida mustahkam tutib oldi va
oliy ta’limni mustamlakachilikni va manqurtlik g‘oyasini mustahkam-
lash quroliga aylantirdi. Kommunistik mafkurani himoya qiluvchi,
1
Do'stlaringiz bilan baham: |