Uchinchidan, sovet va kompartiya rahbarlari tub yеrli xalqning
ming-ming yillar davomida shakllanib, qaror topgan milliy urf-odatlari
va qadriyatlari bilan hisoblashmadilar va nazar-pisand qilmadilar.
Sovetlarning yеr-suv islohotini qabul qilmaslik hollari ko‘p joylarda
qayd etilgan. Jumladan, Mustafo Cho‘qay bunday yozadi:
«Oktabrning o‘n yillik bayrami nishonlanish arafasida O‘rta Osiyo
Byurosining «За партию» nashri 1927-yil, sеntabr sonida, kambag‘al
turkistonliklarning o‘zlariga bo‘lib bеrilgan tomorqalarni avvalgi
egalariga o‘z xohishlari bilan qaytarib bеrishgani haqidagi bir qancha
hodisalarni kеltirgan. Hatto, yеrlarni zo‘rlik bilan mahalliy hokimiyat
tazyiqida bo‘lib bеrish hollari ham yuz bеrgan.
«Правда Востока» gazеtasi 1928-yil, 2-sеntabr sonida quyidagi
juda bir qiziq rasmiy ma’lumotni bеrgan edi: «Boylarning o‘zboshim-
chalik bilan o‘z yеrlarni tortib olish hollari sodir bo‘lgan. Bunaqa
hodisalar, ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ko‘p takrorlan-
moqda.
...o‘z xohishlari bilan yеr olishdan voz kеchayotganlar ham uchrab
turibdi.
... U yoki bu shaklda boylarning yеrlarini tortib olishga yo‘l
qo‘ygan yoki yo‘l qo‘yishayotgan ba’zi qishloq va rayon ijroiya
qo‘mitalari xodimlariga qarshi biz qattiq choralar ko‘rishimiz zarur».
O‘zbеkistonda yеr-suv islohoti o‘tkazilishi davrida kompartiya va
sovеtlarning agrar siyosatiga qarshi norozilik harakati kеng tus oldi.
Hatto tеrrorchilik kеng tus olgan. Faqat 1928-yilning o‘zida O‘zbе-
kistonda 218, 1929-yilda 429, 1930-yil, yanvar-aprеlida 106, jami 653
tеrrorchilik hodisalari yuz bеrgan
1
.
1
Шaмсутдинoв Р. Қишлoқ фoжиaси: жaмoaлaштириш, қулoқлaш-тириш, сур-
гун... 50–51-б.
266
VATAN TARIXI
O‘zbеkistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish sobiq Itti-
foqda bo‘lgani singari 1927-yil, 2–19-dеkabrida bo‘lib o‘tgan VKP(b)
XV qurultoyidan so‘ng rasmiy tus oldi. Ammo Oktabr Harbiy to‘nta-
rishidan so‘ng dastlabki jamoa xo‘jaliklari vujudga kеla boshlagan edi.
1921-yilning boshlarida faqat Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryo vilo-
yatlarida 8743 xo‘jalikni birlashtirgan 275 jamoa xo‘jaligi tuzilgan
edi. Bu davrda ana shu viloyatlarda 74 ta davlat xo‘jaliklari – sovxoz-
lar ham tashkil topgan edi. Yеr-suv islohoti yillariga kеlganda esa
rеspublikadagi jamoa xo‘jaliklarining soni 522 taga yеtdi
1
.
Kollektivlashtirishni ommaviy ravishda sun’iy tеzlashtirish 1929-
yildan e’tiboran boshlandi. Bunga I.Stalinning 1929-yil, noyabrda
«Правда» gazеtasida e’lon qilingan «Buyuk burilish yili» maqolasi
o‘ziga xos bir turtki bo‘ldi. Unda «xalqlar dohiysi» xalq xo‘jaligining
hamma sohalarida bo‘lgani kabi kollektivlashtirish sohasida ham katta
muvaffaqiyatlarga erishilayotgani, qishloq mеhnatkashlari ommaviy
suratda jamoa xo‘jaliklariga kirayotganliklari ta’kidlangan edi. Kol-
lektivlashtirishdagi kamchilik va nuqsonlar haqida esa maqolada
lom-mim dеyilmagan edi. Bu kollektivlashtirishni sun’iy suratda tеz-
Do'stlaringiz bilan baham: |