Mashg`ulotning borishi:
Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz.
O`yinchoqlar qadim zamonlarda Hamri buvi tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar
bo`lgan. Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan
o`yinchoqlar xitoy zimmasiga to`g`ri keladi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak million
o`yinchoqlarni tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak ekanligini tasavvur eta
olasizmi?
Balki cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoli robotlar ishtirok
etadi deb o`ylashingiz mumkin. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar
qiladi. Ularning hammasi qo`l mehnatida bajariladi.
Tarbiyachi xonaga o`yinchoq solingan yuk mashinasini olib kiradi. (ayiqchalar, echki,
qo`g`irchoqlar, archalar solingan).
Qaranglar mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman ?
(bolalar javobi) To`g`ri, ayiqchalar, echkini va archalarni olib keldim. Siz bu
o`yinchoqlarni o`ynashni yaxshi ko`rasizmi? Bular nima? To`g`ri ayiqchalar/ bitta
ayiqcha qanday rangda (oq). Boshqa ayiqchaqanday raqngda? (qora) ayiqchalar
qanday qichqiradi (eeeee) Said oq ayiqcha qanday qichqiradi ko`rsat-chi? (Tarbiyachi
o`yinchoqni bolaning qo`liga beradi) qora ayiq qanday qichqiradi? Mana bular nima ?
(archalar). Qaranglarchi hamma archa bir hilmi? Mana bu archa baland, bular-chi
qanday? To`g`ri ular past. Keyin tarbiyachi ikki bolani chaqiradi va bittasiga stul
ustiga bakand archalarni, ikkinchisiga esa past archalarni qo`yishini buyuradi. So`ngra
tarbiyachi o`g`il va qiz qo`g`irchoqlarni oladi va “Qizning ismi E’tibor” deydi.
Qizning ismi nima ekan ? (umumiy va yakka-yakka javoblar).
Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday ma’raydi?
(mee). Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlar borligini so`raydi.
Kam faol bolalarni faollashtirish uchun ularga savolllar bilan murojaat qiladi. Doniyor
sen qaysi o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxsho ko`rasan? Lola sening o`yinchog`ing
qaysi? O`yinchoqlar nima uchun kerak? va H.K
140
Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi/ sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz,
men ona ayiq bolaman. Mana ayiqchaalr inlaridan chiqib sayr qilishga ketdilar. Ular
o`rmonda yuradilar va (eee) deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e”
tovushini talaffuz qiladilar). Tarbiyachi ayiqchalar sayr qilib bo`ldilar va inlariga ona-
ayiq oldiga keldilar deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha,
echki, E’tibor, Erkin bilan qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz.
Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi va hikoyani boshlandi. Kunlardan bir kun echki
o`rmonda sayr qilib yurgan edi. Oldidan ayiqcha chiqib, echkiga “eee” deb qichqiradi.
Echki qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib “me me me” deb qichqirdi. Echki qanday
qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar o`rmonda yurishgan ekan. Ular
echkini ovozini eshitib yugurib kelishdi va echkini ovutishdi. Hamma hursand bo`ldi.
kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? Kelinglar Erkin,
E’tibor so`zlarini qaytaramiz. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun
Savollar:
1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi ?
2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi ?
3. Past archani ko`rsating
4. Baland archani ko`rsating
5. Qo`g`irchoqlarning ismlari nima ekan?
6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi?
Bola bilimini aniqlovchi savollar bola javoblarini taxlil qilish va rag`batlantirish
141
Do'stlaringiz bilan baham: |