1.2. Turizm turkumi (kategoriyalari)
Turizm sohasi – ko‘pqirrali hodisa bo‘lib, u ko‘pgina shakllarda namoyon
bo‘ladi va ilmiy adabiyotlarda uning juda ko‘p ta’riflari uchraydi. Ammo turizm
konsepsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish
uchun iloji boricha qo‘yidagi savollarni albatta tahlil etish zarur:
Turizmni o‘rganish maqsadida – turizm fenomeni (hodisa) tahlili
birinchi galda bu fenomen nimalarni o‘z ichiga qamrab olganligini aniqlash talab
etiladi.
Statistika maqsadlari uchun – turizm fenomenini o‘lchash uchun uni juda
ham aniqlikda belgilash lozim.
Turizmni boshlang‘ich va nisbatan aniqroq belgilash Bern universiteti
professorlari Gunziker va Krapaf (Shvesariya) tomonidan amalga oshirildi va
keyinroq turizm ilmiy ekspertlari Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi.
Olimlar turizmni hodisa sifatida va sayohat chog‘ida vujudga keladigan o‘zaro
9
munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. Qaysikim, u hali doimiy bo‘lishga
olib kelgani yo‘q va biror-bir foyda olish bilan bog‘liq emas.
Vaqt o‘tishi bilan turizmning bu konsepsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda
ishbirlarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysikim, doimiy
bo‘lishga olib kelmaydi va kelgan mamlakatda daromad ko‘rishni xayoliga
keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi.
Ya’ni turizm «shaxslarni ularning odatdagi muhitidan tashqarida bo‘lgan chog‘i,
sayohatga chiqqan va joy (manzil)ga yetib kelgan, dam olish yoki ish yuzasidan
chetda bir yildan ortiq bo‘lmagan davrdagi faoliyatidir» (BTT).
Ular orasida turizmning besh xil ta’rifini konseptual aniqlanishi zarur:
turizm – odamlarning mo‘ljallangan turistik manzillar sari harakatlanishi
natijasi va u yerda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to‘xtashidir;
turizmning turli shakllari ikki bazaviy elementni o‘z ichiga oladi:
ko‘zlangan turistik manzilga sayohat (joyni almashtirish) va mazkur manzilda
to‘xtash, qaysikim, joylashish va ovqatlanish va boshqa ehtiyojlarni qondirishni
ko‘zda tutadi;
sayohat turistning doimiy yashash joyidan – mamlakatdan (hudud,
yashash joyi) chiqib ketishini bildiradi;
turistlarning turli turistik manzillar sari harakatlari vaqtinchalik
hisoblanadi. Ya’ni turistlar doimiy yashash joyiga bir necha kun, hafta yoki oydan
keyin qaytib keladilar;
odamlar turistik joylarga turli maqsadlarda tashrif buyuradilar, qaysikim,
doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko‘zda tutmaydi.
Turizm uning barcha shakllarida rivojlanishi mavjud mablag‘ resurslari va
individuallarning bir vaqtlariga bog‘liq faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash
zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo‘yicha sabablardan biri bu – sayr, tomosha
va kundalik tashvishlardan xoli bo‘lish hisoblanadi. Turizm sayohatchilarning
ko‘zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, qaysikim ham mamlakatda, ham undan
tashqarida bo‘lishadi. Ko‘pincha sayohatchilar soni mahalliy aholi soni bilan
taqqoslanadi, qaysikim ular tashrif buyuradi (hatto son jihatidan ulardan oshadi).
Turizmning barcha shakllari qaysidir sayohat turini o‘z ichiga oladi, lekin
sayohatning hamma turi ham turizm bo‘lavermaydi. BTT tavsiyalariga ko‘ra, turistlar
hammasi tashrif buyuruvchilar sifatida belgilanadi. Shu tarzda barcha sayohatchilar
tashrif buyuruvchilar (turistik statistikaga qo‘shiladi) ga va boshqa sayohatchilar
(turistik statistikaga qo‘shilmaydi) ga bo‘linadi.
Turizmning vaqtinchalik harakteri uni migratsiyadan farqlaydi. Migratsiya –
aholining harakati va yashash joyini o‘zgartirishidir. Turizm esa sayohatning qisqa
muddatligi va aholining ko‘zlangan manzilga mavsumiy va vaqtinchalik
harakatlanishi bo‘lib, ularni talablarini qondiradi.
Turizm ta’rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi
tasnif (klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi.
Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat
chegaralarini kesib o‘tishi hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif
(klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir aniq mintaqa, manzil uchun
ham qo‘llash mumkin.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |