O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turizmda  maxsus  tashkil  qilinadigan  kuzatuvlar



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Turizmda  maxsus  tashkil  qilinadigan  kuzatuvlar.  Turistik  oqimlar  va 
harajatlar  aniq  hisobi  turizm  statistikasi  bosh  usullari  -    chegaraga  va  joylashtirish 
vositalariga  kelganlarni  qayd  etish,  shuningdek  bank  usullari  –  maxsus  kuzatuvlar 
tashkil etish bilan birgalikda olib borilganda ortadi. Immigratsiya xizmati tomonidan 
taqdim  etiladigan  hisobot,  turistlarni  qabul  qilish  bo‘yicha  korxonalar,  banklar  va 
valyuta  almashtirish  punktlari  hisobotlari  asosiy  statistik  axborotlar  manbai  bo‘lib 
xizmat  qiladi.  Ammo  ommaviy-iqtisodiy  murakkab  hodisalar  singari  u  turizmning 
hamma tomonlarini qamrab olish imkoniyatiga ega emas.  
Shuning  uchun  ham  uning  bir  qism  ma’lumotlari  maxsus  statistik  kuzatuvlar 
yordamida  olinadi.  Ularning    axborotlari  kelib  tushishi  chog‘ida  ishlanadi.  So‘ngra 
tizimlashtiriladi,  hisobdorligi  to‘ldiriladi  va  turistik  faoliyatning  alohida  qirralarini 
sinchiklab o‘rganishga imkon beradi. 
Tekshiruv o‘tkazish kata tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan juda murakkab 
ish bo‘lib, u olinadigan ma’lumotlarning to‘liqligini, ularni ishnochligini, birxilligini, 
o‘z vaqtidaligi va taqqoslanganini ta’minlashi lozim. Ma’lumotlarni yig‘ish oldindan 
ishlab  chiqilgan  reja  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Rejada  kuzatuvning  metodologik, 
metodik va tashkiliy masalalari aks etadi. Unda maqsadi qo‘yiladi, ob’ekti va kuzatuv 
birligi ajratiladi, hamda tekshiruv dasturi tuziladi. 
Har  qanday  statistik  kuzatuvni  rejalashtirishda  eng  avvalo  uning  aniq 
maqsadlari  shakllantiriladi.  Xuddi  ana  shu  vazifalar  ruyxatini  aniqlashtiradi  va 
statistik  kuzatuvlar  jarayonida  olinadigan  ma’lumotlarni  aniqlaydi.  Turistik 
tekshiruvlarning  ko‘proq  tarqalgan  maqsadlari  alohida  mamlakatlar  bo‘yicha 
kelishlar  sonini  (chiqib  ketish  oqimi    uchun  chiqishlar)  belgilash  hisoblanadi.  Unda 
tashrif  buyuruvchilarning  jinsiy  tarkibi,  yoshi,  oilaviy  ahvoli,  fuqaroligi, 
ma’lumotlilik darajasi va boshqalar ifodalanadi.  
Turistik  tekshiruvlarda safarning o‘ziga  alohida  e’tibor  qaratiladi. Boriladigan 
joyi,  ko‘zlangan  masofa,  transport  turi,  bo‘lish  davomiyligi,  joylashtirish  tipi  va 
boshqalar ko‘zda tutiladi. 
Tashrif  buyuruvchilarni  tekshirishdan  maqsad  –  Aruba  oroliga  (Kichik  Antil 
orollari  arxipelagi,  Vest-Indiya)  uyushtiriladigan  sayohatlarni  muntazam  har  uch 
oyda bir marta ko‘zdan kechirishdan iborat. Ya’ni turistlar tarkibini aniqlash, orolga 
asosiy  turistik  oqimni  tashkil  qilayotgan  mamlakatlar,  tashrif  buyuruvchilar 
tomonidan  turistik  yo‘nalish  sifatida  Arubani  tanlanishi,  ularning  Arubada  bo‘lish 
chog‘ida harajatlari kattaligi, taklif qilingan turistik mahsulotlardan qoniqish darajasi 
kabilar  e’tiborga  olinadi.  Bu  axborotlar  marketing  strategiyasini  ishlab  chiqish  va 
amalga  oshirish,  taklif  qilinayotgan  turistik  mahsulotlarni  takomillashtirish  yoki 
yangilarini yaratish uchun zarurdir. 
Maqsadni tanlash bilan bir qatorda kuzatuv ob’ekti ajratiladi. Ya’ni olinadigan 
ma’lumotlar  mohiyati  o‘rganiladi.  Kuzatuv  ob’ektini  aniqlashda  o‘rganilayotgan 


                      
69 
statistik  ma’lumot  aniq  chegarasini  belgilash  talab  etiladi.  Bir  holatda  bu  ish 
maqsadlarida  safar  qilayotgan  shaxs,  boshqasida  shaxsiy  avtomobilda  sayohat 
qiluvchi,  uchinchisida  esa  faqat  Yevropadan  yoki  boshqa  biror  mamlakatlar 
(hududlar)dan kelayotgan turistlar bo‘lishi mumkin.   

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish