52
IV Bob. XALQARO TURIZM STATISTIKASI
4.1. Turistlar oqimi statistikasi
4.2. Turistik daromadlar
va harajatlar statistikasi
4.3. Turizmda
statistik hisoblar usullari
4.4. Xalqaro turizm statistikasini takomillashtirishga
qaratilgan asosiy yo‘nalishlar.
4.1. Turistik oqimlar statistikasi
Turistik oqimlarni hisobga olish statistikasiga XX asrning birinchi yarimida
asos solingan. 1929 yilda Avstriyaga 2 mln. ga yaqin, Shvesariga -1,5 mln., Italiyaga
– 1 mln. dan ziyod kishi tashrif buyurgan. Bir qator Yevropa mamlakatlarida erkin
turistik harakatning sayohat statistikasi yuritila boshlaydi. Biroq, ular hali mustaqil
ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash milliy xavfsizlik
manfaatlaridan kelib chiqib, soliq to‘lash qonunchiligi va migratsiya ustidan nazorat
qilish orqali amalga oshirilgan. Turistik maqsadlar orqali rejaga kiritilgan turistlar
boshqa sayohatchilar qatorida alohida toifa sifatida ajratilmagan.
Xalqaro turizm statistikasi taraqqiyoti yangi bosqichiga XX asrning 40 - yillari
oxiri, 50- yillar boshida qadam quyildi. Urushdan keyin Yevropa mamlkatlari juda
ko‘p xo‘jalik muammolariga duch keldilar: vayronagarchilik, boshqaruvning izdan
chiqqanligi, moliya va tovar ishlab chiqarish tizimining buzilishi shular
jumlasidandir. Vaziyatni barqarorlashtirish butun bir koordinatsiyalashgan kompleks
harakatlarni talab qilardi. Ana shunday sharoitda hukumatlar katta umid bilan xalqaro
turizmga e’tibor qildilar. Bunda to‘lov balansini faolllashtirish, moliyaviy
muvozanatga erishish, bu bilan uzoq muddatli iqtisodiy yuksalishga o‘tishni ko‘zda
tutilgandi.
1960-yillarga kelib g‘arb industrial mamlakatlari xukumatlari va xalqaro
tashkilotlar diqqati rivojlanayotgan mamlakatlar ahvoliga qaratiladi. BMT Bosh
Assamblyasi mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish (1960 y.)
to‘g‘risida Dekloratsiya qabul qildi. Joriy o‘n yillik «Rivojlanish («o‘n yilligi»)
dekadasi» deb e’lon qilindi. Uchinchi Dune mamlakatlari uchun konsultantlar
iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish dasturini ishlab chiqdilar. Ushbu dasturda esa
turizmga muhim o‘rin berildi.
Turizmning iqtisodiy ahamiyati va hajmi o‘sishi bilan turizm statistikasi ham
rivojlanib bordi. Asta-sekin oddiy hisob-kitob operatsiyalari murakkablashib, unga
turistik migratsiya tahlillari ham qo‘shildi. Hozirgi paytda turizm statistikasi katta
doiradagi savollarni qamrab olgan holda, mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shayotgan
hissasini baholash maqsadida yuritilmoqda. Xususan, uning to‘lov balansiga ta’siri,
turizmni moddiy – texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar va
tendensiyalarni aniqlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish va turistik mahsulotlarni
potensial iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
Sanab o‘tilgan statistik kuzatuvlarning har biri zamirida axborotlardan aniq
foydalanuvchilar mavjud. Bular – hukumat, milliy turistik ma’muriyatlar va turistik
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda turli xil xizmatlardir. Ish jarayonida mijoz
53
ularning hammasi turizm haqida eng yangi axborotlarga ehtiyoj sezishadi. Uning
mazmuni, hajmi, shakllari va taqdim etilishi davriyligi bilan qiziqishadilar.
Xalqaro turizm statistikasi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, turistik oqimlar
statistikasi va turistik daromadlar hamda harajatlar statistikasidan iborat. Ularning har
biri uchun BTT asosiy ko‘rsatkichlar ruyxatini ishlab chiqqan. Bular ixcham
axborotli va nisbatan oson o‘lchanadi. Turistik oqim ko‘rsatkichlarining eng muhimi
kelish (ketish) va mazkur mamlakatda bo‘lishning davomiyligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: