Safarni o‘zgartirish va bekor qilish. Agent bitimida e’lon qilingan va
sotilgan turlarni turoperator, shuningdek turagent (turist) tashabbusi bilan
o‘zgartirish va bekor qilish imkoniyatlari ham ko‘zda tutilgan. Bu holat uchun
choralarni javobgar tomon belgilaydi (bekor qilish muddati, bekor qilinganda
jarima, harajat va qaytarilmaydigan summa hajmlari va boshqalar).
Tomonlar javobgarligi. Xizmat ko‘rsatishga rioya etilishi, turist shikoyatini
ko‘rib chiqish va yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun tovon to‘lash, ularni
vujudga kelishi ehtimoli barcha holatlari va tuzatish uchun zarur choralarni qamrab
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |