O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


                      
222 
VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY 
KOMPANIYALAR 
 
 
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,  
                   faoliyati va shakllari. 
 
8.2. Mehmonxona xo‘jaligida TMKlar. 
 
8.3. Turistik TMKning milliy iqtisodiyotga ta’siri. 
 
8.4. Xalqaro turizmda globallashuv jarayonlari. 
 
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,   
faoliyati va shakllari 
 
BMT  hujjatlariga  muvofiq,  TMKlarga  yuridik  shakllari,  xo‘jalik  yuritish 
sohasidan  qat’iy  nazar  ikki  yoki  undan  ortiq  mamlakatlarda  filiallari  bo‘lgan, 
ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi. 
  
TMK  doimiy  ravishda  tovar  eksportidan  tortib,  xorijda  xizmatlarni  ishlab 
chiqishgacha  qonuniy  tarzda  o‘tib  o‘zining  chet  ellardagi  ishtirokini  kengaytirib 
boradi. TMK to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsilarini joylashtirish yo‘li bilan tashqi 
ekspansiyani  amalga  oshiradi.  Ular  shuningdek  ssuda  pullari  beradi  va  boshqaruv 
bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar. 
Birinchi  yo‘l  TMKga  ko‘proq  turg‘unlik  beradi.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qo‘yilmalar  TMKga  xorijiy  investor  qo‘lidagi  mablag‘ning  saqlanishi  ustidan 
nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis 
etadi  yoki  amaldagi  mavjud  xorijiy  firmadan  aksiyalarning  nazorat  paketini  sotib 
oladi.  Aksiyalarning  yarmidan  ko‘proq  qismi  (ulushlar),  uning  faoliyati  ustidan 
to‘liq nazorat qilishda hissa kam bo‘lsada filialga tegishli bo‘ladi.  
Juda  ko‘p  davlatlardan  korxonalarni  aksiyalashtirish  uchun  qo‘shimcha 
shartlar joriy etilgan. 51% aksiyalarga egalik qiluvchi faqat shu mamlakat fuqarosi 
yoki  huquqiy  shaxs  bo‘lishi  va  unda  ro‘yhatdan  o‘tgan  bo‘lishi  kerak.  Bunday 
tarzdagi cheklovlar ba’zan turizm sohasiga ham tarqatiladi. Lekin ommaviy axborot 
vositalari  yoki  harbiy  sanoat  kompleksiga  nisbatan  kamroq  bo‘ladi.  Bundan 
tashqari, TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali 
faoliyat  olib  boradi.  Ular  xorijda  ro‘yhatdan  o‘tkazilsalarda,  o‘z  balansiga  ega 
mustaqil  kompaniya  hisoblanadi,  to‘liq  (100%)  onalik  firmasi,  ya’ni  TMKga 
tegishli bo‘ladi. 
Kompaniya  xorijiy  firmalarga  qarzga  mablag‘lar  berib,  o‘zining  chet  eldagi 
ishtirokini  kengaytirishi  mumkin.  Bu  yo‘l  birinchisiga  qaraganda  kam  samarali, 
sub’ektlar  o‘rtasida  vujudga  keladigan  munosabatlar  esa  haqiqiy  TMK  haqida 
gapirishga  imkon  bermaydi.  Shunga  qaramay  kompaniya  ssuda  berishda  qarzni 
to‘lagungacha  ssuda  oluvchining  mulkini  ushlab  turishga  haqli  yoki  qarz  oluvchi 
bilan  unga  ssuda  foizidan  tashqari  qo‘shimcha  manfaat  ko‘rishi  yuzasidan 
shartnoma imzolaydi. 
Boshqaruv  bo‘yicha  investitsion  bitimlar  tuzish  firmalar  o‘rtasida  keng 
tarqalgan  tajriba,  bir  necha  ishlab  chiqarish  birliklaridan  iborat.  Bunday  holda  ona 
kompaniya  korxona  bo‘g‘inlarini  kontrakt  asosida  boshqaradi.  Korxona 


                      
223 
mustaqilligini  saqlaydi,  turli  egalar  bo‘lishi,  turli  manbalardan  moliyalashtirilishi 
mumkin. Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha 
investitsion  bitimlar  tizimi  uning  ishtirokchilariga  ishlab  chiqarish  ko‘lamidan 
tejash imkonini beradi. Ayniqsa marketing sohasida kuchlarni birlashtirish hisobiga 
mamlakat  va  xorijiy  adabiyotlarida  TMK  fanomenini  izlohlovchi  bir  necha 
nazariyalar  ma’lum.  Ularning  hammasi  xorijiy  investitsiyalashdan  maksimum 
daromad  olishni  bosh  maqsad  qilib  qo‘yadi.  Ulardan  biriga  ko‘ra,  kapital 
migratsiyasining  xalqaro  shartlari  bo‘lib  daromad  me’yori  va  foiz  stavkalari  farqi 
hisoblanadi.  Agar  hamma  milliy  iqtisodiyot  birday  mablag‘  oqib  kelishiga  ochiq 
bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin 
edi.  Kompaniyalarga  esa  investitsiyani  qayerga  kiritishning  farqi  qolmasdi, 
mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda 
esa har xil tarzdagi cheklovlar mavjud. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga 
to‘sqinlik  qiluvchi  katta  yoki  kichik  darajadagi  qaltisliklar  bor.  Ammo  qayerda 
mablag‘larni  erkin  quyulishiga  sharoit  bo‘lsa,  xorijiy  investitsiyalash  xuddi    ichki 
tartiblardagidek  kechadi.  Bu  shuni  bildiradiki,  mablag‘  importchi  mamlakatlarida 
foyda  olish  fondi  cheklangan  ekan,  kapitalning  xalqaro  harakati,  TMKni 
mamlakatda  tengsizligi  davom  etaveradi.  Mamlakatga  qancha  miqdorda  mablag‘ 
olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning 
daromadligi,  iqtisodiyotning  ochiqligi,    kattalik  va  taqsimlanishning  qaltisligi, 
qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. TMK fenomeniga ingliz iqtisodchisi 
J.Danningning  internatsional  ishlab  chiqarish  ekletik  nazariyasi  boshqacha  izoh 
beradi.  U  uch  elementdan  iborat  bo‘lgani  uchun  ekletik  deb  ataladi:  firmalarning 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish