209
boshqalar ham juda manzur bo‘layotir. Dunyoning hamma burchaklaridan tashrif
buyurayotgan turistlar kamdan –kam hollarda ularni sotib olmasdan ketishadi.
Tematik parklarni bozorga dosh berishi va ulgurishi shunindek uni tashkil
etishning har tomonlama xilma-xil loyihalari ishlab chiqilishi tufayli hamdir. Taklif
qilinadigan xizmatlarning soddaligi, turistlarni qoniqtirishi, marketing, menejerlik
izlanishlarning izchilligi, a’lo darajada xizmat ko‘rsatish, saranjom – sarishtalik,
malakali xodimlarga e’tibor – bularning hammasi mijozlarni ko‘proq jalb etishga
yordam bermoqda. U.Disneyning uning boshlovchilariga qarata aytgan quyidagi
so‘zlari ham buni tasdiqlaydi: Nima qo‘lingizdan kelsa, hammasini odamlarga bering,
ideal ozodlikni saqlang. Do‘stona munosabatda bo‘ling, bu joyni dunyodagi eng
quvnoq maskanga aylantiring.
Birinichi tematik parklarning mashhurligini ta’minlangan yangi yo‘nalish
(konsepsiya), ish shakllari va usullari keng yoyildi. Birinchi parklar boshlang‘ich
tarmoqlari ko‘proq yoki qisman darajada AQShni qamrab oldi.
Hozirgi paytda faqat AQShning o‘zida 600 dan ko‘proq tematik parklarni
sanash mumkin. AQShda «Mo‘’jizalar mamlakati» poytaxti Florida bo‘lib qoldi. Bu
shtatda na faqat Amerikadagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi tematik parklar
joylashgan: «Disney Uorld», «Yuniversal St’yudios» shular jumlasidandir. Ular bir
necha marta jahon turistik biznesi sohasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha nufuzli
mukofatlarga sazovar bo‘lishgan.
Amerika tematik parklari dunyoda eng mashhurlari hisoblaanadi. Har yil 90
mln. dan ziyod tashrif qayd etilgan. Kanzas – Sitidagi (Missuri shtati) «Uorlds ov
Fan» tematik parki Amerikaning barcha 50 shtati va dunyoning 65 davlatidan
mehmonlarni qabul qiladi, «Uorld Disney» parkida esa har qanday xorijiy tildagi
so‘zlarni eshitish mumkin. Yevropada ham eng yaqin hisob-kitoblarga ko‘ra, bir
necha o‘nlab yirik tematik parklar qurilgan. Ko‘p sonli akvo parklar bu hisobga
kirmaydi. Ulardan ko‘proq mashhurlari yiliga 2 mln.dan 10 mln. gacha tashrif
buyuruvchilarni qabul qiladi. Bu avvalo o‘sha eslatilgan «Yevro Disneylend», u
o‘zining amerikalik birodarlari singari U Disney konserni tomonidan qurilgan va
«Yevro Disneylend» kompaniyasi boshqaruviga berilgan.
Navbatdagi tematik parkni joylashtirish uchun Yevropaning tanlanishi bejiz
emas. Potensial mijozlar bozori juda keng -350 mln. kishi AQSH aholisidan salkam
1,2 marta ko‘p. Qisqa sayohatlarga talab kattaligi, hududga keluvchi sayyohlar
ko‘pligi, yevropaliklar o‘rtasida tematik parklarning mashhurligi – bularning
hammasi ko‘hna qit’ada sayr – tomosha biznesiga katta ufqlar ochadi.
Yevropa «Disneylend»ini joylashtirishga
Fransiyadan tashqari,
Ispaniya va
Do'stlaringiz bilan baham: