135
Qurilish modernizatsiya va rekonstruksiya – bir oyga, bir yilga emas, uzoq
jarayonlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun sayohat kemalarini qisqa muddatli taklifi
g‘oyat noelastik. Ayrim egiluvchanlikka u transport vositalarini fraktovka qilish
orqali erishishi mumkin. Kema sayohati kompaniyalari odatda kemani kema
kompaniyalaridan ijaraga oladi, ular boshqa aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatayotgan
bo‘ladi. Bitta kema dengiz orqali tashish talabiga qarab, turli yo‘nalishlarda ishlaydi.
Kemachilikni bunday tashkil etish «trampovoy» (ingliz - tram - daydi) deb ataladi.
Fraxt kema egasiga ham, fraktovat qilgan kompaniyaga ham qulay.
Qo‘shimcha transport vositasini ijaraga olish tufayli kema sayohati fraktoval
kompanisi talabni o‘zgarishini tez sezish va o‘z takliflarini kengaytirishi mumkin.
Kema egalari ham kemachilikning trampik rivojlanishidan manfaatdor. Negaki bo‘sh
turgan transport vositasi moddiy zarar keltiradi, Fraxto kompaniya kemasi to‘liq
yuklanish bilan ishlashi va mazkur holatda frakt ko‘rinishida daromad keltirishini
istaydi.
Natijada kema sayohati kemalari sig‘imidan foydalanish koeffitsenti yiliga
o‘rtacha 80 % dan oshadi. Kema sayohati kompaniyalari boshqa har qanday firma
singari daromadni maksimallashtirish tamoiliga amal qiladilar. Uni amalga
oshirishning eng zarur sharti ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish hisoblanadi.
Qat’iy tejash siyosati kompaniyaning barcha ish yo‘nalishlariga va uning hamma
harajatlari statiyasiga tarqaladi. U kemalar sig‘imini ko‘paytiradi va shu tariqa
yo‘lovchi kilometr tannarxini pasaytiradi. Yo‘lovchi o‘rinlarini saqlashni
arzonlashtiradi, harakatdagi sostavni yangilaydi. Kemalarning nisbatan tejamliroq
modellarini tanlaydi, mehnat va moddiy resurslardan foydalanishda harajatlarni
kamaytiradi.
Chiqimlarni kamaytirishning eng muhim yo‘llaridan biri bu yoqilg‘i sarfini
tejashdir. Yoqilg‘i omili 1950 yillardan keyin kema sayohatini tashkil qilish tizimida
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Negaki teploxodni saqlash qiymati yurgan soatida
turganidagidan yuqori, to‘xtab o‘tishlar davomiyligi ko‘paytirildi va bir vaqtning
o‘zida suzish marshruti qisqartirildi. Bunday o‘zgartirishlar turistlar talabiga ham,
kema sayohati kompaniyalari iqtisodiy mamlakatlariga ham javob beradi.
Qat’iy tejam rejimi shunday harajatlarning ekipaj a’zolari mehnatiga haq
to‘lash kabi statiyalariga ham joriy qilingan. Bu yerda muammo shundan iboratki,
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish har bir kema sayohati kompaniyasining asosiy
vazifasidir. Unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning sonini (bugun 2-3 yo‘lovchiga 1
kishi) ko‘paytirish va ularni malakasini oshirish orqali erishiladi. Kema sayohati
kompaniyalari murakkab bo‘linish qarshisida qoldilar. Bir tomondan bozor mehnat
harajatlarini kamaytirishni, boshqa tomondan taqdim etiladigan xizmatlar sifatini
oshirishni talab qilardi. Vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirar ekan, kompaniya
qimmat bo‘lmagan mamlakatlar Gresiya yoki Filippindan arzon kemalar yollay
boshladi, bortga mehnatni tajaydigan uskunalar o‘rnatish, ovqatlanish ishlab
chiqarish texnologik sikli oxirida kambuzlar (yarim fabrikatlar tayyorlash)ni cheklash
yo‘li bilan mehnatni kapitalga almashtiradi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar majmuasi kema
sayohati kompaniyalarining raqobatbardoshligini kuchaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: