O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/83
Sana18.09.2021
Hajmi1,68 Mb.
#178127
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
1matematikaoqitishmetodikasipdf

 
Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy 
ko‘rsatmalar va tavsiyalar. 
a) malabalarning bo‘lajak o‘qituvchilarga xos kasbiy sifatlarini egallashi; 
b) matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni, zamonaviy 
ta’lim  texnologiyalarni  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisining  amaliy  faoliyati  bilan  bog‘lash  va 
mustahkamlash. 
v)  matematika  o‘qitishda  amaliy  faoliyat  bilan    bevosita  aloqa  bog‘lash,  o‘qituvchi  kasbiga 
muhabbat va hurmatni, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari uchun zarur bo‘lgan kasbiy 
bilim ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish. 
g)    matematika  o‘qitish  jarayonida  o‘quvchilarni  ijodiy  shaxs  sifatida  rivojlantirish 
metodikalarini egallash. 


59 
 
d)  pedagogik  amaliyot  davrida  maktabdagi  ta’lim-tarbiya  axvoli,  o‘qituvchilarning  ilg‘or 
tajribalari  bilan  tanishish,  o‘quvchilarga  ta’lim-tarbiya  berish  masalalarida  sinf  o‘qituvchilarga  
yordam berishi; 
e) o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish, ularning yosh xususiyatlarini o‘rganish; 
j)  pedagogik  faoliyatga nisbatan  ijodiy, tadqiqiy  yondashuvlarni  ishlab chiqish, o‘zining va 
boshhalarning    faoliyati  natijalarini  tahlil  qilish,  mavjud  bilimlarni  boyitib  borish  zaruriyatini 
shakllantirish. 
z)  Matematika  darslarini  metodik  tahlilini  amalga  oshirish  shartlarini  o‘rganishda  fan 
mazmuniga bog‘liq integratsiyalashgan ta’limni o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini hisobga olishi. 
Pedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikki bosqichda o‘tkazilishi 
kerak. 
Birinchi  bosqichda.  O‘qituvchi  amalda  o‘zi  tuzgan  rejani  bajara  olgan  olmaganligiga  baho 
beradi.  Buning  uchun  u  dars  maqsadini  shakllantiradi  va  shu  maqsadga  erishi  uchun  (qullanilgan 
pedagogik  texnologiya  va  AKTni,  interfaol  metodlarni)amalga  oshirgan  faoliyatidagi  mantqni 
asoslaydi, rejalashtirilgan harakatlar mantig‘ini aniq o‘tkazilgan dars mantig‘i bilan solishtiradi. 
Buning uchun quyidagi masalalarga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir: 
-darsdagi qaysi lahza o‘qituvchi uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi; 
- u darsni rejalashtirganda nimani hisobga olmagan; 
-o‘quvchilarni qaysi savollariga javob bera olmadi; 
-rejalashtirilgan xarakatlardan voz kechishga to‘g‘ri keldimi va nima uchun; 
-o‘zining nutqidagi xatolarni kamchiliklarni noto‘g‘ri shakllantirilgan savollarni sezdimi; 
-o‘qituvchi  darsda  qo‘yilgan  maqsadga  erishdi  deb  hisoblaydimi,  bunday  reyting  bahoning 
mezoni  nima  bo‘lib  hisoblanadi  (o‘quvchilarning  faol  ishlashi,  ularning  darsga  bo‘lgan  qiziqishi, 
mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishi va boshhalar) 
Ikkinchi  bosqichda.  Bu  masalar  xamkasabalar  tomonidan  muhokama  (metodistlar,  talabalar, 
o‘qituvchilar..) qilinadi. 
Bu muhokamaning rejasini quiydagicha tasavvur qilish mumkin: 
1.Dars  mantig‘i  uning  maqsadiga  mos  keladimi  (bu  masalani  muxokama  qilishda  nafaqat 
o‘tkazilgan dars, balki uning rejasi asosida yotgan mantiqqa hamt to‘xtalib o‘tish kerak). 
2. O‘qituvchi darsda qanday ta’lim vazifalaridan (mashq, qisman ishlanish, ijodiy) foydalandiq  
Ulardan qaysilari ijobiy baxolanishi mumkinq Negaq 
3.  O‘qituvchi  tanlagan  pedagogik  texnologiya  va  axborot  kommunikasion  texnologiyalar  
ta’lim vazifalari va  dars maqsadiga mos keladimi? 
4.  O‘qituvchi  tavsiya  qilgan  to‘shiriqlar  qanday  vazifalarni  bajardi  (ta’limiy,  tarbiyaviy, 
rivrojlantiruvchi)q Qaysilari ijobiy baholanishi mumkin. 
5.O‘qituvchi  matematik  terminologiyadan  to‘g‘ri  foydalandimi,  o‘quvchilarga  savol  va 
to‘shiriqlar tavsiya qildimiq 
6.O‘qituvchi  foydalangan  qaysi  metodik  usullar  ijobiy  baxolanishi  mumkinq  Alohida 
to‘shiriqlar bajarishda, yangi mvazuni o‘rganishda, mustahkamlashda, tekshirishdaq 
7.O‘quvchilar  faoliyatini  tashkil  etishda  o‘qiuvchi  qo‘llagan  qaysi  shakllar  (yakka,  yal’i  va 
guruh) ijobiy baholanishi mumkinq 
8.O‘qituvchi  o‘quvchilar  bilan  aloqa  o‘rnata  oldimi,  ularning  harakatlarini  muvaffaqiyatli 
to‘g‘irlay oldimi, shu nuqtai nazardan dasning qaysi momentlari ijobiy baholanishi mumkinq 
Pedagogik amaliot  davomida  talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish,  fan mazmunini tahlil 
qilish, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish mavjud shar-sharoitlarga qarab belgilanadi. 
 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish