Bilimlarni nazorat qilish turlari
Bilimlarni nazorat qilishning quyidagi turlari mavjud:
37
1) Joriy ( kundalik) nazorat.
2) Oraliq ( tematik) nazorat .
3) Yakuniy ( davriy ) nazorat.
Joriy nazorat qilishda bilimlarni har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik va dastur bo‘yicha
olib boriladi. Har bir darsda o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini aniqlaydi va har bir darsda
daftardagi uy vazifasini, o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganini tekshiradi va baholaydi.
Joriy nazoratning asosiy metodi uy vazifasini tekshirish va ular bilan savol-javob o‘tkazishdir.
O‘qituvchi darsda nimani va kimdan so‘rashligini rejalashtirib kelishi zarur. O‘qituvchi har bir
darsda ilgari o‘tilgan materialdan foydalanadi, chunki har bir yangi tushuncha ilgari o‘rganilgan
bilimlar asosida tushuntiriladi. Joriy nazorat o‘tilgan materialni qayta eslashga imkon beradi, yangi
material bilan ilgari o‘rganilgan material o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni vujudga keltiradi.
O‘qituvchi har bir darsni rejalashtirayotganda joriy nazoratning quyidagi uch xil ko‘rinishini
e’tiborga olishi kerak:
a) o‘tgan darsning materialini so‘rash ;
b) ilgari o‘tilgan bo‘lib, hozir o‘tiladigan darsga bevosita bog‘liq bo‘lgan materialni so‘rash;
v) darsda tushuntirilgan materialni mustahkamlash maqsadida so‘rash. O‘qituvchi darsga
tayyorlanganda har uchchala tur nazorat uchun ham savollar majmuasini tuzib kelishi zarur.
2) Oraliq (tematik nazorat).
O‘quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o‘tib bo‘lgandan keyin, yoki
darslikdagi biror bob tugagandan keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi. Oraliq nazorat uchun maxsus
uquv, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi o‘tkaziladi, u o‘qituvchining ish rejasida
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Har bir bobda o‘zlashtirilgan tushunchalar keyingi o‘quv ishini muvaffaqiyatli olib borish uchun
zarurdir. Shu sababdan oraliq nazorat darsini o‘tkazishga oldingi bobdagi asosiy tushunchalarni
takrorlash, kamchiliklarni to‘g‘rilash zarurati tug‘iladi.
So‘rash rejasiga o‘qituvchi savollar majmuasini tuzadi, misol, masalalarni yechishni
aniqlaydi. Natijada oldingi o‘tilgan o‘quv materialining qaysi savollarini yaxshi, qaysi savollarini
yomon o‘zlashtirilganligi aniqlanadi. Yomon o‘zlashtirilgan savollarga aniqlik kiritiladi, qayta
takrorlanadi. O‘quvchilar bilimiga yarasha baholanadi.
Masalan, 2-sinfda «20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish» bobidan keyin oraliq nazorat
o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat
Bu nazorat chorak, yarim yil, yil oxirilarida o‘tkazilib, unga ham maxsus «O‘quvchilar bilim,
malaka va ko‘nikmalarini tekshirish» darsi ajratiladi. Shu vaqt davomida olgan bilimlar yuzasidan
savollar tuziladi, yozma ish o‘tkaziladi va baholanadi.
Yakuniy nazoratda olgan ballarini to‘plash va uni baholashda o‘qituvchi maxsus daftarida
quyidagicha qaydnoma yuritsa yaxshi bo‘ladi.
Ismi va familiyasiuy vazifasi Doskadagi javobi Partadagi javobi daftar ahvoli Mustaqil
ishumumiy baho
1.
Alimov U 455555
2.
Akbarov K 333323
Baholash va baho me’yorlari
O‘quvchilarning bilimi va malakalaridagi asosiy kamchiliklarining hisobga olib borilishi
o‘qituvchiga o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bilishga va o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklarini
aniqlashga katta yordam beradi. O‘quvchilar bilimi, malakasi, ko‘nikmasini tekshirish har doim
baholash bilan olib boriladi.
O‘qituvchi qo‘ygan baho o‘quvchilar o‘z-o‘ziga beradigan baho bilan bir xil bo‘lgandagina
eng ko‘p samara beradi. O‘quvchilarning bilimini tizimli baholash, ularning yutuq va
kamchiliklarini xarakterlash o‘qituvchiga sinfdagi mavjud o‘zlashtirish vaziyatini aniqlashga olib
keladi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini xarakterlash uchun baho ham zarurdir. Chunki, o‘quvchi
qancha ko‘p baholansa, shunchalik ko‘p tayyorlanishga, uy vazifasini bajarishga intiladi, doimo
dars uchun sergak bo‘lib turadi.
Hozirgi paytda baho normalari 100 ballik bo‘lib, uni 5 ballikka aylantirish orqali amalga
oshirilmoqda.
38
«2» baho «55» ballgacha.
«3» baho «55-70» ball.
«4» baho «71-85» ball.
«5» baho «86-100» ballar orasida qo‘yiladi.
Nazorat savollari:
1.O‘qitish vositalari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning asosiy vazifalari nimalardan
iborat?
2.Darsliklar bilan ishlash qanday yo‘nalishlarda olib boriladi?
3.Ko‘rsatmalilikdan foydalanishning ahamiyati va maqsadlari nimalardan iborat?
OZ KOMPLEKТLI MAKТABDA MAТEMAТIKADAN BOShLANG‘ICh ТA’LIMNI
ТAShKIL EТISHNING XUSUSIYAТLARI
1. Oz komplektli maktablar haqida
Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi
yashaydigan punktlar mavjud bo‘lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam
bo‘lgan 7 yoshli bolalar bo‘lganda oz komplektli maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, unda
bir o‘qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o‘quvchi
bo‘lishi mumkin. Bir o‘qituvchi hamma (I–IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir
komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o‘qituvchi, uchta (ba’zan to‘rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab
deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu
variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda
birinchi sinf bilan uchinchi sinf o‘qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir
komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi.
Oz komplektli maktablarda ishlash o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va
to‘siqlar bilan bog‘liq:
1. O‘qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o‘tishi
kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo‘yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan
ishlashdagiga qaraganda ko‘p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta
reja ustida ishlash qiyingina bo‘lmay, balki bularni o‘zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab
qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan
ham qiyindir. Bularning hammasi o‘qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal
darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi.
2. O‘quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.
3. O‘qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug‘ullanishga, darsning
qolgan vaqtida o‘quvchilar mustaqil ishlashiga to‘g‘ri keladi.
4. O‘quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o‘qituvchidan yordam olish niyatidan
mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o‘qituvchi boshqa sinf bilan band bo‘ladi.
5. Bir sinf o‘quvchilari, ayni vaqtda o‘qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf
o‘quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.
Shunga qaramay oz komplektli maktab o‘quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud.
1.Sinf o‘quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2–3 ta o‘quvchi). Bu o‘qituvchiga tez-tez so‘rab
turish, o‘quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2.. Oz komplektli maktablarda o‘quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar
orqali o‘quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.
3.Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko‘ra o‘quvchi darsning taxminan 1/3 qismida
mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Buning o‘quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati
ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
4. Yuqori sinf o‘quvchilari quyi sinf o‘quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har
kuni bir sinf xonasida birga bo‘lishadi.
Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o‘quv topshiriqlarining mufassal ishlanmalarini eslatmalar
yordamida beradi.
39
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o‘qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab
tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi. Masalan,
“Sen ham shunday qil” o‘yini.
Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz o‘quvchilarning
materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon
yaratadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Oz komplektli qishloq maktabida o‘quv ishini tashkil etishning xususiyatlari nimalardan
iborat?
2. Oz komplektli maktabda dars o‘tishning taxminiy sxemasini tuzing.
3.Mustaqil ishni yo‘lga qo‘yish xususiyatlarini nimalardan iborat.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20.
Do'stlaringiz bilan baham: |