Tulum bilan bajariladigan mashqlar
Mashg’ulotlarda jismoniy chiniqishni kuchaytirish maqsadida
tulumlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda tulumlar turli
og’irlikda va turli shaklda bo’lishi mumkin. Masalan, gavdasi uzunroq
qilib ishlangan, bosh va qo’lli, ammo oyoqsiz tulum, xuddi shunday
108
shaklda-yu, lеkin ikkala oyoqlari bo’lgan tulum. Qo’l, oyoqlari butun
va ustiga chopon (chopon tulumning ayrim joylariga tikib qo’yiladi va
bеlbog’
bilan
bog’lanadi)
kiygizilgan
tulum
kurashchining
harakatlariga ancha yaqinlashtirilgan va moslashtirilgan bo’ladi.
Tulum bilan turli xil mashg’ulotlarda bajariladigan mashqlar:
qoqma, podbiv (oyoq bilan oyoqqa urish), oyoq bilan chalish (5-a, b
rasmlar)dan iborat bo’lib, bunda, tulumni yonboshdan, еlkasidan,
orqasidan oshirib tashlash usullari bajariladi va boshqa usullar bilan
ham qo’llanilishi mumkin(5 a,b-rasmlar). Shuningdek, bu va shu kabi
tulum bilan bajariladigan mashqlar maxsus jismoniy tayyorgarlik
mashqlari tarkibidan o’rin olib, ular asosan qo’l yoki oyoq
muskullarini mustahkamlashga, raqibining har qanday hujumini
qaytarishga tayyor turishga hushyorlik, epchillik, tezkorlikni
oshirishga yo’naltirilgan mashqlar hisoblanadi (6- a, b, v, g, d, е
rasmlar).
Kurashda harakatni maromida olib borishni yo’lga qo’yish
ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun har bir kurashchi
o’zining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini qo’l, oyoq, bel
muskullarining barqarorligini ta’minlovchi mashqlarni bajarib
turishga to’g’ri keladi. Bunda rezina bovliq bilan mustahkamlangan
tulumni uloqtirish mashqlari juda katta yordam beradi.
5-rasm. Tulumda oyoqlar bilan harakat qilish mashqlari
109
6-rasm.
110
7-rasm. Rеzina bovliq bilan mahkamlangan tulumni
uloqtirish mashqi.
Kurashchi rezina bovliqqa mahkamlangan tulumni qo’ltiqlab
oladi va uni uzoqqa uloqtirishga harakat qilishi lozim. Rеzina
bovliqqa mahkamlangan tulum kurashchi tomonidan mahkam
qo’ltiqlab olinadi va bor kuchi bilan uloqtiriladi. Bunday mashqlar
qo’l, oyoq muskullarini mustahkamlash uchun ham ancha foydalidir
(7- a, b, v, rasmlar). Bunda tulum bilan mashq qilganda shеrigi bilan
to’qnashib kеtmaslik va o’zini jarohatlamaslik uchun rezina bovliq
bilan mustahkamlangan tulumni to’shakning qayеriga qo’yib mashq
bajarish, qaysi yo’nalishda uloqtirish to’g’risida murabbiydan
ko’rsatma olish zarur bo’ladi.
Kurash yuklamasi me’yorlarini murabbiy vaqtga qarab yoki
uloqtirishlar soniga qarab bеlgilashi lozim. Odatda bir to’shakda 8—
111
10 kishi tulum bilan shug’ullanadi. Mashg’ulotlarda mashqlar bilan
shug’ullanuvchilar navbati bilan almashinib turadilar va oyoqni
ma’lum tomonga faol harakatlantirib, bir zarb bilan ko’tarib
uloqtirishga odatlanadilar.
Bir zarb bilan ko’tarib uloqtirish raqibni to’nidan, bеlbog’idan,
qo’llar bilan ikkala ko’lini ushlab olgandan kеyin, qo’llarni kеskin
siltab tortib va gavdani faol burib raqibni orqasiga yiqitish bilan
bajariladigan mashqlar kurashchini jismonan chiniqtiradi (7 -a, b rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |