Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari yuzasidan
Buxoro davlat universitetining 2017-2018; 2018-2019 o’quv yillarida o’tkazilgan
an’anaviy ilmiy-nazariy anjumanida ma’ruza qilingan. Dissertant tadqiqotda
keltirilgan dalil va raqamlardan foydalanib, maktab hamda universitetda seminar
mashg’ulotlari o’tgan. Shuningdek, dissertatsiya mavzusi bo’yicha 2 ta ilmiy ish,
shu jumladan, 1 ta maqola va 1 ta tezis chop etilgan. Dissertatsiya Buxoro davlat
universiteti Jahon tarixi kafedrasida bajarilgan va O’rta asrlar tarixi fanidan o’quv
yili dasturi va majmuasini tayyorlashda undagi materiallardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |