11
Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekiston
Respublikasi mustaqilligi yillarida o’tmishda o’tgan tarixiy shaxslar nomini tiklash,
o’zbek milliy davlatchilik tarixiy bosqichlarini xolisona va obyektiv o’rganish
borasida jahonshumul ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi.Ayniqsa, O’rta
Osiyo, Afg’oniston va Hindiston tarixida muhim iz qoldirgan Zahiriddin
Muhammad Bobur (1483-1530) va boburiylar sulolasi hukmronligi davri tarixi
yuzlab tadqiqotlarga asos bo’ldi va bu yo’nalishda ilmiy izlanishlar hamon davom
etmoqda.Ushbu jihatlarni o’rganishda davom etish ma’naviy barkamollik asosi
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov:
“Ma’naviyatini tiklash tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay,
boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta, tarixiy xotira kerak”
1
– deb,
ta’kidlagan edi.
Boburiylar tarixi, “Boburnoma” kabi bebaho ma’naviy asar hamon xorij
olimlari diqqatini o’ziga tortib turganligiga e’tiborni qaratar ekan I.A.Karimov,
yapon olimi Koto Bobur asarlarini yapon tiliga tarjima qilib, “Do’stlik” ordeni bilan
mukofotlangani,Qohira universiteti (Misr)professori, turkolog Magida Maxluf
xonim “Boburnoma”ni arab tiliga tarjima qilganligiga alohida urg’u berib o’tgandi.
2
Qolaversa, Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan Andijon shahrida
1991 yildan buyon “Bobur izidan” xalqaro ilmiy ekspeditsiya va jamg’arma faoliyat
ko’rsatib, ushbu ekspeditsiyani tabiatshunos olim,professor Zokirjon Mashrabov
boshqarib kelmoqda. Ushbu ekspeditsiyaning sa’y-harakatlari tufayli Zahiriddin
Muhammad Bobur va Boburiylar saltanati tarixiga oid boy ma’lumotlar to’plandi,
shuningdek, ilmiy jamg’armaning bibarxivi tashkil etildi.
Boburiylar diplomatsiyasida tolerantlik (bag’rikenglik), diniy tafovutlardan
inson omilini ustun qo’yish, imkon qadar ziddiyatlarni tinchlik yo’li bilan hal etish,
ajdodlar an’ana va qadriyatlariga sodiqlik, davlat yuksalishiga xizmat qilish
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: Sharq; 1998. –B. 8.
2
Karimov I.A. “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi / Samarqand, 2014 yil, 14 may // Xalq so’zi,
2014 yil. 15 may.
12
tendensiyalari yetakchilik qilgan. Ular tashqi siyosati tizimli asosda yuritilganligiga
guvoh bo’lamiz.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgan dastlabki kunlardan boshlab puxta o’ylangan tashqi siyosatni amalga
oshirib kelmoqda.Uning zamirida o’zbek xalqining ko’p asrlik tarixi va madaniyati,
an’ana va qadriyatlari, ezgu orzu-intilish va manfaatlari mujassamdir”
3
- deb fikr
bildirganlarida temuriy va boburiy hukmdorlarning davlatchilik siyosatini ham
nazarda tutganliklari o’z-o’zidan ayon. Maskurmagistrlik dissertatsiyasining
dolzarbligi va o’rganilishi zarurati yuqoridagi asoslardan kelib chiqadi. Shuningdek,
Boburiy hukmdorlarning XVI-XVIII asrlardagi diplomatiyasi yaxlit ilmiy tadqiqot
sifatida istiqlol mafkurasi talablari asosida o’rganilmagani ham biz tanlagan mavzu
dolzarbligidan dalolat berib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: