O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


O‘QIÒUVCHINING KASBIY SHAKLLANISH JARAYONI



Download 465,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/64
Sana18.09.2021
Hajmi465,45 Kb.
#177424
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
pedagogika. TORAYEVA

O‘QIÒUVCHINING KASBIY SHAKLLANISH JARAYONI

O‘qituvchining kasbiy shakllanishi kollejda ta’lim olish

jarayonidan boshlanadi. Kollejning o‘quv reja va fanlar bo‘yicha

dasturlarida bo‘lajak o‘qituvchilarga shu kasbning sir-u asrorlarini

o‘rgatish, nazariy bilimlar berish va ko‘nikmalar hosil qilish

nazarda tutiladi.

Òa’lim jarayonida fanlar bo‘yicha amalga oshiriladigan semi-

nar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari nazariy bilimlarni

mustahkamlashgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida

qo‘llashga ham imkon beradi. Bunday mashg‘ulotlar tanlangan

kasb to‘g‘ri ekaniga ishonch hissini uyg‘otadi.

Ko‘pgina talabalar I kursdan boshlab pedagogika va psixolo-

giya fani bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etiladi. Ilmiy jamiyat

a’zolari bo‘lishadi, shu jamiyat orqali seminar va konfe-

rensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashadilar, shuningdek, kasbiy

yo‘nalishga ega bo‘lgan jamoa ishlarida ishtirok etadilar. Talabalar

bilan olib boriladigan bunday tadbirlarning muhim ahamiyati

shundan iboratki, bu tadbirlar topshirilgan ishga jiddiy yonda-

shish hissini tarbiyalaydi.

Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy shakllanib borishida I kurs-

dan boshlab o‘tkaziladigan uzluksiz pedagogik amaliyot alohida

ahamiyatga ega. Bu amalyot 1, 2- kurslarda amalga oshiriladi.

Uning asosiy maqsadi o‘qishning birinchi yilidan boshlaboq,



33

talabalarni maktabga o‘rgatish, o‘qituvchilik kasbidan xabardor

qilib borishdir, qolaversa, uzluksiz amaliyot kasb tanlashga

yo‘llash vazifasini ham o‘taydi. Bunday amaliyotlar birinchi

kursning o‘zidayoq: tanlagan kasbim to‘g‘rimi? Shu kasbni

egallashga menda imkoniyat va xohish bor edimi, degan savollarga

javob qaytarish imkoniyatini beradi. Bunday amaliyot davomida

talabalar maktab va sinf jihozi, sinf o‘qituvchisining ish tartibi,

plan-konspekti, o‘quvchilar tarkibi, ularning uy sharoitlari,

darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi kabilar bilan

tanishadilar. O‘qituvchining darslarini kuzatadilar, sinfdan va

maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda o‘qituvchiga yordam

beradilar, maktabda kuni uzaytirilgan guruhlari bo‘lsa, shu

guruh tarbiyachilari ishi bilan tanishib boradilar. Ota-onalar

majlislarini tayyorlashda va o‘tkazishda o‘qituvchiga yordam

berishadi. Xulosa qilib aytganda, uzluksiz pedagogik amaliyot

talabalarni o‘quv-pedagogik amaliyotga tayyorlab boradi.

O‘qituvchining kasbiy shakllanish jarayonida maktab rahba-

riyati va jamoatchiligi katta rol o‘ynaydi. Yosh o‘qituvchilarga

tajribali o‘qituvchilarni biriktirib qo‘yish, ularning darslarini

kuzatish, metod birlashma ishlariga jalb etish maktab rahba-

riyatining vazifasidir. Maktabda o‘qituvchining o‘z ustida

ishlashiga, ilmiy-nazariy va metodik bilimlarini tinmay oshirib

borishiga katta ahamiyat beriladi. O‘qituvchi asta-sekin o‘z

kasbini o‘zlashtirib borish bilan birga, ota-onalar o‘rtasida

pedagogik bilimlarni targ‘ib etadi.

O‘qituvchilik kasbiga kirish va pedagogik mahoratni egallash

jarayoni uni maktab o‘qituvchilari jamoasiga kiritib, unda o‘z

o‘rnini topib keta olishiga bog‘liq. Jamoaning yordamidan yuz

o‘girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, o‘z

xatolarini ko‘ra bilish va uni yo‘qotish uchun harakat qilish

uning o‘qituvchi bo‘lib shakllanishidan darak beradi.

Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z ustida

tinmay ishlashga harakat qilish kasbiy fazilatlarning ajralmas

qismi hisoblanadi.

„O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’limi muassasalari

pedagog kadrlarning attestatsiyasi to‘g‘risida“ Nizom ishlab

chiqildi va bu Nizom 1993-yil 12-avgustda Vazirlar Mahka-

masining qarori bilan tasdiqlandi. Attestatsiya o‘qituvchilar va

boshqa pedagog xodimlarga mehnatlarining pirovard natijasiga

3 — Pedagogika



34

ko‘ra ish haqi olish imkonini, agar pedagog ta’lim va tarbiya

jarayonida yaxshi ishlasa, uning mehnati e’tibordan chetda

qolmasligiga kafolat beradi.




Download 465,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish