12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi
holatlar
Reja:
1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq
2.
Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
3.
Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi
o‘rtasidagi farq
1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va
aksiyadorlik kapitali qiymati balans (bahosi) qiymati (book value) deb ataladi.
Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks
ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy
aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasi aksiyalarining 20x1
yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo
xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so‘mga teng
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korporatsiyasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga
tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat
kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu erda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya- larning
bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va
mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiymat
(baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz.
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim
ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy
sabab bor:
Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga
olmaydi;
Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p
hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan
baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.
Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga
qaratamiz.
Birinchidan,
buxgalteriya
balanslarida,
ko‘pincha,
muhim
iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, kompaniya ishlab
chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida kompaniya orttirgan obro‘
ularda aks ettirilmaydi. SHuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta
mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda
o‘z ifodasini topmaydi. YUqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar
(intangible assets) deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati (bahosi)
oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda
e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar.
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi.
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari
(chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani
uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter
sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki