Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

Maftunkorlik omili №3 
   Erkak ayolni to`laligicha qo`lga kiritganiga ishonch hosil qilmagandagina  uni “aqlni 
shoshiradigan” deb qabul qiladi. 
   Sizni erkak bilan birga o`tkazadigan vaqtingiz ham ko`p narsani anglatadi. Bir haftalik 
tanishuvdan  so`ng    erkak  o`z  ishlari  bilan  band  bo`lsa,  yaxshi  qiz  jimgina  yumshoq 
o`rindiqda  o`tiradi.  Erkak  xuddi  oldida  kecha  tanishgan  qizi  yo`qdek  sport  dasturi 
ko`rishi,  mashinasini  tuzatishi,  gitarasini  sozlashi  mumkin.  Qiz  eziladi,  siqiladi,  ammo 


lom-mim demaydi. Ozgina vaqt bo`lsa ham yigiti bilan vaqt o`tkazish uchun u bor kuchi 
bilan o`z zerikishini yashirishga urinadi. 
   Yomon  qiz  esa  darhol  noroziligini  namoyish  qiladi.  Bekorga  ham  yomon  emas-da. 
Qaytaga  uning  pol  latta  emasligini  erkak  tushunadi.  Bu  degani  erkak  bilan  urishish, 
shallaqiliq  qilish  degani  emas.  Gap  sizning  xatti-harakatingiz  va    o`z  qiziqishlaringizni 
qanchalik darajada  himoya qila olishingiz  haqida ketayapti. Aytaylik, erkak unga sariq 
sochlilar  yoqishini  aytdi.  Siz  esa  qorachadan  kelgansiz.  Kelasi  uchrashuvda  sizning 
sochlaringiz  va  qoshingizng  sarg`aytirilgan  holda  ko`rsa,  nima  deb  oy`laydi? 
To`laligingizcha uning qo`lida ekanligingizni tushunadi.  
   “Erkak  ko`ngliga  eng  yaqin  yo`l  oshqozondan”,  degan  xalq  naqli  bor.  Bu  shunday, 
albatta, ammo bu degani erkakni to`ydirish uchun xuddi kanizakdek kuningizni o`choq 
boshida  o`tkazing  degani  emas.  Siz  o`z  qolingiz  bilan  antiqa  ovqatlar  pishirasizmi  yo 
yaqiningizdagi  do`kondan  yarim  tayyor  ovqat  olib  kelib  tayyorlaysizmi,  bari  bir 
oshqozonga  tushadi va  to`ldiradi.    Ana sizga  muhabbat  ta`minlanadi.  Bu  yerda  bir  sir 
bor: ovqatning issiq bo`lishi, qolgani esa bekorchi ovoragarchilik xolos. 
   Ayollar  o`zlarini  qurbon  qilishga,  o`z  qiziqishlarini  esdan  chiqarishga  o`rganib 
qolishgan.  Birorta  ekaklar  jurnalida  ayollarga  4  xil  taomdan  iborat  tushlik  tayyorlash 
tavsiya etilmagan.  
   Bu nashrlar nari borsa bodibilding bilan shug`ullanuvchilarga maslahat beradi. 
   Ko`pgina  ayollar  pishir-kuydirga o`ralashib,  o`z  qadr-qimmatlarini  unutib  qo`yishadi. 
Albatta,  men  oshxonaga  yo`lni  mutlaqo  unuting  demayapman.  Yo`q,  albatta,  siz 
to`yingizning  bir  yilligi  yoki  uning  tug`ilgan  kuni  munosabati  bilan  bayram  dasturxoni 
tuzashingiz  mumkin.  Bu  juda  yoqimli.  Tantanali  kunlarda  erkak  rag`batga  sazovor 
bo`lganini  tushunadi  va  sizni  atay    u  uchun  tayyorlagan  taomingizni  sovrindek  qabul 
qiladi. Agar har kuni  shunaqa o`lib-tirilaversangiz, sizning bu urinishlaringizni u  xuddi 
odatiy holdek qabul qiladi.   
   Kitob  ayollar  uchun  ekan,  men  bir  nechta  taomlar  retseptini  taklif  qilishga  haqqim 
bor  deb  hisobladim  va  bu  taomlarni  tanishuvning  ilk  haftalari  uchun  tavsiya  qilinadi. 
Professional oshpazlarning retseptlaridan farqli o`laroq ularni eslab qolish qiyin emas. 
Hatto yozib olish ham shart emas 
 


   Gazak. 
   Popkorn (qo`lbola bodroq). 
   Nima  uchun  popkornni  tanladim,  chunki  u  tayyorlashga  oson  va  ko`p  vaqt  talab 
qilmaydi.  Popkorn  paketchasini  mikroto`lqinli  pechga  avaylab  joylang,    barcha  donlar 
po`qillab  bo`lgandan  keyin  paketni  pechdan  ehtiyot  bo`lib  oling,  ular  ancha  issiq 
bo`ladi.    Har  ehtimolga  qarshi  qo`lingizga  qo`lqop  kiyib  fartuk  taqing  va  albatta, 
ushlagichdan  foydalaning.  Bu  ko`rinishingiz  bilan  nafaqat  mehmonda  taassurot 
qoldirasiz,  balki  o`z  ishingizning  ustasi  ekaningizni  ham  bildirib  qo`yasiz.  Agar  bodroq 
kuyib ketgan bo`lsa, yaxshilab ko`zdan kechiring. Faqat ustidagilari kuygan bo`lsa, qora 
donachalarni  olib  tashlab,  sariqlarni  idishga  solib,  dasturxunga  tortavering.  Keyingi 
paketni o`zingiz uchun pechga qo`yishingiz mumkin. 
   Kerakli mahsulotlar: bir yarim paket popkorn yetarli. 
 
   Asosiy taom. 
   Shinavandalar uchun tansiq taom. 
   Qaynab  turgan  suvga  2  ta  sosiskani  soling,  5  minut  qaynating.  Bu  vaqtda  mehmoni 
ham  unutmang.  Unga  bir  stakan  salqin  ichimlik  berib,  oynaningiz  hatto  avto  to`xtash 
joyiga qaragan bo`lsa ham, manzaradan bahra olishi uchun ayvonga chiqarib yuboring.  
Sizni  ko`rmay  turgandan  foydalanib,  sosikalarni  yupqa  parrak  qilib  kesing  va  har  bir 
bo`lakka  tish  kavlagich  suqib  chiqing.  Ijodkorlik  qobiliyatingizni  ko`rsatish  uchun  tish 
kavlagichlarning  har  xil  ranglisidan  foydalaning.  Bu  taomni  ajoyib  ikki  delikates  qayla 
hantal va ketchup bilan torting. Mehmonga esa hech qachon bularning oddiy sosiskalar 
ekanini aytib yurmang, balki ularni shinavandalar uchun delikates deb atang. 
   Ana endi desert haqida kichik tavsiya: do`kondan tayyor rulet sotib oling va uni qahva 
bilan torting. Tushlik uchun ideal yakun yalpizli saqich. 
   Kelasi  safar  erkak  sizni  restoranga  taklif  qilganida  tayyorlagan  tushligingiz 
ko`ngildagidek  chiqqanini  anglaysiz.  Hayotingiz  davomida  undan  “Bugun  tushlikka 
nima?” degan asabga tegadigan iborani ortiq eshitmaysiz. 


   Agar vaqt o`tib u nogoh sizdan tushlik tayyorlashni so`rab qolsa, siz dadil o`z shohona 
taomlaringizni  taklif  eting:  popkorn,  sosiska,  rulet  va  saqich,  keyin  esa 
tayyorlanavering: siz hademay restoranga taklif etilasiz. 
   Shu yerda sharh bermasdan  o`tolmadim. Bizning o`zbek qizlari, albatta, ayollari ham  
odatda erkakni to`ydan oldin mehmon qilib yurishmaydi. Uyga taklif qilish haqida esa 
gap  bo`lishi  ham  mumkin  emas.  Ammo  ayrim  qizlar  bekalik  mahoratlarini  namoyish 
qilish uchun yigitlarni   antiqa pishiriqlar bilan mehmon qilmoqchi  bo`lishadi. Bu katta 
xato.  Birinchidan,  u  sizni  zo`r  berib    unga  yoqmoqchi  ekaningizdan  xabar  topadi. 
Ikkinchidan, va  hammadan ham yomoni keyingi paytda yigitlarimiz har xil ilmi amal, 
sehr-u jodudan qo`rqib qolishgan. Sizni ne hasratda qilgan mehnatingiz nafaqat yaxshi 
baholanadi,  balki  sizni  jodugarlikda  gumon  qilishlari  ham  mumkin.  Yaxshilik 
bilmaydigan bandalarni boqishni to`xtating. 
   To`ydan  avval  qizlar  alohida  taomlar  tayyorlash  kurslariga  borib  har  xil  tushgayam 
kirmagan taomlarni o`rganishadi, bu yaxshi, albatta. Ammo bu taomlar ko`p mehnat 
vaqt  va  harajat  talab  qiladi.  Hatto  turmush  qurgandan  keyin  ham  qancha  ko`p 
qayg`ursam, mehnat qilsam, shunchalik mehr qozonaman deb yotog`iga yarim tundan 
keyin burnidan tortsa yiqilgudek bo`lib kirib boradigan kelinlar talaygina. Rostdan ham 
baxt  uchun  shu  pishiriqlar  muhim  deb  hisoblaysizmi?  Erkak  yuragiga  eng  yaqin  yo`l 
oshqozondan    deb  o`ylab  oshxonada  qolib  ketmang.  Gap  shirin  yoki  bemaza  ovqat 
haqida ketmayapti, balki  erkak uchun qanchalik urinish haqida ketmoqda. 
   Yomon  qiz  uyda  o`tirib,  o`zining  vaqtini  erkakni  ushlab  qolish  san`atini  charxlash 
uchun ketkazadigan ayollar sirasiga kirmaydi. U uchun zarur yagona narsa – bu yaxshi 
do`stlar  davrasi.  Erkak  do`stlikdan  ortiqrog`iga  sazovar  bo`lishidan  avval    esa  unga  
buning o`zi kifoya.  
   Munosabatlarning      ilk    bosqichida  quyidagilarga  ahamiyat  bering.  Agar  erkak 
xushomad  bosqichida siz uchun hech narsa qilishni istamasa bilingki, u kelajakda ham 
sizga tayinli taklif kiritmaydi.  Siz undan yaxshirog`iga loyiqsiz. Shunday qilingki, erkak 
buni anglasin. 
   “Yahshi qizlar” xatti-harakatlari bilan o`zlarini yerga urishadi. Ularning  xatti-harakati  
“Senga  taklif  qila  oladigan  narsam  aniq  yetarli  emas”,  “Mening  o`zim  unchalik 
emasman”  degan  ong  osti  signallarini  jo`natadi.  “Yomon  qizlar”  esa,    aksincha,  o`z 
juftiga  mutlaqo  boshqacha  “Men  shundog`am  mukammalman”,  “Xohlamasang,  katta 
ko`cha”  degan  ishonch  signallarini  yuboradi.  Ana  endi  qisqacha  solishtiruv. 


Munosabatlar  poydevori  birinchi  kundan  qo`yiladi.  Avval  boshdanoq  erkak  ongli 
ravishda  (ha-ha,  mutlaqo  ongli)    munosabatdan  u  nima  olishi  mumkinligni  bilishni 
istaydi.  Telefon  qo`ng`iroqlari  ko`p  narsaga  oydinlik  kiritadi.  O`z  rejalaringizni  tuzish 
uchun  uning  qo`ng`iroqlarini  kutasizmi?  Agar  u  qo`ng`iroq  qilmay  qolsa,  aqldan 
ozasizmi?  O`zingiz  qayta  qo`ng`iroq  qilasizmi  yoki  qo`ng`irog`ini  kutganingizi 
ko`rsatasizmi? 
   Aslida,  erkaklar  atay  ayolga  qanday  ta`sir  qilishini  aniqlash  uchun  qo`n`giroq 
qilishmaydi. Agar ayol xavotirlanayotgan bo`lsa, demak, uni boshqarish oson. Shunda 
erkak  ayolni  uni  qanchalik  xohlaytgani  va  zor-intizorligini  tushunadi.  Sizdan  iltimos, 
ommabop  jurnallarda    ruhshunoslarning  nega  erkak  buncha  kam    qo`ng`iroq  qilishi 
sabablarini tushuntiruvchi maqolalarini unuting. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish