Maftunkorlik omili №12
Qaysi ayolga oxirgi daqiqada iltimos bilan murojaat qilish mumkinligini erkaklar
juda yaxshi his etishadi.
Ayrim hollarda erkak haqiqatda ham oxirgi daqiqada chipta sotib olishi mumkin. Yoki
rejada yo`q romantik syurpriz qilishi mumkin. Ha, u spontan, ammo siz avvalgidek
asosiy qadriyatligingizcha qoldingiz. Bu yerda spontanlikning zarari yo`q. Agar erkak
sizga tez-tez qo`ng`iroq qilib sizni ko`rgisi kelayotgan bo`lsa, sizda hammasi joyida.
Boshqa tuzukroq davra bo`lmagani uchun oxirgi daqiqada taklif qilingan uchrashuv
sizni tashvishga solishi kerak. Ayrim hollarda sevib qolgan ayol birini ikkinchisidan
ajrata olmay qoladi.
U uchun muhimi do`stlari bilan muloqot
va ichkilik.
Do`stlari sizni deb ularni mutlaqo
tashlab qo`yganidan shikoyat qilishadi.
Uni mazax ham qilishadi, ammo u bunga
e`tibor ham bermaydi.
U sizni taklif qilmasdan, do`stlari bilan
sayohatlarni rejalashtiradi.
U ko`pincha biror joyga birga sayohat
qilib
kelish
uchun
ishdan
javob
so`rashingizni iltimos qiladi.
U
sizning
yoningizda
ko`pincha
asabiylashadi va o`zi uchun vaqt ajrata
olmayotganini aytib shikoyat qiladi.
U siz bilan o`zini baxtli his etadi.
Yaqinlari va oilasidagilar uning ko`rinishi
avvalgidan
yaxshiligini
payqay
boshlashadi.
U sizga telefon qilib, u uchun oqshom
rejalarini o`zgartirishingizni so`raydi. Shu
kuni kechqurun uyiga qo`ng`iroq qilsangiz,
avtojavobbergichga
to`g`ridan-to`g`ri
ulanasaiz. Ertasiga u sizga qo`ng`iroq qilib,
kechagi kun uchun biror bahona topib
uzrini aytadi.
Agar biror rejani qoldirishga to`g`ri kelib
qolsa, uni aybdorlik hissi qiynaydi. Sizdan
yashiradigan siri yo`qligi va sizni yaxshi
ko`rgani va buni bilishingiz uchun u
hamma joydan sizga qo`ng`iroq qilib
turadi.
U sizni hech qachon restoran yoki
teatrga taklif qilmaydi va sizga pul sarflab
yurmaydi, aksincha, u sizdan qarz so`rashi
mumkin.
Yuzingizda tabassum ko`rish uchun u
hamma narsa qiladi.
Dam olish kunlari bo`sh ekaningizni
bildirib qo`ydingiz. U shunga qaramasdan
siz bilan ko`rishishga urinmaydi.
U deyarli har doim siz bilan uchrashishga
tayyor, agar bunga uning ishi yoki o`ziga
bog`liq bo`lmagan boshqa vaziyatlar
monelik qilmasa.
U deyarli har doim siz bilan uchrashishga tayyor, agar bunga uning ishi yoki biror
o`ziga bog`liq bo`lmagan vaziyatlar monelik qilmasa.
Oxirgi daqiqada qilinadigan qo`ng`iroqlarga yorqin bir misol. Avvaliga yigit yana
kimdir qo`ng`iroq qilib qomasmikin deb kutadi, keyingina sizga qo`ng`iroq qilib,
uchrasha olishi haqida xabar beradi. Soat beshda telefon qilib hali dush ham qabul
qilmaganini aytadi. Soat yettida qo`ng`iroq qilib “To`satdan eski do`stim kelib qoldi”
degan “noxush” xabarni yetkazadi. Keyin esa do`sti bilan suhbatlashib o`tirishga to`g`ri
kelishini aytib, siz bilan boshqa bir payt uchrashishini bildiradi. Kech bo`lganda yana
qo`ng`riroq qilib sizni uyiga taklif qiladi, kamiga u yerga o`zingiz yetib olishingiz kerak.
Ming ko`rgingiz kelayotganiga qaramay, unikiga also bora ko`rmang.
Aksincha, bu odam bilan munosabatni davom etirish kerakmi yoki yo`qligini bir o`ylab
ko`rishni maslahat beraman. Hech narsga qaramay borsangiz, unga judayam yoqimsiz
ko`rinasiz. Bu xatti-harakatingiz bilan uning sizga bo`lgan qiziqishini o`ldirasiz.
Izoh: O`zini hurmat qilgan o`zbek qiziga, ayoliga ham yigit “Uyimga kel” demaydi,
kamiga yana tunda. Agar shunday bo`lib qolgan bo`lsa, unga kimligingizni eslatib
qo`ying. Endi esa kitobni birga o`qishda davom etamiz.
Mening Kristal degan dugonam xuddi shunday vaziyatga tushub qoldi va undan juda
chiroyli chiqdi. Uning do`sti Bret shanba kuni kechqurun qo`ng`iroq qildi. Yarim tun.
Yomg`ir yog`ayotgan edi. Bret ehtirosli ovozda Kristalni uyiga taklif qildi. Oxirgi
daqiqada amalga oshiriladigan qo`ng`iroqlarning klassik turi. U ikki haftadan beri
qo`ng`iroq qilmasdi, chunki u boshqa birovlar bilan ko`rishishni istardi. Bretning uyi
dugonamning uyidan 35 mil uzoqlikdaligini eslatib otish kerak.
Ho`sh, Kristal qanday yo`l tutdi? U: “Yaxshi azizam, men otlanayapman. Plashimni
topib olishimga menga 5 daqiqa ber, 40 daqiqada uying yonida bo`laman”, - dedi va
Bretdan yomg`irda ivib ketmaslik uchun uy oldida soyabon bilan uni kutib olishni
so`radi. U kutdi,kutdi va yana kutdi. Uch soatdan keyingina vaqt o`tkazishga hech kim
topilmagani uchun yarim tunda qizlarga qo`ng`iroq qilmaslik kerakligi unga yetib keldi.
Ertalab Kristal avtojavobbergichini tekshirdi. Unda Bretdan bir nechta xabar bor edi.
Shu jumladan, u yomg`irda qolib ketgani uchun qattiq tumov bo`lib yotganining
xabarini qoldirgan (Bunda uning aybi yoq. Tuzukroq kiyinish kerak edi, vassalom).
Yana bir bor eslatib o`taman “yomon qiz” juda muloyim. U shaftolidek totli. Ammo
har bir shirin shaftolida bo`lganidek, unda ham qattiq danak bor. Bu degani agar unga
erkak behurmatlik qilsa, u bu oddiy narsani tushuntirib o`tirmaydi. Qo`pollik va
hurmatsizlikka hamisha toqat qilib o`zligini saqlab qolish mumkin emas. Hech bir
erkakka oyoqni artib tashlasa ham bo`laveradigan ayol kerak emas. O`zingizga hurmat
ko`rsatishning hech qanday yomon joyi yo`q. Buning uchun bir nechta shart bajarilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |