Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

Maftunkorlik omili №9 
   Agar  u  qadr-qimmati  yoki  munosabat    degan  tanlov  oldida  qolsa,  u  hamisha  o`z 
qadr-qimmatini boshqa har narsadan ustun qo`yadi. 
   Erkak  bilan  munosabatlari  qanday  ketayotganidan  qat`iy  nazar,  u  o`zligini  saqlab 
qoladi. 
   U  do`stlaridan  voz  kechmaydi.  U  karyerasini  barbod  qilmaydi,  u  sevimli 
mashg`ulotlarini  tashlamaydi.  U  mustaqil,  erkakka  bog`liq    emas,  shunda  nogohon 
erkak  unga  bog`lanib  qoladi.  U  erkakni  deb  vaqtni  qurbon  qilmaydi, 
xursandchiliklardan voz kechmaydi va yaxshi ayollardan farqli o`laroq u hurmatsizlikka 
toqat qilib yurmaydi. 
   U  o`zining  bahosini  biladi  va  qadrlaydi. U  o`zining  qimmatbaho  ekaniga  ishonadi va 
uning har bir xatti-harakati va qarorlari ortida mana shu ishonch yotadi. U qo`rqmaydi, 
shuning uchun erkak uni yo`qotishdan qo`rqadi. U mustaqil, erkakka zor emas, shunda 


erkak  unga  zor  intizor  bo`ladi.  U  erkakka  bog`liq  emas,  shuning  uchun  erkak  unga 
bog`lanib qoladi. Hammasi aynan aksincha bo`ladi. 
   Munosabatlarning  natijasiga  kamroq  bog`liq  bo`lgan  odam  avtomatik  ravishda 
boshqani unga tobe qilib qo`yadi. 
   Yangi  ,  ajoyib  “yomon”  qiz  bilan  tanishing.  Keling,  ana  shu  bob  yakunida  bu  so`zga 
yangi bir ma`no kasb etamiz. Bu nomni xuddi xushomaddek tushuning. Yomon qiz injiq 
yoki  shallaqi  emas.  U  qo`pol  va  shafqatsiz  ham  emas.  U  muloyim,  ammo  samimiy.  U  
do`stlari, dugonalari bilan gaplashgandek erkak bilan ochiq va to`g`ri gaplashadi. Erkak 
uchun bo`yniga osilib hissiyotlarga beriladigan ayoldan ko`ra shunday ochiqko`ngil ayol 
bilan    til  topishish  osonroq.  Ortiqcha  oh-voh  chekadigan  ayollar  erkaklarni  hamisha 
cho`chitgan. U nima xohlashini biladi va uni ochiq bildirishga  har doim tayyor. Natijada 
u nima xohlasa, shunga erishadi. Mana, qoyilmaqom “yomon” qizning sifatlari. 
   1. U o`z erkini qadrlaydi va uni himoya  qila oladi.  U katta korporatsiyada rahbarmi 
yoki arzon qahvaxonada ofitsiant, qanday kasb egasiligidan  qat`iy nazar, peshona teri 
bilan  pul  topadi.  U  o`zini  qadrlaydi,  hech  kimga    uni  g`ururini  toptatishiga  yo`l 
qo`ymaydi. 
   2.  U  hech  qachon  erkakni  ta`qib  qilmaydi.  Uning  olamida  erkakdan  boshqa 
narsalaram bor. U uchrashuvlarini burjlar bashoratiga qarab belgilamaydi. U erkakni ov 
qilib, unga tuzoqlar qo`yib yurmaydi. Shunchaki erkak uning olami markazi emas. 
   3.  U  sirli.  To`g`rilik  bilan  hurmatsizlik  orasida  katta  farq  bor.  U  to`g`riso`z,  ammo 
hamma  narsaniyam  gapiravermaydi.  U  hamma  qartlarini  ochib  qo`ymaydi.  Rasmiylik 
odamni xafa qiladi, siz haqiginsizda hamma narsaning ochiqligi esa zeriktiradi. 
   4. U har doim erkakning  qiziqishini  to`la qondirmasdan qoldiradi. U har kech  erkak 
bilan  uchrashavermaydi  va  uning  avtojavobbergichida  uzundan-uzoq  xabarlar 
qoldirmaydi.  U  erkakning  kotibasi  bilan  gaplashib  yurmaydi  va  muzokoralar  vaqtida  
undan  telefonga  chaqirib  berishini  talab  qilmaydi.  Erkaklar  bunday  xatti-harakatni 
sevgidan deb hisoblashadi.  Bu, albatta, tahshinga loyiq. 
   5.  U  erkakka  o`zining  ojiz  tomonini  ko`rsatmaydi.  U  yaxshi  kayfiyatdaligida 
gaplashadi, hayotinig og`ir lahzalarida esa  suhbatdan tiyiladi. U hammasini yaxshilab 
o`ylab  olgandan keyingina fikrini aytadi. 


   6.  U  hamisha  o`z  vaqtini  idora  qiladi.  U  hamma  ishni  shohsmasdan  sekin  qiladi, 
ayniqsa,  erkak  juda    shoshib  turgan  bo`lsa.  Erkakning  uning  hayotini  o`z  nazoratiga 
olishga bo`lgan urinishlariga taslim bo`lmay, o`z hayot ritmiga monand yashaydi. 
   7.  U  har  doim  yumor  hissini  saqlab  turadi.  Yumor  hissi  erkakka  ayolning 
mustaqiligidan  darak  beradi.  Ammo  u  erkakning  ustidan  kulib  unga  hurmatsizlik  qilib 
yurmaydi. 
   8.  U  o`z  qadrini  yuqori  baholaydi.  Erkak  unga  xushomad  qilganda,  u  buni 
minnatdorchilik  bilan  qabul  qiladi.Bunday  holda  u  hech  qachon  qarshi  chiqib 
suhbatdoshga  aksini  uqtirmaydi.  U  hech  qachon  erkakdan  uning  sobiq  ayollari 
ko`rinishini so`ramaydi  va boshqa ayollar bulan raqobatlashib o`tirmaydi. 
   9. Uning erkakdan tashqari  ham keng qiziqishlari olami bor. Erkak o`zini  ayol uchun 
hamma narsa emasligini sezganda, unga bo`lgan intilish yanada ortadi. Agar uning o`zi 
band ayol bo`lsa,  unda erkakning bandligiga xafa bo`lib yurmaydi. Erkak uning hislari 
va  fikrlarining  yakka  hokimi  emas.  Shunchaki  u  ayol  o`ylarining  ma`lum  bir  qismini 
band qilgan xolos. 
   10.  “Yomon”  ayol  o`z  tanasiga  yaxshi  sozlangan  mashinaga  qaragandek  qaraydi.  U 
o`zining  tashqi  ko`rinishi  va  salomatligi  uchun  qayg`uradi.O`zini  hurmat  qilishi    o`z 
tashqi  ko`rinishga  bo`lgan  munosabatdan  kelib  chiqadi.  Yori    uning  qizil  lab  bo`yig`i 
yoqmaganini aytgani bilan uni o`zgartirmaydi, chunki bu rang o`ziga yoqadi-da. 
 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish