1. Dala yo’lining ikki tomoni bog‘lar, tutash gullar bilan qoplangan. 2.
Daraxtlar orasidan ishchilarning bir xilda qurilgan shinam uylari, kichik-kichik
boriladi 4. Tabiatdan inson manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish, tabiat
boyliklarini asrash, qo‘riqlash va ko‘paytirish hammaning burchi hisoblanadi. 6.
Teraklarning elektr nuridan olachipor ko‘ringan barglari goh shivillar, goh
qatorlashgan uylar yap-yangi va shinam edi. Daryo tomondan suvlarning jonli,
nash’ali kuyi oqar edi. Uylar orasidagi devorlarni chirmovich gullar yo qovoq
palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi.
Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti.
1. Inson mehnati, odobi, axloqi va intizomi bilan go‘zal. 2. Zarqishloqning
katta-kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 3.
Dilmurod goh to‘xtar, goh bir-ikki odim bosardi. 4. Inson birlik, do‘stlik, ezgu
maqsadlar
bilan
go‘zal
va
kuchli.
5.Uchopganidanmi
yo
qattiq
hayajonlanganidanmi tez-tez nafas olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil
o‘simlik va gullarga, goh qorli cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda.
Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan
uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish.
So’ngra uyushiq bo‘laklarning bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan
ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy
ishlar bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi.
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Bilan ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida ham qo‘llanadi. Bu
vaqtda uning o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin
bo‘ladi:
bilan
Shu payt eshikdan vrach va hamshira kirib keldi.
hamda
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini
qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz.
Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza
sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi:
kim?
kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik
ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi:
kim bilan? kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va
qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra
boshladi. 3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4.
Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: