35.7. Rekul’tivatsiya
Rekul’tivatsiya deganda - bo’zilgan halq xo’jaligi yerlarini qayta tiklash
yoki yerning ustki mahsuldor qatlamini qayta tiklash ishlari tushuniladi.
Vaqtinchalik
foydalanishga
olingan
yer
maydonida
burg’ilash
ishlari
boshlanmasidan oldin, yerning ustki mahsuldor qismi 0,2 metr qalinlikda yig’ib
olinadi va sxemada ko’rsatilgan joylarda to’plab quyiladi. Yig’ilgan mahsuldor
tuproq qalinligini saqlashda shunday joy tanlanishi kerakki, bu joy yoki syoki
ko’tarilgan, qatlam suvlari oqib kelishi havfi bo’lmagan joylar bo’lishi kerak.
Foydalanishga olingan maydonni har bir qismi toshlardan, metall bo’laklaridan
tozalanadi va territoriya tekislanadi. Kimyoviy reagentlarni saqlash uchun mahsus
saroylardan foydalaniladi. Quduqning ustki qismi (ust’ya) 1,5 x 1,5 metr
kattalikda sementlanadi.
269
Qurilish ishlari tugagandan so’ng quduq konservatsiya qilinadi yoki
tugatiladi. Burg’ilash uskunasi qismlarga ajratiladi va boshqa joyga o’rnatish
uchun olib chiqib ketiladi. Quduqdagi burg’ilash eritmasi ham boshqa quduqlarda
ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Burg’ilash uskunasi ostidagi fundament ham
bo’zib olinadi va kerakli joyga ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Burg’ilash
uskunalaridan tozalangan yer maydoni texnik va biologik rekul’tivatsiya yo’li
bilan shunday holga keltiriladiki, bu yerda kelgusida ekin ekish ishlarida
foydalansa bo’ladigan holga kelishi kerak.
Yonuvchi-moylovchi materiallarni shimib olgan tuproq qismi yig’ib olib,
kimyoviy reagentlar to’kilib ishdan chiqqan tuproq qismi ham yig’ib olinib
ko’mib tashlanadi yoki ekspeditsiyaning axlat to’kadigan joylariga olib chiqib
tashlanadi. Yonuvchi-moylovchi materiallarning ishga yaroqli qismini qayta
ishlatish maqsadida olib chiqib ketiladi, ishga yaroqsiz qismi esa yoqib yuboriladi.
Metallolom va quvur mahsulotlarining qolgan qismi bir joyga yig’iladi va
olib chiqib ketiladi.
Vaqtinchalik qurilmalar (saroylar, omborlar, bostirmalar) bo’zib olinadi va
qayta ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Dizellar saroyi, nasoslar bloki va tuproq
aralashtirgich ostidagi 0,1-0,15 metr qalinlikdagi tuproq yig’ib olinadi va shlam
omborlarida kumib tashlanadi. Yerdan qazilgan shlam omborlari GOST 41-98.01-
74 talablariga javob bergan holda ko’mib tashlanadi. Qattiq holdagi organiq
chiqindilar (yog’och materiallari, qog’oz qoplar va boshqalar) mahsus belgilangan
joylarda, yong’in havfsizligiga rioya qilgan holda yoqib yuboriladi.
Ish jarayonida bo’zilgan yer uchastkasi tekislanadi va oldingi holiga
keltiriladi. Burg’ilash ishlarini boshlashdan oldin yig’ib, to’plab qo’yilgan tuproq
qatlami o’z joyiga keltiriladi. Quduq ustiga kattaligi 1x1 metr bo’lgan beton
tumba va quduq nomerini, qachon burg’ilanganini, quduqni burg’ilagan
ekspeditsiyaning nomi yozilgan temir reper o’rnatiladi. Suv tarmoqlari bo’zib
olinadi va olib keluvchi yo’llar rekul’tivatsiya qilinadi. Buzilgan yerlarni
rekul’tivatsiya qilish jarayonida quyidagi transportlar ishlatiladi:
- «Belarus’» ekskavatori;
270
- Yer ishlarini bajarishda ishlatiladigan bul’dozer,
- SA-320 sementlash agregati,
- Yuvuvchi transport.
271
Do'stlaringiz bilan baham: |