Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   303
Bog'liq
-qullanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


261 
 
35. ATROF-MUHITNI  MUHOFAZA  QILISHNI  BOSHQARISH. 
35.1. Neft va gaz quduqlarini burg’ilashda atrof-muhitni 
muhofaza qilish 
Neft  va  gaz  sanoati  atrof  -  muhitni  zaharlanishiga  olib  keluvchi  sanoat 
tarmoqlaridan  biridir.  Tabiatni  muhofaza  qilish  termini  XX  asrning  birinchi  o’n 
yilligida  keng    qo’llanila  boshlandi.  Bu  davrda  tabiatni  muhofaza  qilish  deganda 
hayvonot  va  o’simliklarning  alohida  turlarini  saqlash,  tabiatning  qimmatbaho 
uchastka va ob’yektlarini asrash, qo’riqxona va milliy hiyobonlarni tashkil etishga 
yo’naltirilgan  faoliyat  tushinilgan.  Bunday  faoliyat,  masalan  1913  yilda 
Shveytsariyada    tabiatni  muhofaza  qilish  bo’yicha  17  davlat  a’zolari  ishtirokida 
o’tqazilgan birinchi konferentsiyada ko’rib chiqilgan. 
30  yillarning  boshida  tabiatni  muhofaza  qilishga  insoniyat  faoliyatini 
tabiatga  zararli  ta’sir  qilishiga  teskari    harakatlantiruvchi  kompleks  tadbirlar 
sifatida qaraldi. 
Hozirgi  vaqtda  tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy    resurslardan 
foydalanishni  yaxshilash  bo’yicha  ishlab  chiqilayotgan  standartlar  inson  faoliyati 
bilan tabiiy atrof - muhit  orasidagi muvozanatni turg’unlashtirishga yo’naltirilgan 
tadbirlar tizimidan iborat bo’lib, tabiiy resurslarni saqlash va  tiklashni ta’minlaydi, 
jamiyat  faoliyati  natijalarini  tabiatga    to’g’ri  va  bilvosita  negativ  ta’siri  va  inson 
sog’lig’iga ta’siri  oldini oladi. 
Hozirgi vaqtda ekologik tadqiqotlar bilan geografiya, geologiya, biologiya, 
texnik va sotsial-iqtisodiy fanlar  oblastidagi mutaxassislar shug’ullanishadi. 
Tog’  fandlarida  litosfera  va  mineral  resurslarni    o’zlashtirish,  yer  qarida 
bo’lib o’tadigan jarayonlardan yuzaga  keladigan halokatlar bilan ko’rashish bilan 
bog’liq bo’lgan  ho’jalik faoliyatining barcha sferalarida ekologik tadqiqotlar  olib 
borilmoqda. 
Mineral  xomashyo  va  tabiiy  resurslarning  boshqa    turlarida  kompleks 
foydalanish,  chiqindisiz  va  kam  chiqindili    texnologik  jarayonlarni  tashkil  etish, 
nisbatan  samarador    shuningdek  biologik  usullaridan  foydalanish  texnologik  
jarayonlarning ekologik  tadqiq  qilishni umumiy vazifasidir. 


262 
 
Tabiiy  resurslardan  rejali  va  ratsional  foydalanish  -  tabiatni  samarali 
muhofaza qilishning asosidir. 
Neft va gaz sanoatidagi barcha texnologik jarayonlar   (qidiruv, burg’ilash, 
qazib  chiqarish,  yig’ish,  tashish,  saqlash  va  neft    va  gazni  qayta  ishlash)  tabiiy 
ekologik holatni bo’zilishga sabab  bo’lishi mumkin. 
Neft va gaz tarmog’ining bizni o’rab to’rgan tabiatga  ko’rsatayotgan salbiy 
ta’siri  haqida  gapirar  ekanmiz,  buni  bir    necha  bo’limlarga  bo’lib  o’rganish 
mumkin. Jumladan: 
- yer osti boyliklarini asrash va ulardan tejamkorlik bilan  foydalanish; 
- quduqlarni qurish davrida yer osti boyliklarini asrash; 
-  tabiatni,  xususan  o’rmonlar,  daryolar,  ko’llar,  dengiz  va  boshqa  suv  
havzalarini ifloslanishini oldini olish; 
-  neft  va  gaz  mahsulotlarini  qazib  chiqarish  va  qayta  ishlashda    atrof-
muhitni va atmosferani himoya qilish.  
Quduqlar  qaziladigan  maydonlarda  ishlatish  quduqlarini  burg’ilash 
jarayonida atmosfera havosini ifloslanishini kamaytirish uchun ko’rsatmalar: 
1.Yonuvchi-moylovchi  materiallar  bo’g’lanishi  natijasida  atmosfera 
havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bu  materiallarni yopiq idishlarda va 
belgilangan joylarda saqlash. 
2.Yonuvchi-moylovchi  materiallarni  burg’ilash  maydonchasiga  olib  
kelishda  mahsus  moslashtirilgan  avtotsisternalardan    foydalanish,  ishlatishga 
yaroqsiz  holga  kelib  qolgan  yonuvchi-moylovchi  materiallarni  yig’ish  va  olib 
chiqib ketishda mahsus  metall idishlardan foydalanish. 
3.Burg’ilash  va  sementlash  qorishmalarini  tayyorlash  uchun    material  va 
kimyoviy reagentlarni buzuq bo’lmagan  transportlarda, yopiq idishlarda keltirish. 
4.Sementni 
tashib 
keltirishni 
mahsus 
avtotsisternalarda, 
sement 
qorishmasini  tayyorlashni  sement  aralashtiruvchi    mashinalar  SMN-20  (KRAZ  -
257 avtomobili shassisida  o’rnatilgan) va sementlash agregatlari SA-320, SA-400 
lar  yordamida amalga oshirish. 


263 
 
5.Burg’ilash  eritmasi  va  sement  qorishmasini  tayyorlashda  kerak  
bo’ladigan  materiallarni  tashishda  atrof-muhitni    ifloslanishini  oldini  olish 
maqsadida yaroqli va to’kilmaydigan  idishlardan foydalanish. 
Quduqlar qaziladigan maydonlarda  quduqlarni burg’ilash, mustahkamlash 
va sinab qo’rish jarayonida atmosfera havosining  ifloslanishiga quyidagilar sabab 
bo’ladi: 
-  Burg’ilash  eritmasini  tayyorlash  blokida  har  xil  kukunsimon    kompo-
nentlarni qo’shish jarayonida chang ko’tarilishi (asosan  bentonit tuproq kukuni); 
- Sirkulyatsion sistemada burg’ilash eritmasiga neft mahsulotlarini qo’shish 
va uni ochiq havoda bo’g’lanishi natijasida  atmosferaga uglevodorodlar chiqishi. 
 

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish