Statik sinovlar balka (to‘sin) larning mustahkamliligini tekshirish
maqsadida o‘tkaziladi. Sinov kranning nominal yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25%
ortiq yuk bilan o‘tkaziladi. Buning uchun ishchi yuk 200-300 mm balandlikka
ko‘tarilib 10 minut ushlab turiladi hamda yuk ko‘tarilgan holatda balkaning
egilishi (elastik deformatsiyasi) tekshiriladi. Keyin yuk tushirilib qoldiq
deformatsiya aniqlanadi. Agar yuk tushurilganda qoldiq deformatsiya borligi qayd
etilsa, bunday balka yaroqsiz deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |