7. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLAR UCHUN
XIZMAT KO„RSATISH SIFATINI (QOS) TA‟MINLASH
7.1. Xizmat ko„rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi
ITU-T modeli. Ingliz tilida ―Xizmat ko‗rsatish sifati‖ terminiga
Quality of Service (QoS) erkin so‗z birikmasi mos keladi. ―Xizmat
ko‗rsatish sifati‖ termini telefon tarmoqlarining ishlab turishida turli
aspektlarning tavsiflarida qo‗llaniladi.
ITU-T xujjatlarida xizmat ko‗rsatish sifatiga tegishli bo‗lgan
terminlar E.800 tavsiyasi bilan aniqlanadi. Bu tavsiyada QoS
ko‗rsatkichlari, xizmat ko‗rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo
bo‗lishi kabi qaraladi. Quyidagi 7.1 rasmda xizmat ko‗rsatish sifati
komponentlarini va ularning o‗zaro aloqasini aniqlovchi model
ko‗rsatilgan.
Kutiladigan xizmat ko‗rsatish satxi quyidagi xarakteristikalar bilan
baholanadi:
xizmat ko‗rsatishni qo‗llab-quvvatlash (service support);
xizmat ko‗rsatishning qulayligi (service operability);
xizmat ko‗rsatishni taqdim etish (serveability);
xizmat ko‗rsatish xavfsizligi (service security).
Xizmat ko‗rsatishni qo‗llab-quvvatlash xarakteristikasi, operator
xizmatini taqdim etish qobiliyatini va uning qobiliyatliligini qo‗llashni
aks etdiradi. O‗z navbatida xizmat ko‗rsatishni taqdim etish
xarakteristikasi quyidagi uchta guruxga bo‗linadi:
xizmatlarga ulanish (service accessibility);
xizmat ko‗rsatish mo‗‗tadilligi (service retainability);
xizmat ko‗rsatishning to‗liqligi (service integrity).
Xizmatlarga ulanish xarakteristikasi, foydalanuvchi talablari
bo‗yicha ularni olish imkonini va so‗ralgan vaqt intervalida
yomonlashishi sezmaydigan ravishda xizmat ko‗rsatishni davom
ettirishni baholaydi.
Xizmat ko‗rsatish mo‗‗tadilligining xarakteristikasi, so‗ralgan vaqt
intervali davomida berilgan atributlar bilan, olingan xizmatlardan
foydalanish imkonini aniqlaydi.
Xizmat ko‗rsatishning to‗liqlik xarakteristikasi, ko‗rsatiladigan
xizmatlar to‗laligicha, yomonlashmasdan amalga oshadi.
Xizmat ko‗rsatish xavfsizligi xarakteristikasi, telekommunikatsiya
tarmoqlarining quyidagi ishlash aspektlari bilan bog‗liq: ruxsat
etilmagan monitoring, g‗irromlikni qo‗llash, buzuq niyatlilik tufayli
shikastlanish, noto‗g‗ri qo‗llash, inson xatoligi, tasodifiy falokatlar.
Yuqorida qayd qilingan barcha xizmat ko‗rsatish xarakteristikalari
tarmoqning ishlash sifatiga, shuningdek funksional imkoniyatlariga
bog‗liq. Mos keluvchi bog‗lanishlar 7.1-rasmning pastida punktir
liniyalar bilan belgilangan.
7.1-rasm. Xizmat ko‗rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi
ITU-T modeli
Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa
turi, belgilangan punkt, sutkadagi vaqt va ulanishning davomiyligi
nuqtai nazaridan korreksiyalangan ustama platalar ehtimolligi orqali
aniqlanadi.
Trafikga xizmat ko‗rsatish xarakteristikasi (trafficability perfor-
mance), ma‘lum bir parametrga ega bo‗lgan trafikga xizmat ko‗rsatuvchi
texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta
guruxga bo‗lingan.
Birinchi gurux uchun terminlar, ―Resurslar va qurilmalar‖ deb
ataladi va ular hali aniqlanmagan. Umuman olganda rejalashtirish
xarakteristikalari uchun ta‘rif (planning performance), xizmatlarni
taqdim etish (provisioning performance) va ma‘muriy boshqarish yaqin
vaqtlarda ishlab chiqiladi.
Ikkinchi gurux, funksional ishonchlilik (dependability) deb ataladi.
Bu yig‗ma termin, asosiy ta‘sir qiluvchi faktorlarni inobatga olgan holda
ishga qobiliyatlilik xarakteristikasida ko‗rsatiladi va to‗rtta muhim
xarakteristika ajratiladi:
tayyorlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har qanday
berilgan vaqt intervali lahzasida texnik vositalarni talab qilingan
funksiyani bajarish qobiliyati (agar zarur bo‗lsa mos keluvchi tashqi
resurslarni qo‗llagan holda);
ishonchlilik (reliability) – ma‘lum bir sharoitda, belgilangan vaqt
intervali davomida texnik vositalarni talab qilingan funksiyani bajarish
qobiliyati;
qayta tiklanuvchanlik (maintainability) – o‗rnatilgan sharoitda
texnik vositalarni qo‗llashda xuddi shunday holatda tiklanishini qo‗llab
quvvatlash, shuningdek, belgilangan protsedura va resurslarni qo‗llash
yordamida talab qilingan funksiyani bajarishi mumkin bo‗lgan texnik
xizmat ko‗rsatish qobiliyati tushuniladi;
texnik xizmat ko‗rsatishni qo‗llab quvvatlash (maintenance sup-
port) – texnik xizmat ko‗rsatishni belgilangan qoidalarida, talab
bo‗yicha ma‘lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta‘minlash
uchun
zarur
bo‗lgan resurslarni qo‗llash imkonini beruvchi
ekspluatatsion kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi.
Uchunchi
guruxga,
signallarni
uzatish
xarakteristikalari
(transmission performance) kiradi. Ular, ishga qobiliyatli holatda
bo‗lgan aloqa tizimi orqali uzatilgan, qayta tiklangan signalning satxi
kabi aniqlanadi.
ITU-T E.800 tavsiyasida tarqalish muhitining xarakteristikalari
(propagation performance) ajratilgan. Ular, shu jarayonni sun‘iy
boshqarishsiz,
belgilangan
ulanish
bilan
signallarni
o‗tishini
ta‘minlovchi shu muhit qobiliyati bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda keng tarqalgan yana bir fikr mavjud, bugungi KK
va PK tarmoqlari IP- infrastrukturasiga asoslangan tarmoqlarga asta
sekinlik bilan birlashmoqda. Bunday tarmoqlar TUF trafiklari kabi
odatdagi Internet trafiklarini ham tashiydi. Konvergensiyaning bunday
ssenariysi, texnologiyalarni birlashtirish orqali tannarxning kamayishi
olib kelgani kabi yangi xizmatlarni yaratish orqali industriyaning
rivojlanishi bilan yoqimli. Lekin amalda konvergensiya juda sekin
ketmoqda. Texnik nuqtai nazardan eng qiyini xizmat ko‗rsatish (QoS)ni
ta‘minlash sifati muammolari bilan bog‗liq.
Odatdagi IP tarmoqlari, foydalanuvchilarga taqdim etildigan
tarmoq resurslarining mumkin bo‗lgan haqqoniy ulushini sifatli ―eng
yaxshi urinish‖ (best effort)ni qo‗llaydi. Lekin bularni ishlab chiqarish
satxida bajarilishi kafolatlanmaydi.
best effort prinsipi noreal vaqt masshtabida (elektron pochta,
fayllarni uzatish) ilovalarni qo‗llab quvvatlash uchun etarli darajada
samarali va vaqtning real masshtabiga yaqin bo‗lgan ilovalar
(audio/video eshittirish, Webni ko‗rish) uchun kengaytirildi. Biroq
foydalanuvchilardan kutiladigan interaktiv ovozli telefoniya va real
vaqtning boshqa ilovalarni sifatini ta‘minlash kam extimollidir,
o‗tkazish qobiliyatini chegaralash paketlarni yo‗qolishiga yoki ushlanib
qolish kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi.
Kelajakda, IP-tarmoqlariga asoslangan konvergensiyaning to‗liq
foydali samaradorligi qo‗llash uchun, IP (VoIP)dan yuqori bo‗lgan
ovozga ega bo‗lgan ko‗p va turli tuman foydalanuvchi ilovalari uchun
QoSni differensiallashni ishonchli ta‘minlash qobiliyatiga ega bo‗lgan
resurslarni yangi taqsimlash prinsipini qo‗llash kerak.
QoSni boshidan oxirigacha IP uchun hal qilish, qo‗llanilishi
mumkin bo‗lgan IP/TUF ni muvoffaqiyatli konvergensiyalash imkonini
beradi, masalan quyidagi 3 qadamni:
1. IRni ishlab chiqish parametrlarining umumiy majmuasiga
nisbatan tarmoq provayderlari shartnomalari va QoS talablarini amalga
oshirish;
2. Terminal terminal uchastkasida QoSning belgilangan talablarini
qo‗llab quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini tarqatish;
3. Kafolatlangan QoS bilan IP-potokollari so‗rovi bo‗yicha
signalizatsiya protokollarida QoS talablarini joriy qilish imkonini
yaratish.
Oxirgi vaqtlarda IP tarmoqlarida, xizmat ko‗rsatish sifati (QoS)
savollari, juda dolzarb bo‗lib qoldi, chunki bunday masalalarning hal
qilinishi kelajakdagi XXI asr aloqa tarmoqlari bilan to‗g‗ridan to‗g‗ri
bog‗liq.
O‗tgan bir necha yil davomida IETF tashkilot doirasida, QoS
ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan katta yoki kichik darajadagi bir qancha
arxitekturalar va mexanizmlar taklif qilindi. Anchagina taniqli bo‗lgan
va qo‗llanilgani IntSerf, DiffSerf, MPLS (GMPLS)lar, shuningdek
majburiy marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |