169
Birlashmaning ishlash muddati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, 2-3 oyda bir marta o’tkaziladi.
Metodik birlashma tarkibini komplektlashda pedagoglarning ish stajlari - ish
malakalari hisobga olinadi. Agar mudiralar uchun bo’lsa - tuman katta bo’lsa Oliy
ma`lumotli, 5 yil va undan ortiq ish stajlari uchun:
- O’rta va maxsus ma`lumotlari va ish staji kam bo’lgan mudiralar uchun.
Metodist uchun ham shunday tartibda tashkil etiladi.
Tarbiyachilar uchun turli yosh guruhlari bo’yicha shu o’quv yilida qaysi
guruhda ishlagani hisobga olinadi.
Metod birlashmalar ko’rgazmalar, ko’rgazmali qurollar va yangi metodik
adabiyotlar ko’rgazmalarini tashkil etish muhimdir.
Metod birlashma ishini muvaffaqiyatli o’tishida xalq ta`limi bo’limi va
pedagogik kabinetining rahbarligi beqiyosdir.
Respublika, o’lka, viloyat metod kabinetlari metod birlashma rahbarining
malakalarini oshirish ishini tashkil etadi, ular uchun bir yilda 2-3 marta seminarlar
tashkil etadi, bu seminar metod birlashma tashkil etish va rejalashtirish va unga
rahbarlik qilish, eng ilg’or ishlarni o’rganish, ommalashtirish ishlari haqida
bo’ladi.
Shahar, tuman xalq ta`limi bo’limlari metodika kabineti metod birlashmalar
rahbarlariga yordam beradi (reja tuzishda, ma`ruzalar tayyorlashda, ochiq
ko’riklarni tashkil etishda va ularni ta`lim - tarbiya ishlariga tatbiq etish
ahamiyatlidir.
Metod birlashma ishida alohida diqqatni yangi materiallarni tanlash,
mashg’ulotlar reja-ishlanmalarini ishlab chiqish, maqola va vistavkalar tashkil
etishga ajratish kerak.
Maktabgacha ta`lim bo’yicha tayyorlangan barcha qo’llanmalar yoki
tavsiyalar avvalambor O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirliklariga
yuboriladi, uni ko’rib chiqib, tasdiqlangandan so’ng maktabgacha ta`lim
muassasalariga tarqatiladi.
Pedagogik kabinet o’z oldidagi vazifalarni hal etishda, materialning
mazmuniga, talablariga ahamiyat berishi kerak. Seminarlarda yangi metodik
adabiyotlar muhokama qilinadi. «Maktabgacha ta`lim» jurnali maqolalari,
maktabgacha ta`lim to’g’risidagi metodik ishlar ko’riladi, bayram ertaliklari
dasturlari ko’rib chiqiladi, muhokama qilinadi, metodik ko’rgazmalar tayyorlanadi.
Tibbiy-pedagogik yig’ilishlar asosan ilk yosh guruhlari uchun o’tkaziladi.
Bolalarni anatomik-fiziologik, nerv, psixik va aqliy jihatdan o’sishi muhokama
qilinadi. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3
yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida kvartalda 1 marta o’tkaziladi. Bunda vrach,
katta xamshira ham ishtirok etadi.
Ochiq tadbirlar pedagogik ishni o’stirishda hamda tarbiyachilarning ishlash
malakalarini o’stirishda muhim tadbirdir.
Bunda kun tartibning turli jarayonlari jamoa asosida kuzatiladi va tahlil
qilinadi.
Metodist metod birlashma ishiga nazoratni tizimli tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: