Neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana14.09.2021
Hajmi0,99 Mb.
#174531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
moylardan smolasimon politsiklik birikmalarni ajratib olish va tozalash texnologiyasini loyihalash. ekstraktsion kolonnani hisoblash. quvvati 55 ming ty.

  

 


 

XOM – ASHYO TASNIFI 



Neft moylari turlari va ularning ishlatilish sohalari 

Neft moylari yuqori temperatura (300 –  600

0

C) da qaynovchi fraksiyalar 



bo‘lib, ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq 

uglevodorodlar aralashmalari, oltingugurt, azot va kislorodning birikmalari hamda 

juda kam miqdorda metallar (vannadiy, nikel, temir, mis) ham bo‘ladi.  

Mineral surkov moylari vazifasiga ko‘ra quyidagi moylarga bo‘linadi: 

1. Industrial moylari; 

2. Ichki yonuv dvigatel moylari; 

3. Bug‘ mashina moylari; 

4. Maxsus moylar. 

Industrial moylar –  fabrika, zavodlarda va qishloq xhjaligi mashina va 

mexanizmlarini moylash uchun qo‘llaniladi. 

Industrial moylar umumiy sinflanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 

Jadval 


Yengil qovushqoqligi  

50

0



C da 

3,9 dan 


8,5 sst gacha 

O‘rta qovushqoqligi 

50

0

C da 



12,0 dan 

57,0 sst gacha 

Og‘ir qovushqoqligi 

50

0



C da 

57,0 dan va 9 dan 

(100

0

C da) sst 



 

Yengil industrial moylar – guruhiga velosit va vazelin moy kiradi.  

Velosit moyi engil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni 

moylash uchun qo‘llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun 

ishlab chiqarish mexanizmlari.  

Vazelin moyi 50

0

C  dagi qovushqoqligi 5,0  –  8,5 sst bo‘lib, parfyumeriyada, 



chari ishlab chiqarishda va nazorat o‘lchov asboblari, turli o‘lchagichlarni moylash 

uchun qo‘llaniladi.  

O‘rta industrial moylar  guruhiga  veretyon va mashina moylari kiradi.  

Veretyon moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko‘ra veretyon 2 va veretyon 3 

ga bo‘linadi.  



 

Veretyon 2 –  50



0

C  dagi qovushqoqligi, 11.8 –  14.0 sst bo‘lib, kam quvvatli 

elektromotorlari moylashda ishlatiladi.  

Veretyon 3 -  50

0

C  dagi qovushqoqligi  19 –  23 sst  bo‘lib, u materiallarga 



ishlov berish  sanoatidagi turli mexanizm (chilangarlik, silliqlash, teshik ochuvchi, 

kesuvchi va boshqalar) larni moylashda qo‘llaniladi.  

Mashina moylari qovushqoqligiga ko‘ra L  va S markalarga bo‘linadi. L 

markadagi moy turli mashina detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. S marka esa 

katta kuchlanish va kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo‘llaniladi.  

Og‘ir  industrial moylar guruhiga kislota –  kontaktli usulda tozalangan 

distillyat moyi – silindr 2 kiradi.  

Silindr 2 moyi yuqori temperaturalarda ishlovchi katta kuchlanishli va kichik 

tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. Silindr 2 moyi 

qovushqoqligi 100

0

C da 9,6 – 14,0 sst. 



Ichki yonuv dvigatellar uchun moylar qo‘llanilishiga ko‘ra: 1) aviatsiya; 2) 

avtomobil; 3) traktor; 4) dizel; 5) mator moylariga bo‘linadi.  

Aviatsiya moylari qishki va yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz mavsumida MK 

– 22 va MK – 20 markada bo‘lib, 100

0

C dagi qovushqoqliklari 22 va 20 sst  teng. 



MS markadagi moy ancha kuchli va sifatli moy talab aviamotorlarda 

ishlatiladi.  

Avtomobil va traktor moylari barcha turdagi avtomobil, traktor va 

mototsikllar dvigatellarida ishlatiladi. Avtotraktor moylari (avtollar) qovushqoqligi 

bo‘yicha avtol 4, avtol, avtol 10 va avtol 18 ga bo‘linadi.  

Selektiv tozalashdan olingan avtollar (AS –  5 va AS –  9.5 marka) faqat 

karbyuratorli dvigatellarga mo‘ljallangan.  

Dizel moylari qattiq (og‘ir) sharoitda ishlovchi tez yurar dizellarda 

qo‘llaniladi.  

Motor moylari qo‘zg‘almas dizel va neftli, gazli dvigatellarda  qo‘llaniladi.  

Motor moylari M (45 – 50sst, 50

0

C) va T (62 – 68 sst, 50



0

C) markalarga bo‘linadi. 

Bu moylar qo‘llanilishi asosan dvigatel quvvatiga bog‘liq. Yuqori quvvatli 



 

dvigatellarga T markasi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moyi 



qo‘llaniladi.  

Bug‘ mashina moylari-  asosan silindr moyi deb ataladi va bug‘ mashinalari 

detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. Bug‘ mashinalari bug‘ tavsifiga bog‘liq 

bo‘lib, ular yordamida ishlashiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta 

qizdirilgan bug‘da ishlovchi mashinalarga bo‘linadi.  

To‘yingan bug‘da ishlovchi mashinalar uchun silindr 2, viskozin 3 va nigrol L 

navli  moylar qo‘llaniladi. 

Qayta qizdirilgan bug‘da ishlovchi  mashinalarda vaport, silindr 6 va vapor 

gidron navli moylar qo‘llaniladi. 

Maxsus moylar guruhiga  transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya  

va meditsina moylari kiradi.  

Transformator moylari transformator o‘zagi va o‘ramlarini sovitish va 

himoyalash (izolyasiya) uchun qo‘llaniladi.  

Turbina moylari bug‘li va suvli turbina podshibniklarini moylash uchun, 

shuningdek. Bug‘li trubgeneratorlar boshqarish tizimini to‘ldirish uchun 

qo‘llaniladi. Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi:  

1) Turbina L marka (20 –  23 stt. 50

0

C)  –  kichik va o‘rta quvvatdagi bug‘li 



turbinalarni moylash uchun qo‘llaniladi. 

2)   Turbina UT marka (28 – 32 stt, 50

0

C) – aylanishlar  soni minutiga 2000 – 



3000 bo‘lgan kuchli bug‘li turbinalar uchun qo‘llaniladi.  

3) Turbina T marka  (44 – 48 stt, 50

0

C) 


4) turboreduktor moyi (55 –  59sst, 50

0

C) paraxod qurilmalarini moylash 



uchun ishlatiladi.  

Kompressor moylari ikkiga bo‘linadi.  

1) Kompressor M marka (9.5 –  14sst, 100

0

C)  –  havo haydovchi va ikki 



bosqichda  havoni siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi.  

2) Kompressor T marka (14 – 20 sst, 100

0

C) – yuqori bosim (40 dan 225at) 



dagi ko‘p bosqichli kompressorlarda ishlatiladi.  


10 

 

Parfyumeriya va meditsina moylari o‘ziga xos rang va hidga ega. 



Parfyumeriya moylari qovushqoqligi 50

0

C  da 15 –  20sst, meditsina moylari 50



0

da 28 – 31sst. Bu moylar “oq” moylar nomi bilan ham yuritiladi.  




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish