Microsoft Word Архитектуравий ашёшунослик



Download 3,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/354
Sana14.09.2021
Hajmi3,79 Mb.
#173864
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   354
Bog'liq
arxitekturaviy ashyoshunoslik

Labrodorit-asosan  dala  shpati  va  labrodor  mineralidan  iborat  bo’lib,  gabbroning  bir  turi 
h’isoblanadi.  U  ko’k,  yashil,  sariq  va  boshqa  ranglarda  bo’ladi  va  jilolanganda  toblanadi. 
Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi. 


Magmatik  otqindi  tog’  jinslaridan  asosan  porfirlar,  diabaz,  bazalt,  andezit  va  boshqalar 
qurilishda ko’p ishlatiladi. 
Porfirlar-mayda  kristalli  strukturada  nisbatan  yirikroq  kristallar  mavjudligi  bilan 
xarakterlidir.  Ular  kvartsli  va  kvartssiz  (dala  shpati)  xillari  mavjud.  Kvartsli  porfirlar  mineral 
tarkibga  ko’ra  granitga  yaqin  bo’lgani  uchun  uning  xossalari  granitnikiga  o’xshaydi.  Kvartssiz 
porfirlar tarkibi jixatidan sienitga o’xshaydi, ammo xossalari sienitning xossalari kabi bo’lmaydi. 
Porfirlar qizil, qo’ng’ir, kul rangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 gsm
3
, siqilishdagi mustah’kamligi 
120-180 MPa. Ular bezak plitalari, yo’l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Andezit-plagioklaz,  rogovaya  obmanka,  piroksenlar  va  biotitdan  iborat  bo’lib,  dioritning 
o’xshashidir. Odatda kulrang, sarg’ish kulrang bo’ladi. Uning zichligi 2,7-3,1 gsm
3
, siqilishdagi 
mustah’kamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to’ldiruvchilar olishda 
ishlatiladi. 
Bazalt-zich,goxida  porfirsimon  strukturaga  ega  bo’lib,  gabbroning  o’xshashidir.  Uning 
zichligi  2,7-3,3  gsm
3
,  siqilishdagi  mustah’kamligi  110-500  MPa.  Bazalt  xarsang  tosh, 
maydalangan  xolatda  beton  uchun  to’ldiruvchi  sifatida  ishlatiladi.  Bezaltni  yuqori  h’aroratda 
eritib juda nozik tolalar va ulardan issiqlikdan izolyatsiyalovchi matolar olish mumkin. 
Diabaz-gabbroning o’xshashi bo’lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi plagioklaz va 
rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustah’kam (300-400 MPa), zich bo’lgani 
uchun yo’l qurilishida ishlatiladi. 
Pemza-g’ovak  vulkanik  shisha  oq  yoki  kulrang  bo’ladi.  G’ovakligi  60%,  zichligi  2-2,5 
gsm
3
,  o’rtacha  zichligi  0,3-0,9  gsm
3
,  siqilishdagi  mustah’kamligi  2-4  MPa.  Pemza  issiqlik 
izolyatsiyalovchi  xususiyatga  ega,  undan  engil  betonlar  uchun  to’ldiruvchi,  tsement  va  oh’ak 
ishlab chiqarishda gidravlik qo’shimchalar olish mumkin. 
Vulqon tufi- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning tsementlashishi va zichlashishidan 
h’osil  bo’lgan.  Tuflar  pushti,  to’q  sariq,  qizil,  jigar  rang  bo’ladi.  Etarli  g’ovakligi, 
mustah’kamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyatsiyasi materiallari olishga imkon beradi. 
Magmatik jinslar Ukraina, Rossiya, Kavkaz yassi tog’liklarda ko’plab uchraydi. 

Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish