Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksenlar, amfibolalar, magnezialli silikatlarga
ikkalamchi minerallar-serpentinlar, xrizotil asbest va boshqalar kiradi.
Alyumosilikatlarga muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalar-gidromuskovit, gidrobiotit
kiradi. Temir magneziallarni va alyumosilikatlarni rangli minerallar (yashil, to’q yashil, qoramtir
va h’.k.) deb yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu gurux minerallar tog’ jinslariga yuqori
mustah’kamlik va nurashga chidamlilikni beradi.
Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda asta-
sekin sovushidan to’la kristalli struktura h’osil bo’ladi. Donalar o’lchamiga qarab yirik donali
(5mm ko’p), o’rtacha donali (1-5mm) va mayda donali (0,5-1mm) h’amda notekis donador va
tekis donador bo’ladi (2.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |