Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan


 Kar bolalar maktabida o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

4.4. Kar bolalar maktabida o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari 
O‘quvchilarga  nazariy  bilim  va  amaliy  mahoratni  o‘rgatish  alohida 
tashkillashtirilgan  shakllarda  olib  boriladi.  Umumiy  pedagogikada  o‘quv 
jarayonining  ko‘p  qirrali  shakllari  ishlab  chiqilgan:  dars,  uy  vazifasi,  orqada 
qoluvchi  o‘quvchilar  bilan  mashg‘ulot,  ekskursiyalar,  ixtiyoriy  ravishda  o‘tiladigan 
dars.  Amaliyotda,  kar  bolalar  ta’limida  ushbu  shakllar  keng  qo‘llaniladi.  Kar  bolalar 
maktabida  ulardan  tashqari,  umumiy  o‘rta  maktabdagi  kabi  o‘quv  jarayonini  tashkil 
etish  uchun  maxsus  shakllar  qabul  qilingan.  Ularda  eshitish  qobiliyati,  talaffuzni 
shakllantirish  va  musiqali-ritmik  mashg‘ulotlarni  rivojlantirish  bo‘yicha  yakka 
mashg‘ulotlar  olib  boriladi.Dars  -o‘quv  jarayonining  asosiy  shakllaridan  biri 
hisoblanadi.  Bu  o‘quv  jarayonining  shunday  birligiki,  unda  ta’limning  tuzilishi, 
tamoyil  va  metodlari  mujassamlashadi.  Ta’limning  umumdidaktik  tamoyillari 
darsga qo‘yiladigan quyidagi talablarni belgilab beradi. 
-  belgilangan  vazifalar  bo‘yicha  darsning  maqsadini  va  o‘quv  jaraenini 
aniqlash;  maktab  dasturi  talablari  va  o‘quvchilar  imkoniyatlari  hamkorligida  dars 
tuzilishini rejalashtirish; 
-  o‘quvchi tomonidan boshqariladigan va o‘quvchilar faolligini oshirishga 
qaratilgan ta’limning metod va metodlarini qo‘llash; o‘quvchilarning yoshi va yakka 
xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  murakkablik  darajasi  va  ko‘lamini 
aniqlashtirish; 
-  qatnashuvchilar  qiziqishini  ta’minlovchi  ta’limning  kuzatuv  choralarini 
qo‘llash; 
-  shaxsning  dunyokarashi  va  har  tomonlama  rivojlanishini  shakllantiruvchi 
darsning tarbiyaviy vazifalarini hal qilish; 
-  o‘quvchilar  bilan  yoppasiga,  guruhli  va  yakka  ishni  tashkil  etish 
imkoniyatini ta’minlash. 
Darslarda  nutqning  turli  shakllaridan  foydalanib,  darsning  mazmuni, 
maqsadidan  kelib  chiqqan  holda  o‘quvchilarning  yoshi,  eshitish  darajasi  va  nutqiy 
rivojlanishiga qarab aniqlanadi.Ta’limning birinchi bosqichida og‘zaki va daktil nutq 
birgalikda  qo‘llaniladi.  Daktil  nutq  o‘quvchilar  nutqini  rivojlantirishda  yordamchi 


85 
 
vosita  hisoblanadi.  Yangi  bilimlarni  shakllantirishda  o‘qituvchi  og‘zaki  va  yozma 
nutqni  qo‘llaydi.  Quyi  sinflarda  o‘qituvchi  tomonidan  10-15  daqiqa  davomida 
so‘zlanayotgan materialni o‘zlashtirish o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Ular tezda 
charchashadi  va  o‘qituvchi  nutqini  kuzatishni  to‘xtatishadi.  Shuning  uchun 
o‘qituvchining 
og‘zaki 
tushuntirish 
ishlari 
doskada 
yozuvlar 
bilan 
mustahkamlanadi.  Shu  metod  bilan  o‘quvchilarning  tushunish  darajasi  tekshirib 
boriladi.Pedagogikada  shartli  ravishda  darsning  quyidagi  elementlari  ajratib 
ko‘rsatilgan. 
Darsning  boshlanishini  tashkil  etish  o‘z  oldiga  o‘quvchilarni  ishga  ruhan 
tayyorlashni, xonada ish muhitini tashkil etishni maqsad qilib qo‘yadi. 
O‘quvchilarning  bilim  va  ko‘nikmasini  tekshirish  ular  bilimining  faollik 
darajasini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi. 
Yangi  materialning  kiritilishi  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  yangi  bilim  va 
malakalarni  o‘zlashtirishdagi  birgalikdagi  hamkorligiga 
tayanadi. 
Bunda 
o‘quvchilarning  yangi  materialni  o‘zlashtirishdagi  mustaqillik  darajasini  hisobga 
olish tavsiya etiladi. 
Yangi materialni mustahkamlash o‘quvchilarning yangi materialni tushunishni 
tekshirish  maqsadida  olib  boriladi.  Avvalgi  o‘rgangan  ma’lumotlar  bilan  aloqa 
o‘rnatiladi. 
Darsning  yakuni  o‘quvchilarning  darsdagi  o‘quv  ishlarini,  uy  vazifasining 
ko‘lami va xarakterini tahlil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
Kar bolalar maktablarida darslar umumta’lim fanlar asosida xususiy va maxsus 
darslar  bilan  birgaliqda  olib  boriladi.  Umumta’lim  va  maxsus  darslar  darsning 
tuzilishini  aniqlab  beruvchi  tipologiya  asosida  ko‘riladi.  Yangi  bilim  va  malakalar 
bilan  boyib  boruvchi,  bilimlarni  tekshiruvchi  va  korreksiyalovchi  darslar  qandaydir 
bironta didaktik masalani hal qiladi.  
Uy  vazifasi  darsdan  qulga  kiritilgan  bilimlarni  mustahkamlaydi  va 
o‘quvchilarda mustaqil mehnat asoslarini rivojlantiradi. Kar o‘quvchilar o‘zining uyga 
topshirilgan  o‘quv  mehnatini  rejalashtirishni,  darslik  orqali  qo‘lga  kiritilgan 
materiallarni yig‘ishni o‘rganadilar. Uy vazifasini bajarish sifati talaygina omillarga 


86 
 
bog‘liq:  darsda  o‘quv  materialining  tushunarlilik  darajasi;  o‘quv  ishining  sinfda 
va  internatda  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lishi;  internat  sharoitida  uy  vazifasining 
tashkil  etilishi;  o‘quvchilarning  tayyorgarlik  darajasi  (bilimlarining  sifati, 
nutq va fikrlash faoliyatining shakllanishi). 
Fakultativ  mashg‘ulot  –  biror  o‘quv  fani  bo‘yicha  bilimlarni  chuqur 
o‘zlashtirish  maqsadida  olib  boriladigan  mashg‘ulotning  asosiy  shakli.  Asosiy 
vazifasi  –  o‘quvchilar  bilimlarini  kengaytirish,  ularning  qiziqishini,  qobiliyatlarini 
aniqlash  va  rivojlantirish.  Kar  o‘quvchilar  maktabida  bu  mashg‘ulotlar  9-10-
sinflarda  o‘tkaziladi.  O‘quv  rejasi  bo‘yicha  ularga  haftada  3  soat  ajratiladi.  Bu 
qo‘shimcha  darslar  til,  adabiyot,  matematika,  mehnat  ta’limi  va  boshqa  (maktab 
ma’muriyati tomonidan belgilangan) fanlar bo‘yicha olib boriladi. 
Yakka  mashg‘ulotlar  eshitish  qobiliyatini  rivojlantirish  va  talaffuzni 
shakllantirish  bo‘yicha  20  daqiqa  davomida  o‘tkaziladi.  Bunda  10  daqiqa  eshitish 
idrokini rivojlantirishga va 10 daqiqa to‘g‘ri talaffuzni shakllantirishga ajratiladi. 
Musiqali-ritmik  mashg‘ulotlar  maqsadi  bolalarning  eshitish  qobiliyati  va 
harakat  faolligini  rivojlantirishdan  iborat.  Mashg‘ulotlar  tuzilishi  ikki  qismga 
bo‘linadi:  birinchi  qism  turli  ritmik  harakatlar  bajarish  mashg‘ulotlaridan  iborat; 
ikkinchi  qismda  kar  bolalar  turli  xil  musiqali  ritmlarni  anglash  mashg‘ulotlari 
bilan shug‘ullanishadi. 
Ekskursiyalar  o‘qitishni  tashkil  qilish  shakli  sifatida  bilish  faoliyatini 
rivojlantirish hamda tarbiyaviy jarayonni jadallashtirish borasida katta qimmatga ega. 
Ekskursiyalar  davomida  turli  metodlardan  foydalaniladi  (kuzatish,  tushuntirish, 
amaliy  mashg‘ulot).  Quyidagi  ekskursiyalar  turlari  farqlanadi:  fanlarga  oid, 
kasbga  yo‘naltirish  bo‘yicha,  nafosat  tarbiyasiga  qaratilgan,  siyosiy-g‘oyaviy 
tusdagi va boshqalar.Fanlarga oid ekskursiyalar kar o‘quvchilarning ma’lum 
fan 
bo‘yicha 
fikrlash 
doirasini 
kengaytiradi, 
amaliy 
bilimlarini 
rivojlantiradi.Kasbga  yo‘naltirish  bo‘yicha  ekskursiyalar  ishlab  chiqarish 
korxonalarida  olib  borilib,  kar  o‘quvchilarni  zamonaviy  ishlab  chiqarish 
jarayoni  hamda  mehnat  sharoitlari  bilan  tanishtiradi.  Nafosatli  ekskursiyalar 
o‘quvchilar  umumiy  madaniyatini  rivojlantiradi.  Tarixiy  obidalarni  xotirlash  va 


87 
 
muzeylarga  olib  boriladigan  ushbu  ekskursiya  turi  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan 
o‘quvchilarda fuqarolik va vatanparvarlik hissini uyg‘otadi. 
Eshitish  nuqsoni  bor  bolalar  bilan  olib  boriladigan  ekskursiya  o‘zining  qator 
xususiyatlariga  ega.  Ekskursiya  o‘tkazilishiga  qadar  pedagogik  tayyorgarlik  ko‘rish 
talab  etiladi
43
:  ekskursiya  maqsadi  haqida  ma’lumot  berish;  yo‘nalish  bilan 
tanishtirish;  yangi  atamalar  bilan  tanishtirish  uchun  zarur  bo‘lgan  lug‘at  ishi; 
qatnashuvchilarning  mustaqil  ishlashlari  uchun  kerak  bo‘lgan  yakka  va  jamoa 
mashg‘ulotlarini tashkil qilish. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish