Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundaki, ish natijalaridan soliq siyosatini
samarali tashkil etishga qaratilgan ilmiy ishlarda foydalanish mumkin. Bitiruv
malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ishning xulosalari va
amaliy takliflaridan soliq siyosatini ishlab chiqish va uni chuqur o’rganishda,
o’quv uslubiy majmualarni yangilashda va akademik litsey hamda kasb-hunar
kollejlarida “Soliq tizimi”, “Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”
fanlari o’quv dasturlarini takomillashtirish va o’qitishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |