Mavzu: Nerv- muskul preparatini tayyorlash. Reja


Retseptorlarning  qo’zg’alish  mexanizmi:  r



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana13.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#173120
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
семинар

Retseptorlarning  qo’zg’alish  mexanizmi:  retseptorlar  ta'sirlanganda  ularda  asab 

impulslari  kelib  chiqadi,  ya'ni  retseptorlar  go’yo  ta'sirotni  qo’zg’alishga    aylantiradi 

(transformatsiya).  Shunga  asoslanib,  retseptorlarni  ko’pincha  texnikada  ishlatiladigan 

o’tkazuvchi datchiqlarga o’xshatishadi. Retseptorlarda ta'sirot energiyasi qo’zg’alish jarayoniga 

aylanadi,  buning  uchun  retseptorlarga  tashqi  energiya  berilmaydi,  balki  retseptorlar  o’zidagi 

moddalar almashinuvidan energiya oladi.  

Retseptorlarda qo’zg’alishning vujudga kelish mexanizmi anchagina murakkab. 

Tashqi  stimul  retseptorga  ta'sir  etib,  uning  tashqi  membranasini  depolyarizatsiyalaydi. 

Xossalari  bilan  lokal  javobga  o’xshaydigan  bu  depolyarizatsiyani  retseptor  potentsiali  yoki 

generator  potentsiali  deb  yuritishadi.  Retseptor  potentsiali  «bor  yoki  yo’q»  qonunga 

bo’ysunmay,  balki  ta'sirot  kuchiga  bog’liq  bo’lib,    ketma-ket  tez  keluvchi  ta'sirotlar 

qo’llanilganda qo’shila oladi va asab tolasi bo’ylab tarqaladi. 

Retseptor  potentsialining  farq  qiluvchi  xususiyatlaridan  biri  shuki,  u  uzoq  davom  etadi; 

ba'zi  retseptorlarda  potentsial  necha  minutlab    (stimul  ta'sir  etib  turgan  vaqt  mobaynida) 

o’zgarmay  turaveradi;  karotid  sinusining  pressoretseptorlarida  (ular  arterial  bosimning 

ko’tarilishidan ta'sirlanadi) bir necha soat davom  etuvchi retseptor potentsiallari qayd qilingan. 

Membrana  depolyarizatsiyasining  bunchalik  uzoq  davom  etishi  modda  almashinuvi  natijasida 

bo’shab  chiqadigan  energiyaning  sarf  qilinishiga  bog’liq:  modomiki  shunday  ekan,  hujayra 

ichidagi oksidlanish jarayonlarini buzadigan jarayonlar ta'sirida retseptor potentsiallari yo’qolib 

ketadi. 


Foto-retseptorlarda  generator  potentsialining  vujudga  kelishi  ko’ruv  pur-purining 

parchalanish  reaktsiyasiga  bog’liq.  Bir  qancha  retseptorlarda  tashqi  membranaga  ta'sirotlar 

bevosita  (oraliq  kimyoviy  zanjirdan  tashqari)  kelib  membrana  xossalari  o’zgarishi  sababli 

retseptor  potentsiali  paydo  bo’lishi  mumkin.  Retseptor  potentsiali  muayyan  kritik  miqdorga 

etgach retseptor bilan bog’langan asab tolasi impulslar razryadini vujudga keltiradi. Bu razryad 

retseptorlarga yaqin turgan birinchi Ranve bug’ilmasida paydo bo’ladi.  

Retseptorlar  sezuvchanligini  yo’q  qilib  tashlaydigan  novokoin  retseptor  potentsialiga 

ta'sir etmaydiyu, lekin asab tolalari afferent impulslar razryadining vujudga kelishini tuxtatadi. 

Retseptor  potentsial  yoki  generator  potentsiali-  tashqi  stimul  retseptorlarga  ta'sir  etib 

uning tashqi membranasini depolyarizatsiyalanishidir. 

Pressoretseptorlar- ular  arterial bosimning ko’tarilishidan ta'sirlanadigan retseptorlardir. 

Adaptatsiya,  ya'ni  ta'sirot  kuchiga  moslashish  deyarli  barcha  retseptorlarning  umumiy 

xossasidir.    Adaptatsiya  doimo  ta'sir  etib  turgan  ta'sirlovchiga  nisbatan  sezgirlikning 

kamayishida  namoyon  bo’ladi.  Doimiy  ta'sirlovchi  hid,  shovqin,  kiyim-bosh  bosimi  va  shunga 

o’xshashlarda namoyon bo’lishdir.  



Tamaki chekilgan binoga kirgan odam tamaki hidini darrov sezadi, lekin shu binoda bir 

necha daqiqa turgach tamaki hidini sezmaydigan bo’lib qoladi.  

Xuddi  shuningdek,  odam  kiyimning  bosimini  yoki  o’rganish  bo’lib  qolgan  shovqinni 

«sezmaydi».  Odam  qorog’i  binodan  tashqariga  chiqqan  vaqtida  ravshan  oftobda  ko’zi 

«jimillashib»  ketadi,  ammo  bir  necha  vaqtdan  keyin  ko’z  yorug’lik  ta'siriga  moslashib, 

avvalgiday ko’radigan bo’lib qoladi. 

Adaptatsiyada  generator  potentsialining  miqdori  va  afferent  asab  orqali  o’tuvchi 

impulslar  chastotasi  kamayadi.  Teri  retseptorlardan  boshlangan  afferent  tolalarning  elektr 

aktivligini  qayd  etgan.  E.Edrian  tajribalari  shuni  ko’rsatib  berdi.  Teriga  igna  uchi  bilan  ta'sir 

etilganda  afferent  tolalarda  asab  impulslarining  paydo  bo’lishi.  Retseptorlarga  ta'sir  etayotgan 

ta'sirlovchining  kuchi  o’zgarmasligiga  qaramay,  afferent  tolalardagi  impulslar  chastotasining 

sekin-asta kamayib borishi ko’rinib turibdi. 

Deyarli  barcha  retseptorlarda  bir  qadar  adaptatsiya  qobiliyati  bor.  Vestibuloretseptorlar 

bilan  proprioretseptorlar  bundan  mustasnodir.  Doimiy  ta'sirlovchilarning  ta'siri  tuxtasa,  shu 

ta'sirlovchi  ta'sirida  kelib  chiqqan  adaptatsiya  sekin-asta  yo’qolib,  retseptorlar  seziluvchanligi 

oshadi.  Odam  turgan  binodagi  taqir-tuqir  va  shovqin  tuxtagan  vaqtda  ichki  qo’loq 

retseptorlarining  shu  choqqacha  eshitilmagan  tovushlarga  sezgirligi  shu  sababli  oshadi.  Odam 

yorug’ binodan qorong’i joyga o’tganda ko’z retseptorlari seziluvchanligining ortishi sababi ham 

shu (bu xodisani «qorong’i adaptatsiyasi» deb atash unchalik tug’ri emas). 

Sezgi  a'zolarining  adaptatsiya  mexanizmlari  g’oyat  murakkab.  Retseptorlarda  ro’y 

beruvchi  jarayonlardan  tashqari,  shu  va  boshqa  retseptorlardan  asab  markazlari  xolatining 

o’zgarishi ham adaptatsiya mexanizmlarida katta rol o’ynaydi. 




Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish