Hiqildoqda tovush paychalari joylashgan. Hiqildoq dorzal
(orqa) tomonidan uchlari bir-biriga qo'shilmagan bir qancha
tog'ay halqalardan tashkil topgan uzun naysimon nafas olish
nayi yoki
traxeyaga
qo'shiladi. Ko'krak qafasida traxeya ik
kita nayga bo'linadi, bu nayning har biri tegishli o'pkaga kira
di. Bu naylar
bronxlar
deb ataladi va faqat amniotalardagina
bo'ladi. O'pkada bronxlar diametri borgan sari kichrayib boruv
chi ingichka naychalarga tarmoqlanib, yupqa devorli alveola
(pufakcha)lar bilan tugaydi (105-rasm). Alveolalaming devor-
larida mayda qon tomirlari joylashgan bo'lib, shu yerda gaz
www.ziyouz.com kutubxonasi
almashinuv jarayoni bo'lib o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |