masining murakkab tuzilganligi bu hayvonlarga o'zgarib tura
digan yashash muhiti ta’sirida yangi ko'nikmalarni oson va tez
hosil qilish, ya’ni o'zgaruvchan sharoitga tez moslashuv im
konini beradi.
2. Tirik tug'adi va bolalarini sut bilan boqadi.
179
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Termoregulyatsiyaning juda takomillashganligi tana tem-
peraturasining doimiyligini ta’minlaydi.
Yuqorida ko'rsatilgan progressiv belgilaridan tashqari, sut-
emizuvchilarda yana o'ziga xos tuzilish belgilari bor, ya’ni
sutemizuvchilaming tanasi yung bilan qoplangan va ulaming
terisi turli bezlarga juda boy. Yuragi to'rt kamerali bo'lib,
chap aorta yoyi saqlangan. Tishlari differensiallangan bo'lib,
kurak, qoziq, kichik oziq va katta oziq tishlarga bo'lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |