Umurtqalilar zoologiyasi


Sinf.  Qushlar  — Aves Turkum



Download 9,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/296
Sana13.09.2021
Hajmi9,82 Mb.
#172920
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   296
Bog'liq
Umurtqalilar zoologiyasi S Dadayev [uzsmart.uz]

Sinf. 
Qushlar  — Aves
Turkum. 
Kaptarsimonlar  —  Columbiformes
Vakil. 
Ko‘k kaptar  —  Columba  livia.
Kerakli  materiallar  va  jihozlar: 
yangi  o‘ldirilgan  kap­
tar va  turli  ekologik  guruhlarga  kiruvchi qushlarning  tuxum- 
lari,  pat va  parlar komplekti,  vannachalar,  qo'l lupasi,  pred­
met  oynachalari,  mikroskop;  turli ekologik guruhlarga kiruv­
chi qushlarning tashqi ko'rinishi, bosh hamda oyoqlari tuzili­
shi  aks  ettirilgan jadvallar.
Mashg'ulotning  maqsadi: 
kaptar  misolida  qushlar  sinfi 
vakillarining tashqi tuzilishi va pat-par qoplamini  o'rganish.
Ishning  mazmuni: 
qushlar  yuksak  tuzilgan  umurtqali- 
laming uchishga moslashgan alohida bir tarmog'i hisoblanadi.
Qushlarning sudralib yuruvchilardan farq qiladigan progressiv 
belgilari  quyidagilardir:
1.  Nerv sistemasi ancha takomillashganligi va ayniqsa oliy 
nerv  faoliyatining  murakkablashganligi  hamda  sezgi  organ- 
laridan ko'rish va eshitish organlarining yuqori darajada rivo- 
jlanganligi;
2.  Intensiv  oziqlanishi  va  murakkab  termoregulyatsiyaga 
bog'liq  bo'lgan  tana  temperaturasining  doimiyligi  va  yuqori 
bo'lishi;
3.  Yerda  yurishi  yoki  daraxtlarda  o'rmalash  holatlarini 
yo'qotmagan holda ulaming uchishga moslashganligi;
135
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. 
Qushlarning  ko'payishi  uya  qurish,  tuxumni  bosib  yo- 
tish, jo'jalarini boqish va ulami himoya qilish kabi murakkab 
bio-logik jarayonlar bilan kechadiki,  bu  albatta  avlodlarining 
yuqori darajada yashovchanligini ta’minlaydi.
Qushlarning  mazkur  xossalari  ular  yosh  sinf  vakillari 
bo'lishiga  qaramasdan  butun  yer  yuzida  keng  tarqalgan. 
Umurtqali hayvonlar o'rtasida doimiy tana temperaturasi yoki 
gomoytermiya birinchi marta qushlardan boshlanadi. Albatta 
bu  arteriya va vena qonlarining tamoman ajralganligi (yuragi 
to'rt  kamerali  va  bitta  o'ng  aorta  yoyi  bor)  va  to'qimalarni 
kislorod  bilan  intensiv  ta’minlanganligi  bilan  bog'liq.  Nati­
jada moddalar almashinuvi tezlashadi va tana temperaturasin- 
ing  doimiy  bo'lishiga  olib  keladi.  Qushlarning  tuzilishini 
o'rganish jarayonida ulaming sudralib yuruvchilarga o'xshash 
belgilari  borligini  ham  ko'rish  mumkin.
Sudralib  yuruvchilarga  o'xshash  belgilari:
1.  Terisini  yupqaligi  va  teri bezlarining  deyarli  yo'qligi;
2.  Har xil  shox hosilalarining  kuchli  rivojlanganligi;
3.  Bosh suyagi bitta  ensa o'simtaligi;
4.  Bo'g'imlarining intertarzal qo'shilishi;
5.  Kloakasining  borligi  va  hokazolar.
Ikkinchi  tomondan qushlarning uchishga moslanishi bilan 
ularda:
1.  Oldinigi  oyoqlarining  qanotga  aylanganligi;
2.  Tanasining pat va parlar bilan  qoplanganligi;
3. Ko'pchilik qushlar suyaklarining pnevmatikligi va yengil 
shoxsimon moddali tishsiz tumshuqlarining borligi;
4.  Qanotlarni  harakatlantiruvchi  katta  va  kuchli  rivojlan­
gan  ko'krak  muskullarini  biriktiradigan  ko'krak  toj  suyagi­
ning borligi;
5.  Ko'plab  vazifalarni  va  ayniqsa  qushlar uchganda  nafas 
olishda  muhim  rol o'ynaydigan havo  xaltachalarining paydo 
bo'lganligi;
www.ziyouz.com kutubxonasi


6.  Skeletining  bir qator o'ziga xos  xususiyatlari  borligi;
7.  Qushlarda  siydik pufagining bo'lmasligi;
8. G'ovak zich tanadan iborat o'pkasining maxsus bog'lamlar 
yordamida  ko'krak  qafasining  orqa  devoriga yopishganligi;
9.  Urg'ochi  qushlar jinsiy sistemasi  keskin  asimmetrik tu­
zilgan  (urg'ochi  qushlarning o'ng tuxumdoni va  o'ng tuxum 
yo'li  yo‘q)ligidir.
Tashqi  ko'rinishi  va  tuzilishiga  ko'ra  qushlar xilma-xildir. 
Tuzilishining xilma-xilligi yashash sharoitiga, harakatiga, ovqat- 
lanishiga va  ovqat  turiga bog'liq.
Evolutsiya jarayonida  qushlar birinchi o'rmonlarda keyin- 
chalik  ochiq joylarga,  botqoq  va  suv  havzalarida  yashashga 
o'tgan.  Har  xil  sharoitda  yashashi  munosabati  bilan  qushlar 
bir  necha  ekologik  guruhlarga  bo'linadi  va  har bir  ekologik 
guruhga  kiruvchi qushlarning tashqi ko'rinishida va tuzilishi- 
da o'ziga xos belgilari mavjud.  Ayniqsa,  oziqlanishiga va  oz­
iqa  turiga  qarab,  ulaming  tumshuqlari  shakli  (74-rasm)  va 
oyoqlarining ko'rinishi (75-rasm) turli-tumandir.

Download 9,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish