Sudralib yuruvchilaming turkumlarini aniqlash
jadvali
1 (2) Tanasi yassi, oval shaklda va suyakdan iborat kosa
ichida joylashgan, ustidan shox plastinkalar bilan qoplangan.
Toshbaqalar (Chelonia) turkumi
2 (1) Tanasi uzunchoq va shox tanga.chalar bilan qoplan
gan, qalqoni yo‘q.
Tangachalilar (Squamata) turkumi
0 ‘zbekistonda toshbaqalarning faqat bir turi — 0 ‘rta Osiyo
toshbaqasi (Testudo horsfieldi L.) uchraydi. U quruqlik tosh-
baqalari - Testudo L. urug‘iga, quruqlik toshbaqalari — Tes-
tudinidae oilasiga va yashirin bo‘yinli toshbaqalar — Craypto-
dira kenja turkumiga mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |