Ko‘krak-bel umurtqalari.
Kaltakesaklarda ko'krak-bel
umurtqalari soni 22 ta. Ko'krak-bel qismi bir-biridan aniq
ajralmaganligidan u umumiy bir bo'lim hisoblanadi. Ko'krak-
bel bo'limidagi umurtqalarning hammasida qovurg'alar bo'lib,
ular sekin-asta kichrayib boradi. Har qaysi qovurg'a ustki —
suyak va pastki — tog'ay bo'limidan tashkil topgan. Ko'krak-
belning oldingi beshta umurtqasidagi (chin ko'krak umurtqalar-
ida) qovurg'alar uzun bo'lib to'shga qo'shiladi va ko'krak
qafasini hosil qiladi (ilonlarda to'liq ko'krak qafasi va to'sh
suyagi bo'lmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |