tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi
nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. Aktsiz solig‘i
to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni qazib
olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar Soliq kodeksida
(350-modda) belgilangan tartibda aktsiz solig‘i va yer qa‘ridan foydalanuvchilar
uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar to‘laganlari taqdirda yagona soliq to‘lovi ularga
tatbiq etilmaydi. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarda import qilinadigan tovarlar
bo‘yicha aktsiz solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati ham
saqlanib qoladi.
2) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat
solig‘i (tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bundan mustasno), suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun
soliqlar va maxsus to‘lovlar, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar (mol-mulk solig‘i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va
ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno)
o‘rniga byudjetga 2007 yil 1 yanvarga qadar yalpi daromad solig‘i to‘lar edilar.
2007 yil 1 yanvardan boshlab esa savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi
daromad va mol-mulk soliqlarning o‘rniga soliq solishning boshqa tizimini tanlash
huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘lash rejimiga o‘tkazildi.
3) Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari aktsiz solig‘ini va tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno
etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar
o‘rniga o‘zi etishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta
ishlash bo‘yicha yagona yer solig‘ini to‘laydilar. Yagona yer solig‘ini to‘lash
tartibi va stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida
belgilanadi.
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyatining
ayrim turlari bo‘yicha soliq solishning o‘zi belgilagan stavkalar bo‘yicha soliqning
qat’iy belgilangan summasini to‘lashni nazarda tutuvchi alohida tartibini belgilashi
mumkin.
5) Konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun qo‘shimcha
foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning
alohida tartibi joriy etilishi mumkin. Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar, uni
to‘lash tartibi va soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
6) Lotereyalarlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik
shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
o‘rniga yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Yalpi tushumdan
yagona soliq to‘lovi stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: