10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining vakolatlari
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei mavjudligini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari
buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida, dastlabki
holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki
o‘zgartirish to‘g‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni,
hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va
berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
(10-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qilgan va
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida
ko‘rsatmalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni
(foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
(10-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida, shu jumladan monopoliyaga
qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida
arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash va
ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat
ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalar joriy
etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish to‘g‘risida tegishli organlarga
takliflar kiritish;
09.04.2020, 19:59
Стр. 7 из 14
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini
shakllantirish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
qarori bilan tasdiqlangan “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi
to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat. № 1064, 15.09.2001-y.).
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom.
Do'stlaringiz bilan baham: |