Kiyim konstruktsiyalash tizimi – umumiy, asosiy tamoilga bo`ysingan
uslublar majmui – kiyim konstruktsiyalashning ilmiy asosi.
Kiyim konstruktsiyalashning uslubi – kiyim detallarining chizmasini amaliy
jihatdan qurish uchun muayyan prinspdan tuzilgan uslublarning majmui.
Kiyim konstruktsiyasining asosi – turli assortimentdagi kiyimlar
konstruktsiyasini qurish maqsadida erkaklar, ayollar va bolalar uchun yagona,
asosiy yagona konstruktiv kesmalardan tuzilgan, asosiy detallarning yoqa o`mizi
130
qirqimlari, yeng o`mizlari, kuraklar, ko`krak, qorin vitochkalari keltirilgan,
minimal qo`shimchali qobiqqa mos holda, o`lchamlarning konstruktiv uchastkalar
bilan bog`laydigan umumiy universal dastlabki baza.